Asosiy qoidalar
V BOB. SUV OBYEKTLARIDA, SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARI, SOHIL BO‘YI MINTAQALARIDA VA SANITARIYA MUHOFAZASI ZONALARIDA IShLARNI BAJARISh
Download 24.89 Kb.
|
SUV qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI BOB. SUVDAN FOYDALANUVChILAR, SUV ISTE’MOLChILARI VA 18-modda. Suvdan foydalanuvchilar
V BOB. SUV OBYEKTLARIDA, SUV OBYEKTLARINING SUVNI MUHOFAZA QILISh ZONALARI, SOHIL BO‘YI MINTAQALARIDA VA SANITARIYA MUHOFAZASI ZONALARIDA IShLARNI BAJARISh
17-modda. Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida ishlarni bajarish tartibi Suv obyektlarida, suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalarida va sanitariya muhofazasi zonalarida, yer osti suvlari hosil bo‘ladigan hududlarda suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi qurilish, ta’mirlash, tiklash, o‘zan tubini chuqurlashtirish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni kavlab olish va suv o‘simliklarini olish, kabellar, quvurlar hamda boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish, daraxtlarni kesish, burg‘ulash, qishloq xo‘jaligi ishlari va o‘zga ishlar qonunchilikka muvofiq bajariladi. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi ishlar ushbu Qonun talablariga muvofiq ravishda, ilmiy asoslangan norma va qoidalar asosida qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, baliqchilik xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, maishiy va kommunal xo‘jalik manfaatlari hisobga olingan holda o‘tkaziladi. VI BOB. SUVDAN FOYDALANUVChILAR, SUV ISTE’MOLChILARI VA 18-modda. Suvdan foydalanuvchilar Suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari, kommunal-maishiy soha, gidroenergetika korxonalari, boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin. 181-modda. Suv iste’molchilari Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar suv iste’molchilari bo‘lishi mumkin. 182-modda. Suv iste’molchilari uyushmalari Suv iste’molchilari uyushmalari asosan gidrografiya prinsipiga yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlarga muvofiq tashkil etiladi. Fermer xo‘jaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari bo‘lishi mumkin. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalarining a’zolari bo‘lishi mumkin. Suv iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari, shuningdek boshqa suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari hamda o‘zga yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi. Suv iste’molchilari uyushmalarining faoliyatini moliyalashtirish o‘z a’zolarining har yillik a’zolik badallari, shartnoma asosida suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish qoidalari buzilgan, suvdan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda, shuningdek limitdan ortiqcha suv olingan, a’zolik badallari, suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, qonunning hamda shartnoma shartlarining aniqlangan buzilishlari bartaraf etilguniga qadar suv iste’molchilariga suv yetkazib berishni to‘xtatishga haqli. Download 24.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling