Istemol va jamg‘arishning omillari nisbati va ular ustidagi o’zaro bog’liqliklar


Download 187.84 Kb.
bet3/9
Sana22.03.2023
Hajmi187.84 Kb.
#1286700
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
makro.Dushamova

1-chizma. Iste’mol grafigi

Chizmadan ko’rinib turibdiki, odamlar joriy yilda hech qanday daromadga ega bo’lishmasa ham, iste’mol qilishdan butunlay to’xtamaydilar, balki ular o’zlarining o’tgan yillardagi jamg’armalari yoki qarz hisobiga yashashadi. Ixtiyordagi daromad va haqiqiy iste’mol o’rtasidagi algebraik bog’liqlikni C=a+bYd ko’rinishidagi chiziqli tenglama ifodalaydi. Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg’arish grafigini ham ko’rib chiqamiz (2-chizma).



2-chizma. Jamg’arish grafigi

Jamg’arish grafigi ixtiyordagi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va ixtiyordagi daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Jamg’arish grafigi iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodaga ega: S=-a+(1-b) Yd, bunda a – ixtiyordagi daromad darajasi uning boshlang’ich miqdoridan past bo’lgandagi qarz hajmi, (1-b) – og’ish burchagi bo’lib, jamg’arishni o’zgarishini (vertikal o’zgarish) daromadning o’zgarishiga (gorizontal o’zgarish) bo’lgan nisbati sifatida aniqlanadi.


Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funktsiyasini yozamiz:

C = a + b Yd

bu yerda: a – avtonom xarajatlar;
Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu erda: T – soliqlar;
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient, boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik.

S = -a + (1 -b) Yd
Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:

Iste’mol va jamg’arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to’g’rirog’i bu omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:


1. Uy xo’jaliklari daromadlari.
2. Uy xo’jaliklarida to’plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste’molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari o’zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o’zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o’zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi.
Iste’mol funktsiyasini aniqlash borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek aholining daromadlari hajmi va to’plagan mulki ko’lamiga ko’ra tabaqalanishi darajasi hamda aholining soni va yoshiga ko’ra tarkibiga ham bog’liqligini ko’rsatdi. Iste‘mol fondi barcha aholining shaxsiy iste‘molini aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek ilmiy muassasalardagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.



  1. Download 187.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling