Asosiy psixologik qonun


 Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik


Download 83.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana10.11.2023
Hajmi83.77 Kb.
#1762641
1   2   3   4   5   6   7
 
3. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik 
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada 
to’laroq bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan 
moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol 
xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:
 
APC = ------------- x 100 Yd  
bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha 
moyillik deb ataladi, ya’ni:
S  
APS = --------------- x 100  
Yd  
Bunda: APS ((average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha 
moyillik.
Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka va 
iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo’lgan holatlar uchun 
iste’molga o’rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni:
ARS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98;
ARS = (495 / 530) x 100 = 93,39% yoki 0,93 ga teng.
Demak, bu misollardan ko’rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori 
ko’payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha 
jamg’arma ulushi ko’payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik 


qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga ko’ra, 
bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek o’tmish tajribasini 
sinchiklab o’rganish asosida biz to’liq ishonishimiz lozim bo’lgan asosiy 
psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari o’sishi bilan, odatda, o’z 
iste’mollarini oshirishga moyillar, ammo daromadlari o’sgan darajada emas”
1
Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, 
ikkinchi qismi esa jamg’ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg’arishga 
o’rtacha moyillik yig’indisi 100% ga yoki koeffitsient ko’rinishda 1 ga teng: ARS 
+ ARS = 100% yoki 1.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o’sgan qismini yo iste’mol 
qiladi, yoki jamg’aradi.
Iste’moldagi o’zgarishlarning shu o’zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi 
daromad o’zgarishdagi ulushi iste’molga chekli moyillik deyiladi.

Download 83.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling