Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan taqdimot ishi ekstraktorlarning tuzishi, ekstraktorlarni hisoblash


Download 1.48 Mb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.48 Mb.
#1056243
1   2   3   4
Bog'liq
Shamsidinova Mohinur

  • Moyni ajratib olish. Mezgadan moyni ajratib olishda presslash (siqish) yoki organik erituvchilar yordamida ekstraksiyalash usullari qo'llaniladi. Odatda, bu usullarning ikkalasidan ham ketma-ketlikda foydalaniladi.
  • Moyni ajratib olishning presslash usuli. Mezgadan moyni siqib olish uchun turli konstruk-siyalardagi shnekli presslar qo'lla­niladi. Shnekli press (5.8-rasm) yig'ma konstruksiyali silindr va shnekli valdan tashkil topgan. Yig'ma konstruksiyali silindr-zeyer uni hosil qiluvchi bo'ylama plastinkalar orasidan presslangan moy chiqadigan darajada ochiq (tirqish) qilib yasalgan. Shnekli val 1 alohida vintli zvenolardan, ularga yondashib turadigan pichoqlar 5 va zeyerli baraban 3 dan tashkil topgan. Vintli zvenolar val uzunasi bo'ylab silindrsimon yoki konussimon oraliq halqalar va diafragmalar bilan ajratilgan. Bu presslash davomida presslanayotgan mezganing zichlanish me'yorini ta'minlaydi.
  • Mezga yig'ma silindrning qabul qilish qismiga ta'minlovchi moslama 2 orqali kelib tushadi va shnekli valning vintlari 4 orqali shnekdan chiqish yo'nalishida harakatlanadi. Bunda shnekli pressdagi bosim 30 MPa gacha, mezganing zichlanish darajasi 2,8 dan 4,4 baravargacha, presslash vaqti (davomiyligi) esa 78-225 sekundgacha yetadi.
  • Presslash bosimi va chiqadigan kunjara moyliligiga qarab shnekli presslar ikkiga bo'linadi: forpresslar va ekspellerlar.
  • Forpresslardan chiqadigan kunjaraning moyliligi 15-17% ni tashkil etadi. Odatda, forpresslar ekstraksion zavodlarning texnologik sxemalarida keng qo'llaniladi. Ular bir sutkada 70-801 urug'ni qayta ishlashi mumkin. Fopresslarda shnekning aylanish harakati chastotasi 18-36 miir1, chiqadigan kunjara chig'anog'i qalinligi 8-12 mm, presslanish vaqti 80 sekund atrofida. Ishlab chiqarishda keng qo'llaniladigan bunday forpresslardan biri MP-68 forpressidir.
  • Hozirgi paytda ishlatilayotgan eng zamonaviy shnekli presslardan R3-MOA-10 shnekli pressining ish unumdorligi (qayta ishlanadigan kungaboqar urug'i bo'yicha) 300 t/sut bo'lib, undagi shnekning aylanish chastotasi 42-72 min"1, bu press R-3 MOA agregati tarkibiga chanlarining diametri 3000 mm va umumiy qovurish yuzasi 80 m2 bo'lgan yetti chanlik qovurish qozoni bilan birgalikda kiradi.
  • Ekspellerlardan chiqadigan kunjaraning moyliligi 4-7% ni tashkil etadi. Bunda bir sutkada 18-301 urug' qayta ishlanadi, Ekspellerlarda shnekning aylanish chastotasi 5-18 min'1, chiqadigan kunjara chig'anog'i qalinligi 3-5 mm, presslanish vaqti 220-225 sekund atrofida.
  • Ekstraksiya usulida moyni ajratib olish. Presslash usulida (hatto ekspellerlar qo'llanilganda ham) mezgani to'liq yog'sizlantirib moy olishning iloji yo'q. Moyni deyarli to'la ajratib olishni ta'minlaydigan birdan bir usul bu ekstraksiya usulidir.
  • Organik erituvchi yordamida moyni maksimal miqdorda ajratib olishni ta'minlash maqsadida forpressdan chiqqan kunjaraga bargcha-simon, granula yoki dag'al kukun, krupasimon shakl beriladi.
  • Ekstraksion jarayonning umumiy sxemasi 5.9-rasmda ko'rsatilgan.
  • O'simlik moylarini ekstraksiyalashda erituvchilar sifatida qaynash harorati 63-75 °C bo'lgan A markali ekstraksion benzin va nefras qo'llaniladi.
  • O'simlik moylarini ekstraksiyalash ekstraksiyalanayotgan material va erituvchining ta'sirlashuvi xarakteriga asosan, uch asosiy usulga bo'linadi:
  • - ekstraksiyalanayotgan materialni qarama-qarshi (teskari) oqimda harakatlanayotgan erituvchiga botirib ekstraksiyalash usuli;
  • - ekstraksiyalanayotgan materialga qarama-qarshi oqimda erituvchini ko'p bosqichli (pog'onali) purkab sug'orish usuli;
  • - aralash usul-birinchi bosqichda material konsentrlangan mitsellaga botirib ekstraksiyalanadi, ikkinchi bosqichda esa konsentrlangan mitsella va toza erituvchini ko'p pog'onali sepish usuli qo'llanilib, material yog'sizlantiriladi.
  • Ekstraksiyalashning boshqa usullari juda kam tarqalgan.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling