O’zbekiston milliy universiteti
Download 0.56 Mb.
|
Gidomet mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Gidrometeorologiya fakulteti Gidrometeorologiya va atrof-muhit monitoringi kafedrasi Gidrometeorologiya yo’nalishi 4-kurs talabasi Haydarov Tohirning Gidrometeorologik xizmatini tashkil etish va rejalashtirish fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: Xo'jalik shartnomalarini amalga oshirish tartibi bilan tanishish Tekshirdi: Kalabayev S Reja: Kirish 1. Xo`jalik shartnomalari va ularning xususiyatlari 2. Xo’jalik shartnomalari tamoyillari va vazifalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda ijtimoiy soha muassasa va tashkilotlari o`rtasidagi, ularning uzluksiz faoliyatini ta'minlash uchun zarur boigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni yetkazib berish bilan bogiiq munosabatlar muayyan shartnomaviy-huquqiy munosa-batlar asosida tashkil etiladi. Bunday munosabatlarga kirishgan taraf-lar o`rtasida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish xojalik shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Xo`jalik shartnomasi deb taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to`lash majburiyatini oladigan kelishuvga aytiladi. Xo`jalik shartnomalarini tuzish va bajarish jarayoni bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O`zbekistoRespublikasining Fuqarolik Kodeksi, "Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to`g`risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (670-son, 29.08.1998.) shular jumlasidandir. Fuqarolik Kodeksining 353-moddasiga muvofiq, “Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi". Shuningdek, Fuqarolik Kodeksi bilan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkin ekanliklari, shartnoraa bo`yicha taraf o`z burchlarini bajarganligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to`lov to`lanishi lozim boisa, bunday shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma ekanligi, shartnoma bo`yicha bir taraf ikkinchi tarafga undan haq yoki boshqa muqobil to`lov olmasdan biron narsani berish majburiyatini olsa, bunday shartnoma tekinga tuzilgan shartnoma hisoblanishi, agar qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanishi kabilar belgilab qo`yilgan. Demak, shartnomaviy munosabatlarga kirishayotgan taraflar hech kimning tazyiqisiz, mustaqil va erkin ravishda, o`zaro manfaatdorlik asosida shartnoma tuzishlari, shartnoma shartlarida belgilangan talablarni so`zsiz bajarishlari, shartnoma shartlari buzilgan hollarda esa taraflar kontragent oldidagi o`z majburiyatlarini bajarishda mulkiy javobgar ekanliklari qonun bilan mustahkamlab qo`yilgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling