Asosiy qoidalar
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish)
Download 24.89 Kb.
|
SUV qonun
suv iste’moli (suvni iste’mol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxs bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti; suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan yoki suv xo‘jaligi obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha to‘planadigan va suv rejimining o‘ziga xos shakllari va belgilari bo‘lgan tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sun’iy (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar; suv obyektlarini muhofaza qilish — suv obyektlarini saqlash va tiklashga qaratilgan tadbirlar tizimi; suv rejimi — suv obyektlari va tuproq-gruntda suv sathi, tezligi, sarfi va hajmining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi; suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim bo‘lgan suv obyektlari suvlari; suv xo‘jaligi — iqtisodiyotning suv resurslarini va suv obyektlarini o‘rganish, hisobga olish, boshqarish, ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’siriga qarshi kurashishni qamrab oluvchi tarmog‘i; suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xo‘jaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti; suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari — suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanuvchi suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari (tumanlarning irrigatsiya bo‘limlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, suv omborlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari); Download 24.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling