2016 yilda O`zbekiston Respublikasi o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi tizimining akademik litseylarida o`quvchilar soni 101339 nafar, kasb-hunar kollejlarida esa 1358064 nafarni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich 2000 yildagi o`quvchilar soniga nisbatan akademik litseylarda 10 marta, kasb-hunar kollejlarida esa 23 marta ko`pdir (12-rasm).
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari soni dinamikasi, ming kishi
(2000-2016 yillar)
2016 yilda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari sonining kamayishi O`zbekiston Respublikasining demografik holati bilan bog’liq.
4. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA`LIM.
O`zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tizimi miqdor va sifat jihatdan izchil rivojlanmoqda. Oliy ta`lim muassasalari soni 1991 yilda 52 ta bo`lgan bo`lsa, 2016 yilga kelib ular soni 34,6 foizga oshdi, ya`ni 70 tani tashkil etmoqda
Oliy ta`limning asosiy ko`rsatkichlari
(1991-2016 yillar)
|
Oliy ta`lim muassasalari soni
|
Talabalar soni
(ming kishi)
|
Professor
o`qituvchilar soni (ming kishi)
|
Har bir professor o`qituvchiga to`g`ri keladigan o`quvchilar soni
|
1991 y.
|
52
|
340,9
|
...
|
...
|
1995 y.
|
58
|
192,1
|
19,9
|
9,6
|
2000 y.
|
61
|
183,6
|
18,4
|
10,0
|
2005 y.
|
62
|
278,7
|
23,1
|
12,1
|
2010 y.
|
65
|
274,5
|
23,0
|
11,9
|
2016 y.
|
70
|
268,3
|
24,0
|
11,2
|
Oliy ta`lim muassasalari va bitta o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalalar soni
(1991-2016 yillar)
Do'stlaringiz bilan baham: |