Asosiy tushunchalar: Evolyutsion taʼlimot,interaksionizm, Geshtald psixologiya, kognitivizm, bixeviorizm. Evolyutsion taʼlimot
Download 122.92 Kb.
|
3 Mavzu Evalyusion psixologiyaga kirish, Psixikaning evalusiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixikaning evolutsiyasi va vujudga kelishi.
Nazorat savollari
1.Evolyutsion taʼlimot? 2. 19-20-asrlarda psixologiyaning ilmiy fan sifatida shakllanishi? 3.Kognitivizm deb nimaga aytiladi? 4.Freyd ikkita asosiy narsaga e’tiborni qaratdi bular qaysilar? ADABIYOTLAR 1. Вачков И.В., Гриншпун И.Б., Пряжников Н.С. Введение в профессию «психолог» Москва, Воронеж. 2002-2007 г. 2. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5" Edition. - JohnWiley&Sons, 2001. - 608 p 5. Лурия A.P. Лекции по общей психологии. - СПб.: Питер, 2006. - 320 с 4. G'oziyevE.G'. Umumiypsixologiya.. T. O'qituvchi. 2010 y. Psixikaning evolutsiyasi va vujudga kelishi.Reja: Tabiatda aks ettirish formalari Oparin gepotezasi. Tropizmlar. Seskanuvchanlik. Psixik aks ettirish formalari Psixikaning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar. Psixikaning funktsiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari; instinktlar, ko`nikmalar, intellektual hatti - harakatlar. Psixik funktsiyalarning muhit va organlarning tuzilishi bilan bog`liqligi. Psixika va muhit. Miya va psixika. Inson ongi. Ong taraqqiyotida mehnatning roli. Ongning psixologik xarakteristikasi va tuzilishi. Psixikaning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi. Materiyaning evolutsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan akademik a.i.oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda koatservatlar deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo`lgan (biotik) moddalarga ma`lum darajada seskanish bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indifferent (befarq) munosabatda bo`lganlar. Download 122.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling