Asosiy tushunchalar Avtomatlashtirish bosqichlari
Download 26.19 Kb.
|
KONCHILIK MASHINA VA MEXANIZMLARNI AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI
Òs = ti + tb.1 + tb.2Ish siklida stanok bitta yoki bir to‘p (pora, porsiya) detalga ishlov berib tugatadi. Stanokning har bir mexanizmi ish sikli davomida, bitta detalga ishlov berishda bir marta harakat qiladi. Avtomatlashtirish darajasiga qarab stanoklarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Qo‘l bilan boshqariladigan hammabop stanoklar texnologik amalning ishlov berilayotgan zagotovka holatini, shaklini va sifatini o‘zgartirishga qaratilgan qismini bajaradi, bekorchi yurishlar va ish sikli elementlari ketma-ketligini boshqarish ishchi tomonidan bajariladi (tugmachalar, dastaklar, maxoviklar va sh.k. yordamida). Hammabop avtomatlar va yarim avtomatlar qo‘l bilan boshqariladigan stanoklarga qaraganda yuqori unumdorligi va bir yo‘la ko‘p stanokda ishlashning katta imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Yuqori unumdorlik ayrim ish bajaruvchi va be korc hi yurishlarni bir vaqtga to‘g‘ri keltirish hisobiga ta’minlanadi. Masalan, ko‘p shpindelli (gorizontal o‘qli, ketma-ket harakat qiladigan) hammabop tokarlik avtomatida turli vaziyatlarda kesib ishlash bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi va shu bilan vaziyatlar qo‘shilib ketadi. Shuning uchun sikldagi bekorchi yurishlar davomiyligi vaziyatlardagi ishlovlar vaqtining yig‘indisi bilan emas, balki ulardan eng ko‘p davom etgani bilan o‘lchanadi. Bekorchi yurishlar o‘zaro (supportlarni bir vaqtda yaqin keltirish va uzoq- lashtirish) va ish bajaruvchi yurishlar (zagotovkani uzatish va qotirish) bilan qo‘shilib ketadi. Avtomat va yarim avtomatlarni qayta sozlashda (bir necha soat davom etadi) ularning unumdorligi pasayib ketadi, chunki ularning tezkorligi avtomatlashmagan stanoklarnikiga qaraganda ancha past. Shu sababdan hammabop avtomat va yarim avtomatlardan ko‘p guruhli va yalpi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ixtisoslashtirilgan va maxsus avtomatlar hamda yarim avtomatlar faqat yalpi ishlab chiqaradigan korxonalarda va uzoq muddat o‘zgarishsiz qoladigan detallarni yasashda qo‘llanadi. Ixtisoslashgan stanoklar shundayki, ularni tor doiradagi bir tur detallarni yasashga moslab olish mumkin. Maxsus stanoklar muayyan turdagi detallardan boshqasini yasay olmaydi. Konstruksiya jihatdan va guruhga kirgan stanoklar hammabop uskunalardan ancha sodda, chunki ish bajaradigan yurishlarni ta’minlaydigan mexanizmlar (bir va ko‘p shpindelli avtomatlarning supportlari, kuch uzatuvchi kallaklar va b.) va bekorchi yurishlarga xizmat qiladigan me xanizmlar (o‘rnatish, burish va qotirish mexanizmlari, tashuvchi qurilmalar va b.) kamayadi. Bundan tashqari, ishlovning optimal tartibini qo‘llash, yuqori bikirligi tufayli esa kesish rejimini ko‘tarish imkoniyati bor. Bularning hammasi mehnat unumini yanada oshiradi. Bu guruh stanoklarni mahsulot tez-tez o‘zgarib turadigan sharoitda qo‘llash kerak emas, shunga qaramay, ular ishlashga qodir. Agregat stanoklarning boshqa stanoklardan farqi shundaki, ular namunaviy mexanizmlar va uzellardan tuziladi, shuning uchun ham ularni juda turli-tuman texnologik jarayonlarga moslab yasab olish mumkin. Eng ko‘p tarqalgani korpuslarni kesib ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, ishlov berishda korpuslar qimirlamaydi. Agregat stanoklarda parmalash, kesib kengaytirish, rezba ochish, frezalash va boshqa texnologik amallarni bajarish mumkin. Agregat stanoklarning ko‘pgina uzellari o‘zining asosiy vazifasini saqlab qoladi va boshqa detallar zagotovkasiga ishlov berishda ham yaraydi: masalan, kuch beruvchi kallaklar, aylanuvchi stollar, kallakni yo‘naltiruvchilar va h.k. Agregat stanoklardagi detallar ichida normallashtirilganlari 70—80% keladi. Bir xilga keltirilgan uzellar va mexanizmlarning mavjudligi maxsus (original) elementlarni yaratmay turib, turli agregat stanoklarni va avtomat qatorlarni yaratish imkonini beradi. Agregat stanoklar, odatda, boshqa detallar zagotovkasiga ishlov berish uchun qayta sozlanmaydi, shuning uchun ular avtomatlashtirish muammosini, birinchi navbatda oqimli-avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni muhim qilib qo‘yadilar. Dasturli boshqariladigan stanoklar (DBS). Bunday stanoklarda avtomatlashtirish darajasi yuqori va ularning ishini tezlik bilan o‘zgartirish mumkin. Agar avtomat va yarim avtomatlarda o‘ziga xos dastur eltuvchilar kulachoklar, andozalar yoki tayanchlar bo‘lsa, DBSlarda dastur magnit lenta, perfokarta, magnitli lappak kabi eltuvchilarda kodlangan axborot tarzida saqlanadi va uzatiladi. Har qanday avtomatik boshqaruv tizimi oldindan dasturlashtirilib qo‘yilgan amallar majmuasini bajaradi. DBS ga tegishli qilib aytganda, avvaldan ishlab chiqilgan texnologik jarayonga binoan zagotovkalarni kesib ishlashda avtomat, yarim avtomat, avtomatik qatorlarni boshqaradi. Raqamli dastur bilan boshqarish — stanokning mexanizmlariga beriladigan buyruqlar (dastur) raqamlar ko‘rinishida yozib chiqilishi bilan bog‘liq. Bunday dasturlar EHM larning 3—4-avlodlarigacha davom etib keldi. Eng so‘nggi kompyuterlar uchun tuziladigan dasturlarni raqamlar bilan kodlashga hojat yo‘q, to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘zlar bilan ifodalab ketaverish mumkin, shuning uchun «raqamli dastur» deyishga hojat qolmadi. DBS larning bir xili ko‘p amalli deyiladi, ular kesuvchi asbobni ham avtomatik tarzda almashtiradi. Avtomatlashtirishning birinchi bosqichi oqimli avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning yuksak shakli — avtomat va yarim avtomatlardan tashkil topgan oqimli qatordir. Uning asosiy belgisi — avtomatlashtirilgan ish siklidir. Stanoklar orasidagi tashish, zaxira to‘plash, qirindilarni yig‘ishtirish va sh.k. ishlar qo‘l kuchi bilan bajariladi. Yarim avtomatlardan tuzilgan oqimli qatorlarda stanokka zagotovka o‘rnatish va uni yechish amallari ham qo‘l kuchi bilan bajariladi. Download 26.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling