Asosiy qism


Download 1.28 Mb.
bet1/11
Sana26.04.2020
Hajmi1.28 Mb.
#101446
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari

REJA:

KIRISH

ASOSIY QISM:

  1. O’zbekiston Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi.

    1. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi

    2. O’zbekiston Respublikasining” Kadrlar tayyorlash milliy modeli”

    3. O’zbekiston Respublikasining ''Ta’lim to’g`risida''gi Qonuni

  2. Ta’lim inson rivojlanishi asosi sifatida

    1. Ta’lim tizimi va uni rivojlantirishning o;ziga xos xususiyatlari

    2. Ta’limning inson rivojlanishiga ta’siri

    3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "o‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasidagi vazifalarni amalga oshirish chora tadbirlari

  3. O’zbekiston Respublikasida Ta`lim Statistikasi

    1. Maktabgacha ta`lim.

    2. O`zbekiston Respublikasida Umumiy o`rta ta`lim.

    3. O`zbekiston Respublikasida O`rta maxsus kasb - hunar ta`limi.

    4. O`zbekiston Respublikasida Oliy ta`lim.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Har bir jamiyat o‘z a‘zolarining yetukligi, barkamolligi, salohiyati bilan faxrlanadi. Chunki fozil insonlar ko‘p bo‘lgan jamiyat ham moddiy ham ma‘naviy jihatdan gullab yashnaydi Ma‘lumki, har bir davlat, xalq o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida o‘ziga xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadiga, shu xalqning azaliy orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqaradiga buyuk kuchni ko‘radi. O‘zbekiston ham shunday mamlakatlar jumlasiga kiradi. Mamlakatimiz birinchi prizdenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek: «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasbhunar o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi». Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`limtarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyat barpo etib bo‘lmaydi» degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.

Kurs ishining maqsad va vazifalari.

Uzluksiz ta‘lim tizimi, xususan, kasbiy ta‘limni

rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor maqsadlarni amalga oshirish, mamlakat

iqtisodiyotining murakkab hamda ko‗p turdagi ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‗lgan yetuk rahbar kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta‘minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish



Ushbu maqsaddan kelib chiqadigan vazifalar quyidagicha:

Birinchidan: Jamiyatimizda tubdan isloh etilgan ta‘lim tizimi bilan tanishish va ularning bugungi hayotimizda tutgan o‘rnini aniqlash. Bugungi kunda ta’lim tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash.

Ikkinchidan: yetuk kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta‘minlashga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy modeli va dasturini hayotga tatbiq etish

Tadqiqotning obyekti va predmeti: Ta‘limga doir qonun-hujjatlar, milliy dastur, shaxs va davlat munosabatlariga doir demokratik islohatlar

Kurs ishining nazariy va metodologuk asosi: Mazkur kurs ishining ilmiy nazariy konsepsiyasini belgilab olishda mavzuga doir davlat qonun hujjatlari, bugungi olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy-falsafiy asarlar va mavzuga doir nazariy fikrlar, xulosalar metodologik asos vazifasini o‘taydi.Kurs ishining ilmiy yangiligi: Mustaqillik sharofati bilan totalitar tuzumining eskicha qarashlaridan ham xalos bo‘ldik. Barcha soha singari ta‘lim tizimi ham tubdan isloh etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad ma‘naviy sog‘lom va yetuk kadrlarni tarbiyalash hamda bu orqali boshqaruv jarayonini yanada demokratlashtirish edi.Ilmiy tadqiqotning yangiligi ham shu bilan ifodalanadi.



I- BOB O’zbekiston respublikasining uzluksiz ta’lim tizimi

    1. O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi

O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat:
Davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari; 
Ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar; 
Ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar. O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir. O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi: - maktabgacha ta`lim; - umumiy o’rta ta`lim; - o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi; - oliy ta`lim; -oliy ta`limdan keyingi ta`lim; - malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash; - maktabdan tashqari ta`lim. 

Ta`limni boshqarish organlari. Ta`lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi alohida oliy ta`lim muassasasi, Toshkent Islom Universiteti, shuningdek xalqaro mashhur xorijiy OTMlar (MDU, Westminster Universiteti va hokazo) filiallarini bevosita boshqaradi.



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kompetentsiyasiga quyidagilar taalluqli:

Ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini olib borish; 


Davlat ta`lim boshqaruv organlariga rahbarlik qilish; 


Ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 


Ta`lim muassasalarini yaratish, qayta tashkil etish va bekor qilish tartiblarini belgilash; 


Ta`lim muassasalari akkreditatsiyasi, pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasi tartiblarini belgilash; 


Boshqa davlatlar ta`lim muassasalariga o’zbekiston respublikasi hududida ta`lim ko’rsatish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish; 


Qonunchilikka mos ravishda xorijiy davlatlarning ta`lim haqidagi hujjatlarini tan olish tartibini belgilash va teng-kuchli kanligini o‘rnatish; 



Davlat ta`lim standartlarini belgilash

Davlat namunasidagi ta`lim hujjatlarini va ularning berilish tartibini belgilash; 


Ta`lim muassasalariga qabul tartibi va davlat grantlari miqdorini belgilash; 


Davlat oliy ta`lim muassasalari rektorlarini tayinlash; 


Ta`lim olayotganlarni bir akkreditatsiyalangan ta`lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash; 


Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar. 


O’zbekistonda ta`lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik - Xalq Ta`limi Vazirligi (XTV) va Oliy va O’rta Maxsus Ta`lim Vazirligi (OO’MTV) - amalga oshiradi.

Maktabgacha ta`lim tizimi. Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayorlab boradi.  6-7 yoshgacha  bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.


Bolalar maktabgacha muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha ta`lim umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

 O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi

Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan bo’lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sog’liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissi ning xulosasiga binoan qabul qilinadi.

Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi: 


Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash; 


Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish; 


Bolalarni milliy va umuminsoniy yutik va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish; 


Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish; 


Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash; 


Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar. O’zbekistonda maktabgacha ta`lim davlat tilida hamda qoraqalpoq, rus, tojik, qirg’iz va qozoq tillarida olib boriladi.



Umumiy o’rta ta`lim tizimi. Umumiy o’rta ta`limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan fan asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan hamda maxsus ta`lim olish (kasb-hunar, texnik, o’rta, oliy) imkoniyatini yaratishdan iboratdir.

O’zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo’lgan umumiy o’rta ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (1-4- maktab sinflari) va o’rta (5-9- maktab sinflari) ta`limga bo’lingan.



Boshlang’ich ta`lim umumiy o’rta ta`lim olish uchun zarur bo’lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo’naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich ta`lim O’zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va  rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang’ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang’ich ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang’ich maktabni tugatar kan, u o’qish, yozish va hisoblash mahoratiga ga bo’lishi kerak.  O’quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o’rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv fanlarining sifat va tirkibi boshlang’ich maktabda, maktab turi va o’qitish sharoitlariga ko’ra o’zgarib turadi. Maktabning barcha birinchi sinf o’quvchilari bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam ta`minlangan oilalardan bo’lgan 1-9- sinf o’quvchilari har yili davlat byudjeti hisobidan o’quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi. O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir - biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq hisobini olib borishni va  umumiy o’rta ta`lim tizimida uzluksizlikni ta`minlaydi. Umumiy o’rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich professional yo’nalishni va ta`limning keyingi pog’onasini tanlashda ko’maklashadi.

Umumiy o’rta ta`lim: boshlang’ich ta`limning mantiqiy davomi bo’lsa ham, tarkibiy sifatiga va o’qitish uslubiga ko’ra farq qiladi. Umumiy o’rta ta`lim ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bo’lgan ishtieq, qiziqish va qobiliyatlarini, uning shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlaydi. O’quvchi o’rta maktabda fan asaslari bo’yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta`lim jarayonida keng duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy ma`naviy va madaniy me’rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi olamga bo’lgan g’amxo’rlik hissi uyg’otib boriladi. O’rta maktab o’quvchilar uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O’rta ta`limning tarkibiy qismiga majburiy va qo’shimcha komponentlar kiradi. Majburiy komponent davlat ta`lim stanlartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi.  Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi. Qo’shimcha komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan ma`minlanganlik darajasidan, territoriyaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga bo’lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo’shimcha o’quv vazifalar hajmi Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar asosida taqsimlanadi. Maktabning o’quv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy o’rta ta`limning o’quv dasturlari orqali amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta`lim qatnab o’qish va bitiruvchilarning kuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar beriladi. Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga, Xalq ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan ksterna haqidagi nizomga asosan, eksterna tartibda attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi. 

O`rta maxsus kasb-hunar ta'limi.O’rta maxsus ta`lim kasb-hunar ta`limining bir shakli bo’lib, asosiy maqsadi ishlab chiqarishning birinchi bo’g’inidagi tashkilotchi va ish boshqaruvchilarni, oliy toifali mutaxassislarning yordamchilarini, yuqori malaka va ko’nikmalarni talab qiluvchi  ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari, fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. O’rta maxsus ta`lim mutaxassislari qatoriga kasbiy tayyorgarlikning yuqori bosqichi talab etiladigan balet, sirk artistlari, ayrim badiiy mutaxassislar ham kiradi. O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan bir qatorda  kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada rivojlantirishga qaratilgan. Uch yilga mo’ljallangan majburiy o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi (O’MKHT) uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil ko’rinishi hisoblanadi. U O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi.

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi 2009 yildan boshlab majburiy hisoblanib, umumiy o’rta ta`lim maktabining bitiruvchilari xohishlariga binoan o’qish yo’nalishini – akademiyak litsey yoki kasb-hunar kollejini tanlaydilar. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari uchun aniq bir yo’nalishda ham umumta`lim fanlari bo’yicha bilim berib, ham kasb-hunar ta`limini beradi. Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish yo’nalishi bo’yicha yoki kasb-hunar ta`limi kollejini, yoki akademiyak litseyni tanlashi mumkin. O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi kunduzgi ko’rinishda ikki yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi.

Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta maxsus ta`lim ham berib, bu keyinchalik yoki uzluksiz ta`limni davom eettirish, yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi.

Akademik litsey –o’qish uch yilga mo’ljallangan o’rta maxsus yo’naltirilgan o’quv dargohi bo’lib, davlat ta`lim standartiga mos ravishda o’quvchilarning bilimlari aqliy salohi tini oshirishga qaratilgan, ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida yo’naltirilgan holda chuqurlashtirib beriladi. Akademiyak litseylarda o’quvchilar ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy ravishda - gumanitar, tabiiy fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar. Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida ochilgan bo’lib, qoidaga muvofiq asosiy e`tibor oliy o’quv yurtlarining yuyuqori malakali o’qietuvchilarini litseydagi o’quv jarayoniga jalb etish, kerak bo’lsa OO’ning tajriba maydonlari, kutubxonalaridan litsey o’quvchilarining foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.

Akademiyak litseydagi yo’naltirilgan, chuqurlashtirilgan o’quv jarayoniga zarur bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish olib boriladi.

Kasb-hunar kollejlari – o’rta maxsus va kasb ta`limini beradigan o’quv dargohi bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq kollejda umumiy o’rta ta`lim va chuqurlashtirilgan holda kasb-hunar o’rgatilib, malaka shakllantiriladi. Kollej bitiruvchilari yo’nalishlari asosida bir yoki bir nechta kasbni gallashlari mumkin.

Kasb-hunar kollejlari uchun mahalliy hokimiyatning bajaruvchi organlari tomonidan rivojlangan korxona yoki muassasalardan vasiylar tayinlanadi. Shuningdek, kollej yo’nalishiga mos yo’nalishga ga bo’lgan oliy o’quv yurti tomonidan vasiylik qilinadi. O’quv muassasasining maqsadi o’rta-maxsus kasb-hunar ta`limi berishdir. Kollejda ta`lim tizimining dual tizimi asosida ikki tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi.

Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi:

Uchta bosqichda. 


Har bir bosqichda o’quv jarayoni nihoyasiga etgach, o’quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi. 
O’quv yili ikki semestrdan iborat hamda o’quv ta`tillari 10 yoki 12 hafta davom etadi. 
O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi. 
Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlari uchun auditori mashg’ulotlari uchun akademiyak soat 40 minut qilib belgilangan. Zarurat yuzasidan mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin. 
Oliy ta`lim tizimi. “Oliy ta`lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy muammolarni bartaraf etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.

Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.



Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan:
xususiy yoki davlat qaramog’ida kanligidan qat`iy nazar ta`limiy hamda kasbga tayyorlash dasturlarini davlat ta`lim standarti asosida tatbiq etuvchi oliy ta`lim muassasalari; 
oliy ta`limni rivojlanishiga zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-tadqiqot institutlari; 
davlat tomonidan ta`limni boshqaruvchi idoralar, shuningdek, ularga qarashli bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar. 
Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.

Bakalavriat — bu to’rt yil davom etuvchi yo’naltirilgan nazariy va amaliy bilim beruvchi oliy ta`limning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bakalavr dasturini o’qitish niho siga etgach talaba davlat attestatsiyasining kuniy xulosasiga muvofiq o’qitilgan yo’nalish asosida “bakalavr” darajasiga loyiq deb topiladi hamda davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi.

Magistratura — bu ikki yil davom tadigan aniq yo’nalish asosida nazariy hamda amaliy bilim beruvchi, bakalavrni bitirgachgina tanlov asosida ta`lim olish davom ttirilishi mumkin bo’lgan oliy ta`lim bosqichi. Magistraturada o’qish kunlangach bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi kommisiyasining kuniy xulosasiga muvofiq aniq mutaxassisligi ko’rsatilgan “magistr”lik darajasi va magistrlikni tasdiqlovchi davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari diplom egalariga mutaxassisliklari bo’yicha kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki o’quv muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish imkonini beradi.

Oliy ta`lim muassasalari. Oliy ta`lim muassasalari yuridik maqomga ega. Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor:




Universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi bo’yicha yoki keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun keng qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi; 


Akademiya — oliy ta`lim dasturini bajarishda oliy ta`lim berish bilan bir qatorda keyinchalik o’qishlarini davom ettirishlari uchun aniq bir yo’nalishga tayyorlaydi; 


Institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi. 
Oliy ta`limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir. 

1.1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

(O’zbekiston Respublikasi 29.08.97 y. qonuni bilan tasdiqlangan)

UMUMIY QOIDALAR

O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni

ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobg a chiqarishning sharoitlarini va

ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq -atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning

boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to’g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar

asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy -siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g'ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltir ilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda

turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

1.1. Rivojlanishning erishilgan darajasi

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo’ydi va qator chora tadbirlar ko’rishni: "Ta'lim to’g'risida"gi qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi o’quv rejalari, dasturlari,

darsliklarini joriy etishni, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o’quv yurtlarini attestatsiyadan o’tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.

Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda "bolalar bog'chasi-maktab" majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o’rgatuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etilgan. Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o’quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda. hozirgi kunda 238 litsey va 136

gimnaziya ishlab turibdi. "Sog'lom avlod uchun", "Ma'naviyat va ma'rifat", "Iqtisodiy ta'lim", "Qishloq maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ro’yobga chiqarilmoqda.Respublika umumta'lim maktablarida 435 mingdan ortiq o’qituvchi ishlamoqda, ularning 73 foizi oliy

ma'lumotlidir. Mehnat bozorini, eng avvalo qishloq joylarda mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda hunar-texnika ta'limini qayta tashkil etishga kirishildi. hozirgi kunda bu

tizimda jami 221 ming kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o’quv yurti, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab turibdi. Bugungi kunda boshlang'ich kasbhunar ta'limi o’quv yurtlarida qariyb 20 ming o’qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.

Respublikada jami 197 ming kishi ta'lim olayotgan 258 o’rta kasb-hunar ta'limi o’quv yurti ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ming o’qituvchi va muhandis-pedagog xodimlar mehnat qilmoqda. O’zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o’quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42 institutni o’z ichiga oladi, ularda 164 ming talaba ta'lim olmoqda; 16 universitetning o’n ikkitasi O’zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki ikki

yilda tashkil topdi.Oliy o’quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ming o’qituvchining 52 foizi fan doktori va fan nomzodlaridir. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo’nalishga o’tkazish ishi olib borilmoqda, o’quv yurtlarining tarmog'i kengaymoqda, universitet ta'limi rivojlanmoqda. Bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha

kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi, oliy maktabni ko’p bosqichli tizimga o’tkazish amalga oshirilmoqda. Abiturientlar va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg'or usullari joriy etilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ming aspirant bo’lib, ulardan 69 foizi oliy ta'lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta'lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut, 16 fakultet, 4 markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. Iqtidorli bolalar va o’quvchi yoshlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli o’smir va qizlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, ularning qobiliyati va iste'dodini o’stirish bo’yicha maxsus fondlar

tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o’quv yurtlari va ilmiy markazlarda o’qitish va stajirovkadan o’tkazish yo’lga qo’yildi. Fan va ta'lim sohasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda. Shunga qaramay, sodir etilgan o’zgaririshlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo’lishini ta'minlay olmadi.


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling