Asosiy psixologik qonun


Δ S   MPC = ----------- x100


Download 83.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana10.11.2023
Hajmi83.77 Kb.
#1762641
1   2   3   4   5   6   7
Δ S  
MPC = ----------- x100  
Δ Yd  
Bu erda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chekli moyillik.
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko’ra ixtiyordagi daromad 410 
sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MRSni hisoblaymiz.
Δ S =420 - 405 =15; Δ Yd =430 - 410 = 20;
MRS = (15/20) 100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o’zgarganda 
iste’mol 75 % (yoki 0,75)ga o’zgaradi.
Jamg’arishdagi o’zgarishning ixtiyordagi daromad o’zgarishdagi ulushi 
jamg’arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S  
MRS = ------------x100
Δ Yd
Bu erda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga chekli moyillik.
1
Кейнс Дж.М. Общая теория занятости, процента и денег. М.,1978. С.157.


Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ Yd = 430 - 410 = 20 Δ S = 10 - 5 = 5
MR S = (5/20) 100 = 25%;
Shunday qilib, iste’molga chekli moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo’lsa, 
jamg’armaga chekli moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi yoki 
iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va 
jamg’arishga o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100%ga yoki koeffitsient 
ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.
MRS + MRS =100% yoki 1.
MRS va MRS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga 
uchraydilar.
 
4. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi. 
YaIMning ikkinchi komponenti bo’lgan investitsiyalarga to’xtalib o’tamiz.
Investitsiyalar yoki kapital qo’yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin 
ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga 
ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa
iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat 
xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda 
shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. 
Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham 
kiritiladi.
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p 
duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch 
turga bo’linadi.
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida 
real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi 


kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz narxi ortib, ular 
ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi 
dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi.
Avtonom invstitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
I = e - dR
Bu erda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal 
hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er, foydali qazilma 
boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga 
ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan 
kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham 
mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya 
xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi

Download 83.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling