1. Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb
yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra
tarkibida eng
katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga
ta’sir
etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim
ahamiyatga ega.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi
ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish
hajmi
foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol
xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab
chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi.
Yanada aniqlik
kiritsakiste’sol va jamg’arish o’ajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining
ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan
soliqlari bilan
belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – dispocable income, yoki Yd )
ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar,
milliy
daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun
ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va
aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik
har xil daromadga
ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning
ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib
borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu bog’liqlikni gipotetik
ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (jadval).
jadval Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari