Asosiy qiosm
Maktabgacha ta’lim muassasasi- maktabgacha yoshdagi bollar ijtimoiy tarbiya maskani
Download 87.95 Kb.
|
4-Mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish
Maktabgacha ta’lim muassasasi- maktabgacha yoshdagi bollar ijtimoiy tarbiya maskani.
Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: I va II guruh nogironlari; ko‘p bolali oilalarning bolalari; harbiy xizmatchilarning bolalari; talabalar va pedagoglarning bolalari; chin etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar. Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot kiritiladi. Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish o‘quv yili oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi. Download 87.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling