Asosiy qism Axloq yana insonni tarbiyalovchi ijtimoiy muhit
Download 44.61 Kb.
|
Ibn Xaldun ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni haqida
Reja: Kirish Asosiy qism Axloq yana insonni tarbiyalovchi ijtimoiy muhit Ibn Xaldunning oʻz davrining davlatiga nisbatan salbiy munosabati Ibn Xaldun ijtimoiy taraqqiyotning mazmuni haqida Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Ibn Xaldun asarlari, xususan uning “Muqaddima” asari har doim Gʻarb davlatlari ilmiy doiralarida katta qiziqish uygʻotib kelgan. Alloma oʻzining “Kitob ul-ibar” asariga yozgan muqaddimasida inson jamiyatining taraqqiyoti, rivojlanish hamda tanazzuli sabablari toʻgʻrisida asosli fikrlarni keltiradi. Ibn Xaldun “Muqaddima”da asarida quyidagi fikrni bir necha bor takrorlaydi: “Tamaddun bu inson jamiyatining yakunidir”[1]. Shunda bir savol tugʻiladi, nega tamaddun inson jamiyatining intihosi bilan yakun topadi? Bu savolga qisqa va aniq javob shuki, tamaddun va davlat bir-biri bilan bevosita bogʻliqligidadir. Birinchidan, ular zoid, yaʼni ortiqcha mahsulot funksiyasini namoyon etib, kerakligidan koʻra moddiy boyliklarning ortishi bilan tamaddun vujudga keladi; shu bilan birga davlat bu mulkning paydo boʻlishi natijasi hisoblanadi. Mulk esa oʻz navbatida, yana oʻsha ortiqcha mahsulotdan tashkil topadi. Ikkinchidan, davlat va tamaddun hajm jihatidan bir –biriga mos keladi. Mulk boʻlgan va ayni paytda sivilizatsiyani aks ettiradigan “zamin neʼmatlari”dan faqat “davlat odamlari” foydalanish imkoniyatiga ega, yaʼni tortib olingan zoid oʻsha odamlar oʻrtasida taqsimlanadi. Boshqacha aytganda, tamaddun “jamiyat holati” sifatida butun jamiyatni ifodalaydi, ammo bu boylikning afzalliklaridan uning barcha aʼzolari foydalana olmaydi, chunki baʼzilardan zoid toʻlovlar, soliqlar, toʻgʻridan-toʻgʻri musodara qilish va boshqa usullar vositasida yigʻib olinadi, boshqalar esa bu zoidlarni isteʼmol qiladi: “Davlat fuqarolardan pul yigʻib oladi va uni oʻz odamlari va qoʻl ostidagi xodimlariga sarflaydi… ushbu pullar fuqarolardan keladi, lekin davlat odamlariga va soʻngra ular bilan bogʻliq poytaxt aholisiga ketadi”. Insoniyat va tamaddun halokatining xabarchisi hashamat hisoblanadi. Hashamatning davlat va jamiyatga taʼsiri ziddiyatli va bir xil emas. Davlatning dastlabki davrida hashamat “davlatning kuch-qudratini oshiradi… Buning sababi shundaki, agar aholida mulk va hashamat paydo boʻlsa, bola tugʻilishi koʻpayib, davlatning qamrab olishi ortadi, asabiya oshadi, shuningdek, “mijozlar”, yaʼni “himoyalangan” qatlam ham koʻpayadi. Ularning avlodi farovonlik va hashamatda tarbiyalanadi, ularning mavjud soniga son va qudratiga kuch qoʻshiladi. Download 44.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling