Amaliy mashg’ulot darsining asosiy maqsadi.
Raqobat umum ijtimoiy kategoriya bo’lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari o’rtasida yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo’ladigan kurashni anglatadi. Raqobat bozor iqtisodini rivojlanishini ta’minlaydigan omil hisoblanadi. Ushbu darsda raqobat tushunchasi, uning turlari, shakllari, antimonopol siyosat, narx tushunchalari to’g’risida gaplashamiz.
III. Yangi materialni o’rganish:
1-savol yuzasidan. Raqobat-bozor sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarning to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.
2- savol yuzasidan. Raqobat turlari:
Tarmoq ichidagi raqobat
Tarmoqlararo raqobat
Raqobatning shakllari:
Erkin raqobat
Monopolistik raqobat
Monopoliya
Oligopoliya
Raqobat kurashining ikki usuli:
Narx vositasida raqobat
Narxsiz raqobat
Raqobatchilik muhitini yaratish uchun davlat monopoliyaga karshi chora-tadbirlar qo’llaydi. Monopoliyalarning bozordagi mavqyeini tartibga solishda davlat ko’pgina usullardan foydalanadi:
Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellik darajasini belgilab qo’yish,
O’z monopol mavqeini suiste’mol qilgan monopol birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish va boshqalar.
IV. O’tilgan mavzuni takrorlash savollari:
Raqobat nima va uning qanday turlari mavjud ?
Raqobat kurashining qanday shakl va usullari bor ?
Nega davlat antimonopol tadbirlarni amalga oshiradi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |