Asosiy qism Bernulli tenglamasining geometrik, fizik maʼnosi
Download 277.46 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqHujjat (3) (1)
Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Bernulli tenglamasining geometrik, fizik maʼnosi 2. Bernulli tenglamasining grafik koʻrinishi 3. Real suyuqliklar elemetar oqimchasi uchun Bernulli tenglamasi III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Gidravlika – suyuqliklarning tinch holati va harakati qonunlarini o’rganib, ularni amaliyotda qo’llash usullari bilan shug’ullanadigan fandir. “Gidravlika” ikkita grek so’zlaridan, ya’ni “gidro” – suv, “aulis” – quvur atamalarining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Chunki, dastlabki paytlarda, hayot talabi bilan, quvurda oqayotgan suvning harakati qonunlari o’rganilgan. Biz o’rganadigan gidravlika fani umumiy va maxsus qismlardan iboratdir. Uning umumiy qismida gidrostatika va gidrodinamika qonunlari o’rganilsa, maxsus qismida esa ochiq o’zanlar – daryolar, kanallar va suv omborlaridagi suvning harakati qonunlari o’rganiladi. Bo’lajak gidrometeorologiya va gidrologiya bakalavrlarining amaliy faoliyatlari davrida duch kelishi mumkin bo’lgan masalalar hisobga olib, qo’llanmada maxsus qismga ko’proq e’tibor berildi. Boshqa fanlar qatori “Gidravlika” ning ham o’ziga xos shakllanish va rivojlanish bosqichlari mavjud. Ma’lumki, yangi eradan 3000-5000 yil ilgari ham sug’orish kanallari va suv o’tkazgich quvurlar mavjud bo’lgan. Oddiy gidravlik mashinalar esa yangi eradan 2000 yil ilgari paydo bo’lgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, juda qadimdayoq suv omborlari, to’g’onlar va boshqa turdagi suv inshootlari qurilgan. Gidravlikaning fan sifatida shakllanish davri yangi eradan 250 yil oldinga borib taqaladi. Shu vaqtlarda yunon olimi Arximedning “Suzuvchi jismlar haqida traktat”i e’lon qilinadi. Keyinchalik rimlik quruvchi-muhandis Frontin (40-103 yillar) Rim shahri aholisini suv bilan ta’minlash maqsadida qurilgan 9 ta suv quvurlari, ularning umumiy uzunligi 436 km ekanligi haqida yozib qoldirgan. Bundan ko’rinib turibdiki, qadimgi rimliklar gidravlika qonunlaridan xabardor bo’lganlar va ularni amaliyotda qo’llaganlar. O’rta asrlarda gidravlikaning rivojlanishi italiyalik olimlar Leonardo da Vinchi (1452-1519) va Galileo Galiley (1564-1642), niderlandiyalik olim Simon Stevin (1948- 1620) kabilarning nomlari bilan bog’liqdir. Bernulli tenglamasining har bir hadi o‘zining geometrik va energetik mazmunlariga ega. Buni aniqlash uchun biror elementar oqimcha olib, uning 1- 1, 2- 2 va 3 – 3 kesimlarini ko‘ramiz. Bu kesimlarning og‘irlik markazi biror 0-0 tekislikdan z 1 , z 2 va z 3 masofalarda bo‘lsin. Bular qiyosiy tekislik 0-0dan elementar oqimchaning geometrik balandliklarini ko‘rsatadi. Endi olingan 1-1,2- 2 va 3 – 3 tekisliklar markazida pezometr (to‘g‘ri shisha-naycha) va uchi egilgan shisha naychalar o’rnatamiz. Bu holda pezometrlarda suyuqlik kesimlar og‘irlik markaziga nisbatan ma’lum balandliklarga ko‘tariladi. Bu ko’tarilish gidrostatika qismida ko‘rganimizdek kesimlarda ga teng bo’ladi. h 1 , h 2 , h 3 lar pezometrik balandliklar deb ataladi. Odatda, pezometrlar quvurlar va suyuqlik harakat qilayotgan boshqa idishlarda gidrodinamik bosim o‘lchanadi. Uchi egilgan shisha naychalarda suyuqlik pezometrlardagiga qaraganda balandroqqa ko’tariladi. Buning sababi shundaki, uchi egilgan shisha naylarda uning egilgan uchi suyuqlik harakati yo‘nalishida bo‘lib, gidrodinamik bosimga qo‘shimcha suyuqlik tezligiga bog‘liq bo’lgan, bosim paydo bo’ladi. Bunda suyuqlik zarrachalarining inersiya kuchi qo‘shimcha bosimga sabab bo‘ladi. Uchi, egilgan shisha naychalardagi balandlik quyidagilarga teng: Pezometrdagi suyuqlik balandligi bilan uchi egilgan shishalardagi balandlik farqi: larga teng bo‘ladi va tezlik napori (balandligi) deyiladi. Shunday qilib, geometrik nuqtai nazardan Bernulli tenglamasining hadlari quyidagicha ataladi: Suyuqlikning tegishli kesimlaridagi tezlik napori: Pezometrik balandliklar; Z 1, Z 2, Z 3, -geometrik balandliklar, tegishli kesimlarning og‘irlik markazi 0-0 – tekisligidan (taqqoslash tekisligidan) qancha balandlikda turishini ko‘rsatadi. Pezometrlardagi suyuqlik balandliklarini birlashtirsak, hosil bo‘lgan chiziq, pezometrik chiziq deyiladi. Bernulli tenglamasidan tezlik (napori) balandligi, pezometrik va geometrik balandliklarining umumiy yig‘indisi o‘zgarmas miqdor boʻlib u 0′-0′ chizig‘i bilan belgilanadi va suyuqlikning napor (dam) tekisligi deb ataladi. Gidrodinamikada bu uchta balandliklar larning yig‘indisi suyuqlikning to‘liq napori (dami) deb ataladi va H bilan belgilanadi: Download 277.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling