Asosiy qism: Bog’lovchilar Qadimgi turkiy tillarda bog’lovchilar va ularning xususiyatlari


Download 40.01 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi40.01 Kb.
#1817338
  1   2
Bog'liq
Asosiy qism Bog’lovchilar Qadimgi turkiy tillarda bog’lovchilar


Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari


Reja:

  1. Kirish. Qadimgi turkiy tillar morfologiyasi xususida

  2. Asosiy qism:

  1. Bog’lovchilar

  2. Qadimgi turkiy tillarda bog’lovchilar va ularning xususiyatlari

  1. Xulosa



Kirish. Qadimgi turkiy tillar morfologiyasi xususida
Qadimgi turkiy til morfologik tip jihatidan turkiy tillar singari agglyutinativdir. So’z formalari so’zning negiziga maxsus qo’shimchalarni muayyan tartibda qo’shish yo’li bilan yasaladigan tillar agglyutinativ tillar deb ataladi. Ammo qadimgi turkiy tildagi morfemalar hozirgi o’zbek adabiy tili va singarmonizmni yo’qo’lgan shevalardan singarmonistik variantlarining borligi bilan farqlanadi. Lekin bu sof morfologik farq bo’lmay, fonetik farqdir.1
Hozirgi o’zbek adabiy tili morfologiyasidan qadimgi turkiy til morfologiyasining umumiy farqi quyidagilardan iborat:
1. Hozirgi zamon morfemalari qadimgi turkiy tildagiga nisbatan miqdoran ko’p va mazmunan boy.
2. Hozirgi o’zbek tilida yo’q bo’lgan yoki alohida element sifatida o’qilmaydigan morfemalar ham bor.
3. So’z va forma yasovchi chet til morfemalari yo’q.
4. Murakkab morfemalar juda kam.
Qadimgi turkiy tilning morfologik strukturasi: so’zlarning yasalishi, o’llarning ko’plik, egalik va kelishik qo’shimchalarini olishi, fe’lning harakat nomi, ravishdosh, sifatdosh formalari, shuningdek, bu so’z turkumining orttirma, majhul darajalari, zamon kategoriyasi, sifat, ravish va yordamchi so’z turkumlari hozirgi turkiy tillardan deyarli farq qilmaydi. Faqat sonlarning strukturasi jihatidan, turli affikslarning har xil fonetik ko’rinishlarga ega bo’lishi bilan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tildagi faol so’zlar, so’z yasovchi va forma yasovchi affikslar davrlar o’tishi bilan arxaiklashib qoldi, bularning ayrimlari esa hozirgi ba’zi turkiy tillarda aktiv ishlatilmoqda. Jumladan, qadimgi turkiy tilda aktiv qo’llangan tushum kelishigi affiksi –i hozirgi usmonli turk tilida hozir ham ishlatiladi.
Jamiyat tarixiy taraqqiyo’li tilning lug’at sostavidagi so’zlar, affikslar adabiy formaga tomon siljib boradi. Bu tilning o’ziga xos qonuniyatlaridandir.
Qadimiy turkiy tildagi so’zlarni morfologik jihatdan ikki gruppaga: a) mustaqil so’z turkumlari; b) yordamchi so’z turkumlariga bo’lish mumkin.
Mustaqil so’zlarni o’l, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; yordamchi so’zlarni ko’makchi, bog’lovchi, yuklama, undov va modal so’zlar tashkil qiladi. Mustaqil so’z turkumlariga kiruvchi so’zlar kelishik affikslarini oladi, shaxs-son affikslari bilan tuslanadi, zamon, mayl, daraja affikslarini qabul qiladi. Shu xususiyatlari bilan yordamchi so’z turkumlaridan farq qiladi. Yordamchi so’z turkumlarida ana shunday xususiyat yo’q. Yordamchi so’zlar mustaqil so’zlarni bog’lashga va qo’shimcha ma’no ifodalashga xizmat qiladi.

Download 40.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling