Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllari. Ishlab chiqarish kooperativi karteli. Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlari


Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar)


Download 37.19 Kb.
bet7/13
Sana30.04.2023
Hajmi37.19 Kb.
#1409467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Tashkilotlar asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar

Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar) - fuqarolarning ma' naviy va boshqa nomoddiy extiyojlarini qanoatlantirish uchun ularning manfaatlarning umumiyligi asosidagi ixtiyoriy birlashishidir.
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar notijorat tashkilotlar bo'ladilar. Ular faqat o'zlarini tashkil qilinganliklari maqsadlariga erishishi va ushbu maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalar.
Jamg'arma (fond) - a'zolikka ega bo'lmagan notijorat tashkiloti, u fuqoralar va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida ta'sis etiladi va ijtimoiy, hayriya, madaniy, ta'lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko'zlaydi.
Jamg'armaga uning ta'sischilari(ta'sischisi) tomonidan topshirilgan mulk jamg'armaning mulki bo'ladi. Ta'sischilar o'zlari tomonidan tashkil etilgan jamg'armaning majburiyatlari bo'yicha javob bermaydilar, jamg'arma esa o'z ta'sischilarining majburiyatlari bo'yicha javob bermaydi.
Muassasa - mulk egasi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki boshqa notijorat xarakteridagi vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan va u tomonidan to'liq yoki qisman moliyalashtiriladigan tashkilotdir.
Davlatga qarashli boshqa muasasalar ayrim turlarining huquqiy holati xususiyatlari qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilab beriladi.
Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiyatsiyalar, uyushmalar). Tijorat tashkilotlari o'zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, hamda umumiy mulkiy manfaatlarini taqdim etish va himoyalash maqsadida o'zaro shartnoma bo'yicha notijorat tashkilotlari bo'lgan assotsiyatsiyalar yoki uyushmalar ko'rinishidagi birlashmalarni tashkil qilishlari mumkin. Bunda qandaydir vazifalarni birgalikda bajarishdagi tashkilotlarni muvofiqlashuvi va muvofiq o'zaro harakati va tashkilotlar faoliyatini taqsimlanishi ta'minlanishi kerak.
Ijtimoiy va boshqa tijorat tashkilotlar, shu jumladan muassasalar, ixtiyoriy ravishda bu tashkilotlarning notijorat assotsiatsiyalari (uyushmalari)ga birlashishlari mumkin.
Assotsiatsiya (uyushma) a'zolari o'zlarining mustaqilliklari va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar Assotsiatsiya a'zolari uning majburiyatlari bo'yicha assotsiyatsiyaning ta'sis hujjatlarida ko'zga tutilgan miqdor va tartibda subsidiyali javobgarlikka egalar.
Shuni ta'qidlash kerakki, assotsiyatsiyalar va uyushmalarda, boshqa tashkiliy tuzilmalarga nisbatan, birlashgan ishtirokchi tashkilotlarning erkinligi va tashabbusi cheklanmaydi, ularda ishtirok etishdan aniq foyda ko'zda tutiladi, ayrim tashkilotlarning mustaqilligi xo'jalik vazifalarni bajarishdagi jamlanish afzalliklari bilan muvofiq ravishda biriktiriladi.
Joriy vazifalarni amalga oshirish uchun assotsiyatsiya ishchi idoralar va apparatga ega bo'lishi kerak, ular unga kiruvchi tashkilotlarga nisbatan yuqorida turuvchi bo'lmaydilar, balki assotsiyatsiya a'zolari tomonidan o'ziga barilgan vazifalarni bajaradilar.
Jahon va mamlakatimiz iqtisodiyotida sodir bo'layotgan o'zgarishlarning ta'siri ostida tashkilotlarni integratsiyalashuvining yangi shakllari paydo bo'ladilar, ular tashkilotlarning raqobat-bardoshligini oshiradilar va ularni inqirozli holatdan chiqishiga ko'maklashadilar. Bunday tashkilotlar-birlashmalar maqsadlari, ishtirokchilar o'rtasidagi xo'jalik munosabatlarining xarakteri, ularga kiruvchi tashkilotlarning mustaqiligi darajasiga ko'ra farqlanadilar. Ularga kartellar, sindikatlar, pullar, trestlar, konsernlar, konsorsiumlar, sanoat xoldinglari, moliyaviy guruhlar kiradilar.

Download 37.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling