Asosiy qism: Neft omborlari


Download 346.25 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi346.25 Kb.
#1487276
  1   2
Bog'liq
Diplom ishi (na`muna)


Mundarija:
Kirish
Asosiy qism:

    1. Neft omborlari

    2. Neft va neft mahsulotlarini saqlovchi rezervuarlar

    3. Rezervuarlarni qurish, jihozlash va ularni ishlatish.

    4. Rezervuar dizayni

    5. Katta va kichik nafas olish va ularni oldini olish usullari

    6. Rezervuar parkini avtomatlashtirish zaruratining asoslari

Texnologik qism
3.1. Rezervuar devorlarini hisoblash
3.2. Rezervuarning joylashishini hisoblash
3.3. Katta nafas olish tufayli rezervuardan neft yo’qotishlarini hisoblash
3.4. Kichik nafas olish tufayli rezervuardan neft yo’qotishlarini hisoblash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Asosiq qism.
2.1. Neft omborlari
Iste`molchilarni neft mahsulotlari bilan ta`mirlashda mahsulot omborlari asosiy manba hisoblanadi. Neft mahsulotlarini saqlovchi omborlar ikki guruhga: mustaqil neft mahsuloti omborlari va korxona qaramog’idagi neft mahsulotlarini saqlovchi omborlarga bo’linadi.
Mustaqil neft mahsuloti omborlari (1-guruh) o’zlarining boshqaruv tizimiga ega bo’lib, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, iste`molchilarga taqsimlash va uzatish kabi vazifalarni o’taydi. Korxona qaramog’idagi (2-guruh) neft omborlari kichik sklad ko’rinishida bo’lib, ular neft mahsulotlarini saqlash hamda korxona sexlari va boshqa xo’jalik tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan ta`minlash uchun xizmat qiladi. Ular to’g’ridan-to’g’ri xizmat qilayotgan korxona rahbariyatiga bo’ysunadilar. Neft mahsulotlarini esa shu hududda joylashgan taqsimlovchi yoki uzatuvchi neft omborlaridan oladilar.
Neft mahsulotlari omborlari rezervuarlar saroyining hajmiga ko’ra 3 toifaga bo’linadi. 1-toifa umumiy hajmi 100 ming m3 va undan ortiq bo’lgan neft mahsuloti omborlari; 2-toifa umumiy hajmi 20 ming m3 dan katta bo’lgan neft mahsuloti omborlari; 3-toifa umumiy hajmi 20 ming m3 gacha bo’lgan neft mahsuloti omborlari kiradi.
Asosiy bajaradigan ishlarga ko’ra 1-guruh neft mahsuloti omborlari taqsimlovchi va uzatuvchi omborlarga bo’linadi. Taqsimlovchi neft mahsuloti omborlari o’z sferasi qaramog’idagi barcha korxonalar, tashkilot va boshq is`temolchilarga neft mahsulotlarini taqsimlash ishlarini bajaradi. Uzatuvchi neft mahsuloti omborlari esa bir transport orqali olib kelingan neft mahsulotlarini qabul qilib olib, keyin ularni boshqa transport vositasi orqali iste`molchilarga uzatadi.
Neft mahsuloti omborlari yong’indan xavfsizlik talablariga ko’ra korxona va boshqa obyektlardan ma`lum uzoqlikda, maxsus ajratilgan maydonga joylashtirilgan. Ular orasidagi masofa qurilish me`yori va qoidalari asosida belgilanadi.
Uzatuvchi neft omborlariga – Angren va Pop shaharlaridagi neft omborlari kirib, ularning rezervuar saroyining sigimi ni tashkil qiladi. Respublikamizda turli toifadagi 75 ta taqsimlovchi va ularning shoxobchalari bo’lib, umumiy rezervuarlar saroyininng hajmi 1176,46 ni tashkil qiladi. Ko’p miqdordagi neft va uning mahsulotlarini saqlashda turli konstruksiya hamda hajmga ega bo’lgan po’lat va temir beton rezervuarlardan foydalaniladi.
Neft mahsuloti omborlarining samaradorligi ularda o’rnatilgan barcha texnologik jihozlar, qurilmalar va asbob-uskunalarning ish faoliyatiga bog’liq bo’ladi. Texnologik qurilmalardan foydalanish jarayonida ularda: zanglash, materialdagi turli nuqsonlar, ishlatishda normativ talablarga amal qilmaslik sabablariga ko’ra, turli ko’rinishdagi ishdan chiqish va baxtsiz hodisalar sodir bo’ladi. Bularni o’z vaqtida bartaraf etish turli ko’rinishdagi profilaktirka ta`mirlash ishlari yordamida amalga oshiriladi va ularning ish faoliyati tiklanadi.
Neft omborlarida uchta asosiy texnologik jarayon bajariladi: neft mahsulotlarini qabul qilish, germetik neft mahsulotlarini saqlash va tarqatish.
Neft mahsuloti omborlarining umumiy maydoni 6 texnologik hududlarga bo’lingan bo’ladi:

  1. Neft mahsulotlarini qabul qilish hududi;

  2. Neft mahsulotlarini saqlash hududi;

  3. Mahsulotlarni taqsimlash hududi;

  4. Yordamchi texnik qurilmalar hududi;

  5. Boshqaruv va yordamchi imoratlar hududi;

  6. Tozalash qurilmalari hududi.




1-rasm. Temir yo’lli neft omborining
hududlarga bo’linish chizmasi
1 va 5-hududda temiryo’l transportida olib kelingan nrft mahsulotlarini tushirish ishlari bajariladi. U yerda to’kuvchi-quyuvchi estakada, nasoslar, idishli mahsulotlarni saqlovchi omborlar, laboratoriya va boshqa qurilmalar joylashgan.
2-hududda neft mahsulotlarini saqlash uchun tegishli rezervuarlar, gaz yig’uvchilar, nasoslar joylashgan.
3-hudud tarqatuvchi(operativ) hudud bo’lib, neft mahsulotlari kichik va katta partiyalarda avtosisternalar, konteynerlar va bochkalarda tarqatiladi. Bu yerda nasoslar, mahsulotlarni idishlarda saqlovchi skladlar, quyuvchi avtoestakada va boshqa maydonchalar joylashgan.
4-hudud yordamchi qurilmalar hududi bo’lib, bu yerda mexanik payvandlash ustaxonslsri, bug`latuvchi qurilmalar, transformator podstansiyasi, isitish qozonxonasi, yoqilg’i va materiallar ombori, laboratoriya va boshqalar joylashgan.
6-hudud tozalash qurilmalar hududi bo’lib, unda omborning oqova suvlarni tozalash tizimi qurilmalari, bufer rezervuari, qum va neft ushlagichlar, qo’shimcha cho’ktiruvchi hovuzlar joylashgan. Mustaqil neft omborlari iste`molchilarga yaqin bo’lgan magistral temiryo’l, suv va avtomobil yollari atrofida joylashgan bo’ladi.
Taqsimlovchi neft omborlarni mahsulotlarni olib keluvchi transport vositalarning turiga ko’ra:suv yo’lli, temir yo’lli va avtomobil yo’llilarga bo’linadi.
Suv yo’lli mustaqil neft mahsuloti omborlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa obyektlardan, suv oqimi bo’yicha kamida 100 metr pastroqdda joylashadi. Agar suv oqimining pastki qismida joylashtirish mumkin bo’lmasa, u holda oqimining bosh qismida, korxonalardan quyidagi uzoqlikda joylashadi: 1-toifa omborlar – 3000 metr; 2-toifa omborlar – 2000 metr; 3-toifa omborlar – 1500 metr.
Temir va avtomobil yo’lli omborlar esa yaqin atrofida joylashgan barcha obyektlarning yer maydoniga nisbatan pastroq joylahgan bo’ladi.
1-jadval.

Neft ombori hajmlari, m3

Uchastka maydoni,
104 m2

Neft ombori hajmlari, m3

Uchastka maydoni,
104 m2

1500

1,5-2,0

20000

15,0-19,0

4000

3,0-4,0

25000

20,0-21,0

6000

4,0-6,0

30000

22,0-24,0

10000

8,0-10,0

40000

25,0-27,0

15000

10,0-12,0

50000

27,0-29,0

Bulardan tashqari, aholi punktlari tomon esadigan shamol oqimining teskari tomoniga joylashgan bo’ladi.


Omborlarning texnik-iqtisodiy samaradorligi ularning geografik joylashish o’rniga, katta-kichikligiga, yillik kun aylanmasiga va texnologik obyekt qurilmalarining mukammal loyihalanish darajasiga bog`liq bo’ladi.
Malumotlarga ko’ra, neft omborining yuk aylanmasi va hajmi qanchalik katta bo’lsa, metallning solishtirma sarfi hamda bir tonna yuk aylanmasiga to’g’ri keladigan kapital xarajatlar sarfi shunchalik kamayib boradi. Katta hajmdagi neft omborlari tejamkor bo’lishi bilan bir qatorda, ular kam hizmatchilarni talab etadi. Masalan, yuk aylanmasi 25 ming m3 ga teng bo’lgan temir yo’lli neft ombori uchun 23 ta ishchi-xodim kerak bo’lsa, yuk aylanmasi 500 ming.kub.m ga teng bo’;lgan neft uchun hammasi bo’lib, 105 ta ishchi-xodim kerak bo’ladi.
Yuqoridagilarga ko’ra katta hajmdagi neft omborlarini loyihalashtirish va qurish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Rezervuarlar saroyi, neft mahsuloti omborining eng asosiy obyektlaridan biri bo’lib, hajmini aniqlashda kelgusidagi rivojlanishni hisobga olish lozim.
Rezervuarlar saroyining hajmi ortiqcha yoki kam bo’lmasligi kerak. Bu transport vositalarining bo’sh qolishi va texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga olib keladi. Saroy hajmi, neft ombori turiga, yuk aylanmasiga hamda yukni olib kelish va olib ketish sharoitiga bog`liq. Agar olib kelish va olib ketish sinxron tarzda bajarilsa, rezervuar saroyi kerak bo’lmaydi. Aniq sharoitda esa olib kelish va olib ketish notekisligi bir=biriga to’g’ri kelmaydi. Bu, o’z navbatida ortib qolgan mahsulotlarni saqlash uchun rezervuarlar parki zarurligini taqozo etadi.
Neft omborining rezervuar saroyi hajmini aniqlash uchun, yillik yuk aylanmasiga ko’ra haftali yoki dekadali, bir oyli yuk olib kelish va ketish to’g’risidagi ma`lumotlar kerak.
Mahsulotlar turi bo’yicha uzatuvchi neft omborining rezervuarlar saroyining hajmi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda: mahsulot turining yillik yuk aylanmasi (m/yil); mahsulot zichligi (kg/m­­3); rezervuarni to’ldiris koeffitsiyenti, ; rezervuarning yil davomida to’lish-bo’shasini ko’rsatuvchi koeffitsiyent (1/yil).

2-rasm. Neft omborining bosh rejasi.
1-prichal; 2-yerosti filtratsiya suvi; 3-flotatsiya qurilmasi; 4-bufer havzasi; 5-ballast suv rezervuarlari; 6-ko’prik kukun hujrasi; 7-septik; 8 va 13-kanalizatsiyalar; 9-shlam yig’uvchi; 10-neft ushlovchi; 11-ushlangan neft mahsulotlari uchun rezervuar; 12-qum ushlagich; 14,15,18,27 va 28- har xil turdagi neft mahsulotlari uchun rezervuarlar; 16-ishlab chiqarish bloki; 17-qozon uchun mazut ombori; 19 va 33- nasos stansiyalari; 20-qozonxona; 21-moy tozalash xonasi; 22-bug’lash xonasi; 23-laboratoriya xonasi; 24-qorovulxona; 25-operator xonasi; 26-idishlarni saqlash uchun shiypon; 29 va 30-idishlardagi neft mahsuloti ombori; 35-temir yo’l estakadalari. I-etillanmagan suv; II-etillangan suv; III-maishiy oqava suvi; IV-cho’kma; V-ushlangan neft mahsulotlari; VI-ballast suvlar.
Shunday qilib, har bir neft mahsuloti uchun rezervuar saroyining hajmini aniqlab, ular umumlashtiriladi. Umumiy rezervuarlar saroyining hajmi neft mahsuloti omborining hajmini ko’rsatadi. Aniqlangan hajm bo’yicha kerakli rezervuarlar soni aniqlanadi va ularning maqbul turlari texnik-iqtisodiy hisoblar natijasiga ko’ra tanlanadi.
Katta hajmdagi neft omborlari tejamkor bo’lishi bilan bir qatorda, ular kam hizmatchilarni talab qiladi. Masalan, yuk aylanmasi 25 ming.kub.m ga teng bo’lgan temir yo’lli neft bo’lgan neft ombori uchun 23 ta ishchi-xodim kerak bo’lsa, yuk aylanmasi 500 ming.kub.m ga teng bo’lgan neft ombori uchun hammasi bo’lib, 105 ta ishchi-xodim kerak bo’ladi.


    1. Download 346.25 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling