Asosiy qism Me’yor va xulqiy og‘ishganlik tushunchasi va ularni tavsiflash. Xulqini og‘ishganlik tiplari


Download 87.5 Kb.
bet3/6
Sana06.05.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1434346
1   2   3   4   5   6
Deviatsiya tiplari
Me’yordan og‘ish
Jamiyatda qabul qilingan qoida va xulq-atvor me’yorlaridan og‘ishgan o‘smirlar og‘ir tarbiyalilar deb ataladi.
Og‘ir tarbiyali o‘smir jamiyatda o‘rnatilgan qoida va me’yorlarga rioya qilmaydi. Bunday holat ilmda deviatsiya deyiladi (lotin tilida deviation - og‘ishlik). Masalan, fizikada kompas magnit strelkasining og‘ishi, biologiyada organizm rivojlanishida og‘ishlik uchraydi.
Deviyatsiya (og‘ishlik) – bir tomondan uni o‘rab turgan inson va atrof-muhitga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasidir. O‘zgaruvchanlik ijtimoiy muhitda inson xulq-atvori bilan bog‘liq. Ilgari aytib o‘tilgandek, xulq me’yordagidek yoki og‘ishgan bo‘lishi mumkin.
Me’yoriy xulq O‘smirning rivojlanishidagi ehtiyojlari va imkoniyatlari, uning ijtimoiylashuviga to‘la javob beruvchi, unga adekvat1 monand keluvchi mikrosotsium bilan uning o‘zaro faoliyatidir.
Agar bolaning atrofidagi muhit o‘smirning u yoki bu xususiyatlari, uning xulq-atvoriga doimo (yoki deyarli doim) o‘z vaqtida va adekvat (monand) bo‘lsa, o‘smirda xulq-atvor me’yoriy bo‘ladi. Bu fikrdan xulqi og‘ishganlikning tavsifi ham kelib chiqadi, biroq bolaning mikrosotsium bilan o‘zaro faoliyati sifatida uning rivojlanishini buzuvchi va ijtimoilashuvida va yuzaga keluvchi xulqi, jamiyatda o‘rnatilgan axloqiy hamda huquqiy og‘ishganlik ijtimoiy dezadaptatsiyaning (bola uchun ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashishga to‘siqlik qiladigan hodisa ko‘rinishlaridan biridir).
Bolalik - o‘smirlik dezadaptatsiyada quyidagi patologiyalar o‘z tasdig‘i ni topgan: Maktab yoshidagi bolalar, maktabga bormaydilar, yetim-bolalar, ijtimoiy yetimlar, giyohvandlik va zaharli (toksinli) vositalarni qabul qiluvchi o‘smirlar; jinsiy ahloqsiz o‘smirlar, huquqbuzarlik faoliyatlariga berilgan o‘smirlar.
Deviatsiyaning tarkibiga deviantlik, delinkvent va kriminal xulq-atvorlilar kiradi.
Deviant xulq-atvor-xulqiy og‘ishganlikning bir turi bo‘lib, o‘smirning yoshiga muvofiq bo‘lmagan ijtimoiy xulq-atvor me’yor va qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan mikrosotsium munosabatlar (oilaviy, maktabdagi) va kichik jinsiy yosh ijtimoiy guruhlari uchun xarakterli bo‘ladi. YA’ni xulq-atvorning bu tipini intizomsizlik deb atash mumkin. Deviant xulq-atvor ko‘rinishlariga o‘smirning namoyishkorlik, agressvilik, o‘ziga erk berish, o‘qish va mehnat faoliyatidan tizimli og‘ishlik, uydan ketib qolish, daydilik, ichkilikbozlikka berilish, alkogolizmga berilish, giyohvandlik va u bilan bog‘liq assotsial faoliyatlar, jinsiy xarakterdagi jamiyatga qarshi faoliyatlar, suitsid2.
Delinkvent xulq-atvori – deviantlikdan farqli ravishda bolalar va o‘smirlarning assotsial xulq-atvori bilan xarakterlanadi. Bu xulqiy harakatlarda huquqiy me’yorlarni bola buzib o‘tsada, biroq huquqiy, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Sababi cheklangan ijtimoiy xavfli yoki bola jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan hisoblanadi.
Delinkvent xulq-atvorda: asosan inson shaxsiga qarshi agressiv-zo‘ravonlik xulqi, haqorat, janjalkashlik, o‘t qo‘yish, sadistlik harakatlari ajralib turadi.
Delinkvent (lotin tilidan delinqveng-huquqbuzar)-xulqiy og‘ishgan subyekt, o‘z harakatlarida jinoiy jazolanadigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
- g‘arazli xulq-atvor, o‘zida mayda o‘g‘rilik, bosqinchilik, talnchilik, avtotransportni o‘g‘irlash va boshqalarni amalga oshirib, moddiy manfaat ko‘rinishning ilinjida mulkiy tajovuz qilishdan iborat.
- Giyohvand moddalarni tarqatish va sotish.
Kriminal (jinoiy) xulq-atvor (lotin tilidan, criminalis-jinoyatchilik) huquqbuzarlik harakati bo‘lib, jinoiy javobgarlik yoshiga yetguncha, jinoiy ish ochishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi va Jinoyat kodeksining belgilangan moddalari bilan asoslanadigan xulq-atvor

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling