Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllari. Ishlab chiqarish kooperativi karteli. Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlari
Download 37.19 Kb.
|
Tashkilotlar asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Notijorat tashkilotlar
- Matlubot koopera tivi
Davlat unitar korxonalari. Unitar korxona deb davlat mulki bo'lgan va korxonaga xo'jalik faoliyatini olib borish yoki operativ boshqarish huquqlarida tegishli bo'lgan, o'ziga biriktirilgan mulkka mulkchilik huquqiga ega bo'lmagan tijorat tashkiloti tan olinadi.
Unitar korxonaning firma nomi uning mulk egasini ko'rsatilishiga ega bo'lishi kerak. Unitar korxonaning idorasi uning rahbari bo'ladi, u mulk egasi yoki unga vakolat berilgan idora tomonidan tayinlanadi va unga hisobot beradi. Unitar korxona o'zining majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan barcha mulki bilan javob beradi va o'zining mulk egasining majburiyatlari bo'yicha javobgarlikka ega bo'lmaydi. Xo'jalik fao liyatini olib borish huquqiga asoslangan unitar korxo na buning uchun vakolat berilgan davlat idorasi yoki mahalliy o'zini o'zi boshqarish idorasining qarori bo'yicha tashkil qilinadi. Korxonaning ta' sis hujjati uning mulk egasi tomonidan tasdiqlangan nizomdan iboratdir. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxo na (davlatga qarashli korxona) davlat unitar korxonalari haqidagi qonunga muvofiq O'zbekiston Respublikasi huqumatining qarori bo'yicha tashkil qilinadi. Davlatga qarashli korxonaning ta'sis hujjati uning O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan nizomdan iborat bo'ladi. Notijorat tashkilotlar - bu o'z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko'zlamaydigan yuridik shaxslardir. Bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini faqat shuning uchun amalga oshirishlari mumkinki, chunki u ularni tashkil qilish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va ushbu maqsadlarga mos keladi. Notijorat tashkilotlarga quyidagilar kiradi: matlubot kooperativi; ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar); jamg'armalar (fondlar); muassasalar; yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar va ittifoqlar). Matlubot koopera tivi - fuqarolar va yuridik shaxslarning a'zolik asosda ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida, o'z a'zolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashuvidir. Matlubot kooperativining nomi uning faoliyatining asosiy maqsadini ko'rsatilishi, hamda yoki "kooperativ" so'zi yoki "matlubot ittifoqi" yoxud "matlubot jamiyati" so'zlariga ega bo'lishi kerak. Matlubot kooperativining o'zi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlari qonun va nizomga muvofik uning a'zolari o'rtasida taqsimlanadi. Download 37.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling