Istemol va jamg‘arishning omillari nisbati va ular ustidagi o’zaro bog’liqliklar
Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik
Download 187.84 Kb.
|
makro.Dushamova
Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg’arish funktsiyalarini yanada to’laroq bilish uchun iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim. Iste’molga o’rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni: S APC = ------------ x 100 Yd bunda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o’rtacha moyillik. Tasarrufidagi daromaddagi jamg’arish ulushini jamg’arishga o’rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni: S APS = --------------- x 100 Yd Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg’armaga o’rtacha moyillik. Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo’lgan holatlar uchun iste’molga o’rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni: ARS =(405 / 410) x 100 = 98, 78% yoki 0,98; ARS = (495 / 530) x 100 = 93,39% yoki 0,93 ga teng. Demak, bu misollardan ko’rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori ko’payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha jamg’arma ulushi ko’payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga ko’ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek o’tmish tajribasini sinchiklab o’rganish asosida biz to’liq ishonishimiz lozim bo’lgan asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari o’sishi bilan, odatda, o’z iste’mollarini oshirishga moyillar, ammo daromadlari o’sgan darajada emas”1 Soliqlar to’langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste’mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg’ariladi, shu tufayli ham iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik yig’indisi 100% ga yoki koeffitsient ko’rinishda 1 ga teng: ARS + ARS = 100% yoki 1. Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o’sgan qismini yo iste’mol qiladi, yoki jamg’aradi. Shunday qilib, iste’molga chekli moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo’lsa, jamg’armaga chekli moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi yoki iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100%ga yoki koeffitsient ko’rinishida 1ga teng bo’ladi. MRS + MRS =100% yoki 1. MRS va MRS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga uchraydilar. Download 187.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling