Asosiy qism: Neft omborlari


Neft va neft mahsulotlarini saqlovchi rezervuarlar


Download 346.25 Kb.
bet2/2
Sana15.06.2023
Hajmi346.25 Kb.
#1487276
1   2
Bog'liq
Diplom ishi (na`muna)

Neft va neft mahsulotlarini saqlovchi rezervuarlar

Rezervuarlar neft mahsulotlarini saqlashdagi asosiy qurilmalar boʻlib, ularda ko'p miqdordagi qimmatbaho mahsulotlar saqlanadi. Neft mahsulotlarining saqlash sharoitlariga koʻra, ular tiniq va qora neft mahsulotini saqlovchilarga boʻlinadi. Tayyorlanadigan materiallari bo'yicha: metalldan va metallsiz materiallardan yasalgan rezervuarlarga boʻlinadi. Metall rezervuarlar, asosan, poʻlatdan yasaladi. Nometall rezervuarlarga temir-beton va turli sintetik materiallardan tayyorlangan rezervuarlar kiradi.
Rezervuarlar joylashishiga koʻra: yerusti, yarim yerosti va yerosti ko'rinishida boʻladi.
Yarim yerosti rezervuarlari balandligining yarmi yer yuzasidan pastda joylashgan bo'ladi. Tuzilishi (tashqi ko'rinishi) bo'yicha rezervuarlar: toʻgʻri to'rtburchakli, silindr, konus va tomchi ko'rinishida boʻladi. Rezervuarlar formasi (ko'rinishi)ni tanlash, ishlatilish maqsadi neft mahsulotining xossasi va saqlash sharoitiga ko'ra amalga oshiriladi. Hozirgi paytda ishlatilayotgan rezervuarlarning hajmi 5 m3 dan 120000 m3 ni tashkil qiladi. Tiniq neft mahsulotlarini saqlash uchun, asosan, po'latdan yasalgan rezervuarlar hamda yuzasi benzinga chidamli qoplamalar bilan qoplangan temir-beton rezervuarlaridan foydalaniladi. Qora neft mahsulotlarini saqlashda temir-beton rezervuarlari ishlatiladi. Surkovchi moylar poʻlat rezervuarlarda saqlanadi.



3-rasm. Rezervuarlarning yer ustiga nisbatan joylashishi.
a-yerusti; b-yarim yerosti; d-yerosti;
Yer yuzasidagi guruh rezervuarlarning orasidagi masofa suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlar uchun 0,5 diametrni (20 m dan ortiq bo'lmasligini), pontonli rezervuarlar uchun - 0,65 diametrni tashkil etadi, lekin 30 m dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Statsionar tomli rezervuarlar uchun 0,75 diametrni (ammo 30 m dan ortiq bo'lmasligi kerak) tashkil qilishi kerak. Bir guruhdagi yerosti rezervuarlarining devorlari orasidagi masofa 1 m dan kam bo'lmasligi kerak. Ikki guruh yer yuzasi rezervuarlarda guruhlar devorlarining orasidagi masofa 40 m dan va yerosti guruh rezervuarlarda esa 15 m dan kam bo'lmasligi kerak.
Vagon sisternalaridan to'kilgan neft mahsulotlari, tegishli texnologik quvurlar orqali mahsulot saqlovchi rezervuarlarga haydaladi.
Tiniq neft mahsulotlarini saqlovchi rezervuarlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
1. Tik silindrik oʻrnatilgan rezervuar (RVS);
2. Tomchi ko'rinishidagi rezervuar;
3. Yopiq oʻrnatilgan rezervuar (RGS).
Tik silindrik o'rnatilgan po'lat rezervuarlari tomining yopilishiga koʻra: konus yoki sferik ko'rinishida boʻladi. Bunday rezervuarlarning ichki havo boʻshligʻida ortiqcha bosim qiymati 2000 Pa (0,02 kgs/sm2) ga teng. Bunday rezervuarlarda, sekin bugʻlanuvchan neft mahsulotlari: kerosin, dizel yoqilg'isi va boshqalar saqlanadi. Tez bugʻlanuvchan neft mahsulotlari pontonli, suzib yuruvchi qopqoqli silindr ko'ri- nishdagi rezervuarlarda saqlanadi. Bunday rezervuarlarni ishlatish mumkin boʻlmagan joylarda, tez bugʻlanuvchi neft mahsulotlarini tomchisimon po'lat rezervuarlarda saqlanadi. Tomchisimon po'lat rezervuarlarning havo bo'shlig'idagi bosim 0,04 MPa (0,4-2 kgs/sm2)ni tashkil qiladi. Bunday rezer- vuarlarda mahsulotni saqlashda, uning yo'qotilishi anchaga kamaydi, ya'ni ba'zi bir yo'qotilishlar sodir bo'lmaydi. Rezervuarlar ichida hosil boʻlgan bug'lar (bo'sh turgan vaqtda), faqat rezervuarni mahsulot bilan to'ldirish jarayonida atmosfe- raga chiqib ketadi (katta nafas olish).
Pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarda havo bo'shlig'i hosil boʻlmaydi. Rezervuar ichidagi ponton yoki suzib yuruvchi qopqoq, mahsulot bilan har doim o'zaro ta'sirda boʻladi (4-rasmga qarang). Rezervuarni mahsulot bilan to'ldi- rishda, ponton (qopqoq) mahsulot bilan birga ko'tariladi, to'kishda esa, mahsulot bilan birga pastga tushadi. Natijada, saqlanayotgan mahsulotning bug'lanishi sodir boʻlmaydi va uning isrof boʻlishi, sferik yoki konus koʻrinishidagi rezervuar- larga qaraganda 5-6 marta kam boʻladi.
Suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarning tomi boʻlmaydi, ularda tom vazifasini qopqoqning o'zi bajaradi. Bunday tuzilishga ega boʻlgan poʻlat rezervuarlarni, yog'ingarchilik kam bo'ladigan hududlarda ishlatiladi. Asosan, bunday rezervuarlarning hajmi 100-50000 m3 ni tashkil etadi.
Neft mahsuloti omborlarida ishlatilayotgan poʻlat rezervuar- larning hajmi 100, 200, 300, 400, 700, 1000, 2000, 3000, 5000, 1000, 15000, 20000 va 30000 m3 ni tashkil etadi. Ayrim uzatuvchi neft mahsuloti omborlarida, hajmi 50000 va 100000 m3 li rezervuarlardan ham foydalaniladi.



4-rasm. Pontonli RVS rezervuarining prinsipial chizmasi;


1-rezervuarning korpusi; 2-ponton; 3-rezina salnigi;
4-saqlanayotgan mahsulot
Gorizontal oʻrnatilgan po'lat rezervuarlari, asosan, taqsimlovchi neft omborlarida mahsulotlarni saqlash hamda ularni tashishda foydalaniladi. Bunday rezervuarlarning ortiqcha ichki bosim ko'rsatkichi 0,07 MPa (0,07 kgs/sm2) ga teng bo'lib, ularning hajmi 5-100 m3 ni tashkil etadi.
Qora neft mahsulotlari, temir-beton rezervuarlarda saqlanadi. Ularning ko'rinishi silindr yoki to'g'ri to'rtburchak ko'rinishida bo'ladi. Agar bunday rezervuarlarda tiniq neft mahsulotlari saqlanadigan bo'lsa, ularning ichki yuzasi benzinga chidamli material yoki metall varag'i bilan qoplanadi.
Neft mahsuloti omborlarining asosiy qurilmalari rezervuarlar boʻlib, ular bir-birlaridan geometrik oʻlchamlari va konstruksion tuzilishlari bilan farqlanadi.
Konstruksion tuzilishlari bo'yicha: konus, sferik, tomchi va shar ko'rinishida bo'ladi. Yengil uchuvchan mahsulotlarni saqlashda, maxsus konstruksiyaga ega bo'lgan pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlar ishlatiladi. Ularning konstruksion tuzilishlari 5-rasmda keltirilgan. Temir-beton rezervuarlar to'g'ri burchakli va silindr ko'ri- nishida bo'ladi. To'g'ri burchakli va silindr ko'rinishidagi rezervuarlarning asosiy ko'rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval.

Rezervuar hajmi, m3

Tashqi o’lchamlari, m

Rezervuar hajmi, m3

Tashqi o’lchamlari, m

Uzun-ligi

Eni

Baland-ligi

Uzun-ligi

Eni

Baland-ligi

50

6

3

3,6

3000

24

30

4,8

100

6

6

3,6

8000

36

36

4,8

250

12

6

3,6

10000

48

48

4,8

500

12

12

3,6

20000

60

66

4,8

1000

18

12

4,8

30000

84

78

4,8

2000

24

18

4,8

40000

96

90

4,8

Rezervuarlarni ishlatish davomida, xavfsizlikni ta`minlash hamda xizmat ko’rsatish maqsadida, ularga turli konstruksion jihozlar o’rnatilgan bo’ladi, ya`ni nafas oluvchi klapanlar; yorug`lik kiruvchi lyuklar; xlopushkalar; sath o’lchovchi asboblar va boshqalar.



5-rasm. Rezervuarning kontruksion tuzilishi.


a-tomchi ko’rinishidagi rezervuar; b-konus ko’rinishidagi rezervuar; d-sferik ko’rinishidagi rezervuar;

    1. Rezervuarlarni qurish, jihozlash va ularni ishlatish

Hozirgi zamon po’lat rezervuarlarining ko’rinishi texnologik maqsadga ko’ra: tik silindrik, tomchi va sisterna ko’rinishida bo’ladi.
Tik silindrik silindrik ko’rinishidagi po’lat rezervuarlar, o’z navbatida, past bosimli “atmosfera”, pontonli va suzib yuruvchi qopqoqli rezervuarlarga bo’linadi. Past bosimli rezsrvuarlarning ichki havo
Download 346.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling