Asosiy tushunchalar Ma’lumot, axborot va bilim
AXBOROT TYEXNOLOGIYALARI SOHASINING HUQUQIY
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
AXBOROT TYEXNOLOGIYALARI SOHASINING HUQUQIY
ASPEKTLARI AKTni rivojlantirishdan maqsad nima? Nima uchun davlat boshqaruvida AKTni rivoji muhim omil hisoblanadi? AKTni joriy qilish va rivojlantirish uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Davlat xokimiyati va
tashkilotlarda axborot
texnologiyalaridan foydalanishdan maqsad tashkilotlarni birgalikda ishlash tezligi va samarasini oshirish, hamda barcha fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni taqdim etishdan iborat. AKTdan foydalanish boshqaruv samaradorligini va milliy raqobatdoshlikni oshirishga olib keladi. AKTni rivojlantirishning turli omillari mavjud, ulardan biri bu siyosiy- huquqiy faktor hisoblanadi. Bu siyosiy-huquqiy faktor ratsional natijalarga erishish va xulosalar qilish faoliyatini puxta rejalashtirish siyosatidir. Siyosiy faktor hukumatning rivojlanishi xamda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, budjetlashtirish faoliyati millatlararo kelishuvlar, deklaratsiyalar, shartnomalar yoki operatsiyalar bilan ishlashga mo‘ljallangan. Bu siyosiy-huquqiy omil bozordagi alternativ xarakatlar va tovarlar narxi mahalliy AKT sanoatini himoyalaydi. Ba’zi mamlakatlarda AKT strategiyalari aholining axborotdagi ishtirokini yanada rivojlantirish orqali shakllangan. Masalan, Singapurning 2007-2010 yillarga mo‘ljallangan AKT strategiyasiga quyidagi 5 ta tamoyilni islox etish orqali mamlakatning AKT sohasi yuqori darajada rivojlandi: Davlatning telekommunikatsiya ta’minoti pochta infratuzilmasi (telefon va telegrafik aloqalar); AKT ning barcha uchun ochiqligi; Bilim olish davomiyligi va ta’lim uchun AKT; Sog‘liqni saqlash uchun AKT; Sanoat va innovatsiya uchun AKT. O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar quyidagilardan iborat: Me’yoriy-me’yoriy xujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish; Telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish; AKT va internet tarmog‘ida milliy segmentini rivojlantirish; AKTni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalarni ko‘paytirish;
AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasinin oshirish; Qishloq va chekka xududlarda AKTni rivojlantirish istiqbollari. Ko‘rishimiz mumkinki, birinchi navbatda AKT sohasida me’yoriy-me’yoriy xujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish lozim. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham har bir fuqarolarning axborotni izlash, olish va uni tarqatish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlab berilgan. Ularni quyidagi moddalarda k o
r i s h i m i z
m u m k i n :
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 29-modda: • Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. • Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega… O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 30-modda: O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 35-modda: Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Hozirgi kunga qadar axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi quyidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud: • O’zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni; • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni; • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. 1-jadvalda axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar berilgan. 1-jadval
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling