Istemol va jamg‘arishning omillari nisbati va ular ustidagi o’zaro bog’liqliklar


Download 187.84 Kb.
bet1/9
Sana22.03.2023
Hajmi187.84 Kb.
#1286700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
makro.Dushamova


Istemol va jamg‘arishning omillari nisbati va ular ustidagi o’zaro bog’liqliklar

Reja:
Kirish



  1. Iste’mol va jamg’arish. Ularning grafiklari va funksiyalari

  2. Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi.

  3. Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar to’plami

Kirish
Ixtiyordagi shaxsiy daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi, ya’ni qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar odatda ko’proq iste’mol qilib, kamroq jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish ulushining o’sishi tomonga o’zgaradi.
Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, kishilar o’z mablag’larini qo’shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg’armaga yo’naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko’ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya‘ni jamg’arma real foiz stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi deyiladi (hisoblanadi). Aholi daromadlari iste‘mol va jamg’arma mablag’larinig yig’indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o’sishi bilan iste‘mol kamayib, pasayishi bilan esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko’ra iste‘mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.
Iste‘mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromad tarkibida turli soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste‘mol sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Aholi qo’lidagi qoladigan daromad ixtiyordagi yoki sof daromad deb ataladi. Jamg’arilgan mablag’larining moddiy ishlab chiqarish sohasinig asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish summasini hosil qiladi. Iste‘mol fondi barcha aholining shaxsiy iste‘molini aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek ilmiy muassasalardagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.




  1. Download 187.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling