Asosiy psixologik qonun


chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi


Download 83.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana10.11.2023
Hajmi83.77 Kb.
#1762641
1   2   3   4   5   6   7
chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi
5. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi foiz ctavkasidan boshqa omillar. 
Akselerator modeli.
Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib 
kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan 
investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof 
R
I
0
e I


foyda me’yori (KSFM) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri 
bog’liqlik bor.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, 
investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan 
yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi 
stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof 
foyda me’yori quyidagicha aniqlanadi:
KSFM = 10000 / 100000 x 100 = 10%.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi 
emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining 
o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasi ayirmasi 
ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16% ga teng bo’lsa, 
inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini 
(16%-12%) tashkil etadi.
Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar 
kiradi:
1. Soliqqa tortish darajasi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar;
3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori;
4. Investorlarning kutishi;
5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi.
Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo 
bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan 
sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining 
ortishiga turtki beradi.
Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini 
akselerator modeli aks ettiradi:
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funktsiyasi ekan.
Akselerator modelining to’liqroq ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:


I = I
reja
+ γY bu erda:
Δ I It –I t-1 γ
= ----------- = ------------------
Δ Y Yt - Yt-1
I
reja
– rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funktsiyasini quyidagicha 
yozish mumkin:
I = e - dR + γY
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko’payishiga olib keladi. Korxona 
foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya 
xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik 
pasayishi sharoitida bo’sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya 
xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaMMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni 
doim ham bir tekisda bo’lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi
iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo’lmaydi.



Download 83.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling