Asosiy qism Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi


Download 53.34 Kb.
bet1/7
Sana07.05.2023
Hajmi53.34 Kb.
#1440494
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ashtarxoniylar hukmronligi


ASHTARXONIYLAR HUKMRONLIGINING O`RNATILISHI


Reja:
Kirish

  1. Asosiy qism

  1. Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi

  2. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

  3. Ashtarxoniylar davrida ma`naviy-ma`rifiy, madaniy hayot

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilgan. 1556-yilda Astraxanni Rusiya bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindoshurug’i bilan Buxoroga keladi.Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o’g’il (Dinmuhammad,Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko’radi. Jonibek Sulton va uning o’g’illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim vazifasida faoliyat yuritadilar. 1601 - yilda Jonibek Sultonning o’g’li Boqi Muhammad Buxoro
taxtiga o’tqazildi. Buxoro xonligi tarixida yangi sulola — ashtarxoniylar
sulolasi hukmronligi boshlanib, 175 yil davomida mamlakat shu sulola
tomonidan boshqariladi. So‘nggi ashtarxoniylardan bo‘lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida markaziy hokimiyat zaiflashganligidan foydalangan o‘zbek urug‘lari turli viloyatlarda hokimiyatga qarshi isyon va g‘alayonlar ko‘tarishib, o‘zlarini mustaqil deb e’lon qila boshladilar. Ular orasida ashtarxoniylar saroyida katta nufuzga ega bo‘lgan, mang‘it urug‘i boshliqlardan biri Muhammad Hakimbiy otaliq (vafoti 1743y) hamda uning o‘g‘li Muhammad Rahimbiyning harakatlari ayniqsa keskin edi.
Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1745 yilda Muhammad Rahimbiy rahbarligida Buxoroga katta qo‘shin jo‘natdi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda viziyatni yumshatish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Miyonqol va Shahrisabzdagi qo‘zg‘olonlar bostirildi. Muhammad Rahimbiy davlat apparati tizimi ishlari va hukumat amaldorlarini almashtirish ishlariga jiddiy kirishdi.
U deyarli barcha yirik davlat mansablariga o‘zining yaqin qarindoshlari va maslakdoshlarini qo‘yib, ularning yordamiga tayanib poytaxtda o‘z mavqeni mustahkamlab oldi. 1746 yilda Nodirshoh o‘ldirilgach, oradan ko‘p o‘tmay Abdulfayzxon ham o‘ldirildi. Taxtga o‘tirgan Abdulmo‘min ham 1748 yilda o‘ldirildi. Uning o‘rniga nihoyatda yosh bo‘lgan Ubaydulla Sulton nomigagina taxtga o‘tqazildi. 1753 yilga kelib yirik amaldorlar, ruhoniylar va urug‘ oqsoqollarining roziligi bilan Muhammad Rahimxon (1753-1758yy) taxtga o‘tirdi va mang‘itlar sulolasi hukmronligini boshlab berdi.
Mavzuning maqsadi. Muhammad Rahimxon markazlashgan davlat tizimi tuzish siyosatini olib bordi. U yirik mulkdorlarni davlatni boshqaruv ishlariga aralashtirmay, mustaqil siyosat yurgizdi. Bu hukmdor Miyonqol, Nurota, Urgut, Kobadiyon, Boysun kabi markaziy hokimiyatni tan olmagan viloyatlarga yurishlar qilib, ularni bo‘ysundirishga erishdi. Uning davrida Zarafshonning yuqori oqimi, Jizzax, Zomin yana Buxoroga qo‘shib olindi. Muhammad Rahimxon qisqa muddat ichida juda katta hududni birlashtirgan mang‘itlarning markaziy davlat tizimini barpo etdi. 1758 yilga kelib Toshkent, Qo‘qon, Marv, Balx, Qunduzdan elchilar kelib uning hokimiyatini tan olganliklarini bildiradilar.
Mavzuning vazifasi. Muhammad Rahimxon vafotidan so‘ng uning balog‘atga yetmagan kabirasi Fozilto‘ra taxtga o‘tqazilib, hokimiyat aslida Muhammad Rahimxonning tog‘asi Doniyolbiy otaliq (1750-1785 yy) qo‘liga o‘tdi. Doniyolbiyning hukmronligi davri markaziy hokimiyatning zaiflashuvi bilan izohlanadi. U taxtga o‘tirgan dastabki paytdayoq markazlashagan davlat siyosatiga qarshi g‘alayonlar va qo‘zg‘olonlar ko‘tarildi. Miyonqol vohasi, Shahrisabz va Kitob, SHerobod va Boysun, Hisor viloyatlarida katta-katta xalq g‘alayonlari va chiqishlar boshlanib ketdi. Dastavval, Hisorga badarg‘a qilingan yuz, kenagas, burkut, bahrin, saroy kabi o‘zbek urug‘larining amirlari bosh ko‘tardilar. Ular mang‘itlar sulolasini taxtdan ag‘darishni rejalashtirgan edilar. Doniyolbiyning amirlarni tinchlashtirish uchun qilgan harakatlari zoye ketdi. Shundan so‘ng Doniyolbiy qo‘zg‘olonlarga qarshi qo‘shin jo‘natdi va Buxoro shahri aholisining yordami bilan qo‘zg‘olon bostirildi. Isyonchi amirlarning ko‘pchiligi qatl etildi.



Download 53.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling