Ko’p bolali oilalarga qanday imtiyozlar berilgan?


Download 18.19 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi18.19 Kb.
#1426562
  1   2
Bog'liq
Ko\'p bolali oilalar uchun imtiyozlar


Ko’p bolali oilalarga qanday imtiyozlar berilgan?
Toshkent davlat yuridik universiteti
Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Karimjonov Muhammadamin
Avval “koʻp bolali oila” atamasi turli normativ hujjatlarda turlicha talqin qilinardi. Shu tufayli huquqni qoʻllash amaliyotida birхillik mavjud emasdi, ijtimoiy adolat tamoyili buzilardi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni bilan “koʻp bolali oila” terminining yagona tushunchasi kiritildi, ayrim imtiyozlar va kafolatlar aniqlashtirildi. Oila kodeksi 4-1-moddasiga ko'ra, to‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.
Davlat koʻp bolali oilalarga turli imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlaydi. Xususan:
Koʻp bolali oilalarning ota-onalariga ishga joylashishda kafolatlar nazarda tutilgan. Mehnat kodeksi 68-moddasiga ko’ra, davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaga yoki onaga, shuningdek ko‘p bolali oilalarning ota-onalariga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
Ish beruvchi ish joylarining belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart. Mazkur shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz rad etgan ish beruvchi va uning vakolatli shaxslari belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 50-moddasi (Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish)
2-qismiga ko’ra, mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
(6 million so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha (9 million so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
“Aholi bandligi to’g’risida”gi Qonunning 38-moddasida ham davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlashi mustahkamlangan. Qonunga ko’ra ko‘p bolali oilalarning ota-onalari aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jumlasiga kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qaroriga 1-ilova “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra ham ko’p bolali oilalar muhtojlar toifasiga kiradi.
Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo‘yiladi. Ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash xodimlarining ro‘yxatdagi o‘rtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlar uchun nazarda tutiladi.
Tashkilotlar ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar toifalarini (shu jumladan, ko‘p bolali oilalarni ham) muhtojlar uchun tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan belgilangan zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqib
Download 18.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling