Asosiy qiosm


Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy maqsadlari


Download 87.95 Kb.
bet4/6
Sana17.11.2023
Hajmi87.95 Kb.
#1782671
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish

Maktabgacha ta'lim muassasalarining asosiy maqsadlari
Maktabgacha ta'lim, olinish shakli va usullaridan qat'iy nazar, quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi:
Bolalarni maktabda o'qishga maqsadli va tizimli tayerlash;
Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste'dodlarini rivojlantirish;
Bolalarni milliy va umuminsoniy etik va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;
Bolalarda yuqori ma'naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini mustahkamlash;
Maktabgacha ta'lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg'iz va qozoq tillarida olib boriladi.
Madaniyat2015 yilda viloyatda madaniyat sohasida ijobiy ishlar amalga oshirilib, ko'pgina yutuqlarga erishildi.
Jumladan, 2014 yilda Guliston, Shirin va Yangier shaharlarida madaniyat va istirohat bog'lari barpo etildi.2015 yilda Mirzaobod, Sardoba, Guliston va Sayxunobod tumanlarida
madaniyat va istirohat bog'larini barpo etish ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog'larining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari Dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 322-sonli qaroriga asosan: 4 ta Madaniyat va istirohat bog'lari foydalanishga topshirildi. Natijada 104 ta atraktsionlar hamda kichik va katta o'yin qurilmalari, 24 ta salqin ichimlik va muzqaymoq shahobchalari, 32 ta savdo shahobchalari, 16 ta umumiy ovqatlanish shahobchalari tashkil etilib, 280 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratilishiga erishildi. Natijada aholining keng qatlamlarini madaniy hordiq olishi uchun keng sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 178-sonli qaroriga asosan: 2013-2014 yillarga belgilangan 2 ta ob'ektlarda ta'mirlash ishlari davom etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 fevraldagi “O'zbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-De-Janeyro (Braziliya)da bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida"gi PQ-1923-sonli qarori asosan Sirdaryo viloyatida 2010-2014 yillar davomida 42 ta sport inshootlari qurib foydalanishga taqdim etildi.Hozirda, Sirdaryo shahrida O'zbekiston sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Parolimpiya o'yinlariga tayyorlash Dasturi asosida Guliston olimpiya zaxiralari kolleji tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 189-sonli qarori asosan haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar)ni hamda har yili 2–8 sentyabrь kunlari o'tkaziladigan “Muzeylar haftaligi" vaqtida aholini davlat muzeylariga bepul kirishlarini ta'minlanmoqda.“Muzeylar oyligi" hamda “Muzeylar haftaligi" tadbirlari mamlakatimiz aholisi, ayniqsa yoshlarni muzey ishi bilan yaqindan tanishtirish, san'at asarlarini yaratish jarayonini jonli kuzatishini tashkil etish, xalqimiz madaniyati va san'atini keng targ'ib etish, shuningdek, yoshlarni muzeyga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi, natijada aholining muzeylarga tashrifi oldingi yillarga nisbatan bir necha barobarga oshdi.Madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish Dasturiga asosan joriy yilda viloyatda 4 ta madaniyat va istirohat bog'larini tashkil qilish, ularni attraktsionlar va o'yin qurilmalari bilan jihozlash belgilangan. 2016-2018 yillarda jami 20 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish, jihozlash va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.Sirdaryo viloyatida 2 ta muzeyning mukammal va joriy ta'mirlash, rekonstruktsiya qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan viloyat o'lkashunoslik muzeyi uchun yangi bino qurish ishlari rejalashtirilmoqda.Vazirlar Mahkamasining 322-sonli qaroriga asosan 7 ta madaniyat va istirohat bog'larini ishga tushirilishi belgilangan. Natijada 182 ta atraktsionlar hamda kichik va katta o'yin qurilmalari, 42 ta salqin ichimlik va muzqaymoq shahobchalari, 56 ta savdo shahobchalari, 28 ta umumiy ovqatlanish shahobchalari tashkil etilib, 500 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi. Natijada aholining keng qatlamlarini madaniy hordiq olishi uchun keng sharoitlar yaratilishiga xizmat qilishi kutilmoqda.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 178-sonli qaroriga asosan 30 ta madaniyat va aholi dam olish markazlari foydalanishga topshirilishi, ko'zi ojizlar kutubxonasining viloyatda 2 ta filialini o'z binosi bilan ta'minlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, O.Xo'jaev nomidagi Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri binosini kapital ta'mirlash rejalashtirilgan



Download 87.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling