Asosiy qism marketing tadqiqotlarning ahamiyati, mazmuni va shakllari


Download 1.35 Mb.
bet1/14
Sana04.04.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1327957
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Turizm marketining xususiyatlari


Turizm marketining xususiyatlari

Mundarija:

KIRISH………………………………………………………………………2-3


ASOSIY QISM

  1. Marketing tadqiqotlarning ahamiyati, mazmuni va shakllari……………..4-8

  2. Turistik korxonalarning marketing muhiti tadqiqoti………………………9-17

  3. Turizmda marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillari…………………18-24

  4. Marketing tadqiqotlarining usul va shakllari Kuzatish, tajriba so‘rov, anketa-so‘rov o‘tkazish ……………………………………………………………….25-30

  5. Birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlar ……………………………………...31-35

  6. Turizmda marketing tadqiqotlarini o‘tkazuvchi bo‘limlar ………………36

  7. Turistik mahsulot marketingini boshqarish………………………………37-39

XULOSA…………………………………………………………………………40
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….41
Kirish
Turizm industriyasida marketing faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash va sayohat byurolari bilan birgalikda Angliya va keyinchalik Yevropa qit’asida amalda qo‘llanila boshlagan. Turizm marketingining tizimli (tizimtik) bir shaklda inobatga olinishi va o‘rganilishi 1950-yillarda Yevropada amalda qo‘llanilgan. Ikkinchi jahon urushigacha lyuks bir iste’mol soha bo‘lgan turizm tarmog‘i, urushdan keyin Yevropadagi sanoatlashuv harakati bilan birga rivojlanishga va tarqalishga boshlagan. Iste’molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va turizm tarmog‘i xalqaro bir xususiyat qozonib talab va taklif muvozanati buzilishni boshlagan. 1936-yildan e’tiboran Yevropada pullik ruxsat haqining berilishi bilan ishchilar, mutaxassislar ta’tilga chiqib turizm harakatlariga qatnashganlar. Tunash muassasalarida o‘zgarish ortgan, yangi tunash tarmoqlari yuzaga kelgan. Sayohat qilgan insonlar soni har yili tez sur’atlarda ortib borgan. Ta’tilga chiqish nisbati Yevropada jami aholining 60% ini tashkil qilgan. Dunyoda sayohat qilgan kishilar soni 1970-yilda 168 mln. kishi ekan. 1989-yilda bu hisob 420 mln. kishi, 2005-yilda esa bu raqam 685 mln. kishiga yetgan. Sayohat qilgan insonlar turizm tarmog‘iga qatnashib 1989-yilda 230 mlrd. dollar miqdorida turizmga sarf qilgan bo‘lsalar, 2005-yilda bu ko‘rsatkich 475 mlrd. dollar, 2007- yilda esa ushbu ko‘rsatkich 480 mlrd. dollar bo‘lgan. Makro darajada davlatlar, mikro darajada turistik korxonalar iste’molga tayanib turizmda ma’lum bir miqdorda talabni oshirish uchun turizm marketingi tizimlarini rivojlantirishga e’tibor qaratganlar.[1]
Xususan 1970-yillardan keyin talabni jonlantirish uchun turizm marketingi tadqiqotlariga e’tibor berilgan. Marketing, mahsulotning bozorda iste’molchi bilan qarsqilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir degan edik. Turizm marketingini ham turistik xizmat yoki mahsulot bilan turizm bozori shakllantiradi. Turistik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar uch guruhda tavsiflanadi:
1. Tunash va ovqatlanish tarmoqlari.
2. Sayohat byurolari va turoperatorlar.
3. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi boshqa muassasalar.
Turizm bozori geografik nuqtai nazardan ikki qismga, milliy va xalqaro turizm bozoriga ajratiladi. Bozordagi iste’molcqilar turist deb ataladi. Turizm marketingida mahsulotga qaraganda xizmatning bozorlanishi asosiy hisoblanadi. Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar juda turli xil xizmatlarning yig‘indisidan tashkil topmoqda.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling