Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan taqdimot ishi ekstraktorlarning tuzishi, ekstraktorlarni hisoblash


Download 1.48 Mb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.48 Mb.
#1056243
1   2   3   4
Bog'liq
Shamsidinova Mohinur

Ekstraktor material yuklanadigan ka-lonna 2 (dekantatorli), gorizontal shnek 5 va ekstraksion kolonna (ustun) / dan ibo-rat. Ekstraktor ichida elektr yuritgich va reduktorlar orqali harakatga keltiriladigan perforatsiyalangan ishchi shneklar o'rnatilgan. Vertikal ekstraksion kolonnasining forsun-kalari 6 orqali erituvchi yuboriladi, tayyor mitsella esa dekantatordan patrubka 3 orqali ajratib olinadi

  • Ekstraktor material yuklanadigan ka-lonna 2 (dekantatorli), gorizontal shnek 5 va ekstraksion kolonna (ustun) / dan ibo-rat. Ekstraktor ichida elektr yuritgich va reduktorlar orqali harakatga keltiriladigan perforatsiyalangan ishchi shneklar o'rnatilgan. Vertikal ekstraksion kolonnasining forsun-kalari 6 orqali erituvchi yuboriladi, tayyor mitsella esa dekantatordan patrubka 3 orqali ajratib olinadi
  • Material yuklanadigan kolonna 2 da forsunkalar qurilmasi 4 o'rnatilgan bo'lib,
  • ulardan ortiqcha bosim ostida erituvchi yuborilib, kollonadagi ekstrak-siyalanayotgan materialning zichlanib qotib qolgan joylarini yuvib tashlash uchun xizmat qiladi.
  • Dekantatorda mitsella tindiriladi va ekstraksiyalash uchun qabul qilinayotgan material qatlami orqali filtrlanadi. Shrot ekstraksion kolonnaning lyuklari 7 orqali bo'shatib olinadi. Shnekli o'qlarning bir martalik aylanish davri: ekstraksion kolonnaniki 72 s, gorizontal shnekniki 61 s, material yuklanadigan kolonnaniki esa 100 s.
  • Gorizontal lentali ekstraktor MEZ (5.11-rasm) erituvchini materialga ko'p bosqichli purkab sug'orish usuliga asosan ishlaydi.
  • Bu ekstraktorning asosiy ishchi organlaridan biri bo'lib plastinkalardan tashkil topgan lentali transportyor 3 xizmat qiladi. Bu transportyor po'lat tunukalardan payvandlab yasalgan to'g'ri burchakli sig'im ichida joylashgan bo'ladi. Transportyor ikki tomondan zanjirlarga mahkamlangan ramkalardan iborat bo'lib, ular transportyor karkasini tashkil etadi.

Bu ramkalarga yacheykalari o'lchami 8 * 8 yoki 20 x 20 mm bo'lgan perforatsiyalangan po'lat tunukalar mahkamlanadi. Bu tunukalar yuzasi o'z navbatida yacheykalari o'lchami 08 x 08 mm bo'lgan simto'r bilan qoplangan. Lenta elektr yuritgich yordamida reduktor va diskret harakatlantiruvchi mexanizm orqali harakatga keltiriladi. Lentaning harakat tezligi 0,7-1,5 • 10~3 m/s.

  • Bu ramkalarga yacheykalari o'lchami 8 * 8 yoki 20 x 20 mm bo'lgan perforatsiyalangan po'lat tunukalar mahkamlanadi. Bu tunukalar yuzasi o'z navbatida yacheykalari o'lchami 08 x 08 mm bo'lgan simto'r bilan qoplangan. Lenta elektr yuritgich yordamida reduktor va diskret harakatlantiruvchi mexanizm orqali harakatga keltiriladi. Lentaning harakat tezligi 0,7-1,5 • 10~3 m/s.
  • Ekstraksiyaga yuborilayotgan mahsulot yuklash bunkeri 2 orqali lentali transportyorga kelib tushadi. Lentali transportyorning yuqorigi ishchi qismi shartli ravishda sakkizta purkab sug'orish bo'limiga ajratilgan, lentaning ishchi qismi ostida sakkizta resirkulatsion mitsella yig'gichi va yana bitta ekstraktor lentasini yuvib turishga mo'ljallangan mitsella yig'gichi joylashgan. Lentaning paski qismi ishchi emas, shuning uchun shu joyda lenta unga yopishib qolgan ekstraksiyalanayotgan material qoldiqlaridan tozalanib, mitsella bilan yuviladi. Mitsella resirkulatsiyasi har biri to'rt seksiyadan iborat ikkita blok-nasos (so'rgich) 5 orqali amalga oshiriladi.
  • Ekstraksiyalanayotgan material lenta harakati yo'nalishida mitsellalar konsentratsiyasi asta-sekinlik bilan pasayib ketishi tartibida purkaladi. Lenta harakatining oxirgi bo'limida materialga toza erituvchi purkab ekstraksiyalanadi. Resirkulatsion mitsellalar va toza erituvchi forsunkalar 1 orqali purkaladi. Purkalgan mitsella yoki erituvchi ekstraksiyalanayotgan material qatlamidan filtrlanib o'tayotib, undagi moyni ekstraksiyalab har safar konsentratsiyasi yuqoriroq bo'lgan mitsella hosil qiladi va tegishli shartli bo'lim ostida joylashgan yig'gichlarga oqib tushadi.
  • Ekstraktor tubi 5 dan yog'sizlantirilgan materialni (shrotni) bo'shatib olishga mo'ljallangan sektorning ostida maxsus kesim bor. Bu sektordan keyingi sektor 13 ning tubi kesimsiz va tirqishlarsiz butun qilib yasalgan. Rotor harakatlanib, ushbu sektordan o'tganidan key in unga ekstraksiyalanadigan material yuklanadi va mitsellalar nasoslar orqali haydalib, tegishli seksiyalardagi materiallar ustidan purkala boshlaydi.
  • Ekstraktorning pastki qismi (tirqishli tubdan pastki qismi) vertikal radial to'siqlar yordamida mitsellayig'gichlarini tashkil etadi (5.12-rasm). Bu mitsella yig'gichlari ekstraktor korpusining tashqi devoriga nisbatan 12° qiyalikka ega bo'lib, maxsus patrubkalar orqali mitsellalar tegishli resirkulatsion nasoslarga oqib tushadi.
  • Mitsella yig'gichlarini ajratib turuvchi to'siqlarning pastki qismida maxsus kesimlar qilingan bo'lib, bu mitsellalaraing bir kameradan ikkinchisiga ekstraksiyalanayotgan material harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda oqib o'tishiga imkon beradi. Mitsella ekstraksiyalanayotgan material qatlamidan o'taverishida bu qatlam o'ziga xos filtr rolini ham o'ynaydi. Shu sababli ekstraktordan chiqayotgan mitsella tozaligi bilan ajralib turadi. Rotatsion ekstraktorlarning ish unumdorligi ekstraksiyalanayotgan materialga nisbatan 1000 t/sut, ekstraktordagi material hajmi esa 300 m3 gacha yetadi.
  • Mitsellani qattiq (begona) aralashmalardan tozalash uchun tindir-gichlar, gidrosiklonlar va matoli filtrlar qo'llaniladi.

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling