Istemol va jamg‘arishning omillari nisbati va ular ustidagi o’zaro bog’liqliklar


Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi


Download 187.84 Kb.
bet7/9
Sana22.03.2023
Hajmi187.84 Kb.
#1286700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
makro.Dushamova

Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini sarflarining pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib, aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, azalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Investitsiya jamg’armalari ko’pchilik sub‘ektlar tomonidan amlga oshiriladi, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub‘ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalar jag’armasi ham ivestitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda “jamg’aruvchi” va “investor” bir sub‘ektda mujassamlashadi.
Investitsiyalar yoki kapital qo’yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch turga bo’linadi.

  1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;

  2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;

  3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.

Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.

Download 187.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling