Asosiy savollar 1- ? 2- ? 3- ? 4- ? Kompetensiya


Download 430 Kb.
bet9/11
Sana31.01.2023
Hajmi430 Kb.
#1143343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
portal.guldu.uz-taqdimot

Pedagogik mahorat.

  • O’qituvchi muvaffaqiyatli ishlashi uchun pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli o’qituvchilardagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin.

Pedagogik qobiliyat.

  • Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik, mashq, o’qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa, yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur. Ana shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i lozim:

Bilish qobiliyati

  • fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, biologiya va hokazo) bilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materiallarni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham o’tkazadi.

Tushuntira olish qobiliyati

  • o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayot eta olish, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyatidir. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga etkaza olishi lozim.

O’quvchilarning ruhiy holati, sog’ligi, kayfiyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklari va nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchining o’rniga qo’ya oladi, u kattalarga Aniq va tushunarli bo’lgan narsalarning o’quvchilarga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa bo’lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida o’ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.

  • O’quvchilarning ruhiy holati, sog’ligi, kayfiyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklari va nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchining o’rniga qo’ya oladi, u kattalarga Aniq va tushunarli bo’lgan narsalarning o’quvchilarga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa bo’lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida o’ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.

Download 430 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling