Asosiy tushunchalar Nuqta harakatining berilish usullari. Asosiy tushunchalar


Download 128.5 Kb.
bet3/4
Sana22.12.2022
Hajmi128.5 Kb.
#1041317
1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma’ruza Kinematika. Nuqta kinematikasi. Harakatning berilish u

2.3.Vektor usuli. Nuqtaning ixtiyoriy paytdagi holatini biror markazga nisbatan uning radius-vektori bilan aniqlash mumkin bo’lsa, ya’ni nuqtaning holatini aniqlovchi radius-vektor t vaqtning funksiyasi ko’rinishda berilgan bo’lsa, nuqtaning harakati vektor usulida berilgan deyiladi. Ta’rifga asosan biror O markazga nisbatan nuqtaning holatini aniqlovchi radius-vektor vaqtning funksiyasi bo’ladi, ya’ni
. (5)

Agar nuqtaning dekart koordinatalari x,y,z bo’lsa, uning koordinatalar boshiga nisbatan radius-vektorining proyeksiyalari ham x,y,z bo’ladi, ya’ni
. (6)

Har bir konkret hodisani yoki hodisalarning ma’lum to‘plamini tushunish uchun olimlar modelni – hodisani tushuntirishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos tasavvur yoki analogiyani taklif qilishlari va shu yo‘l bilan uni tushunishni engillashtirishlari mumkin. Model asosiga qurilgan nazariya ko‘p hollarda oddiy modelga nisbatan ancha chuqurroq va murakkabroq bo‘lishi mumkin1.


Ilmiy qonun aniq tasdiqni ifodalaydi, ko‘p hollarda bir qator vaziyatlar uchun konkret hodisalarning to‘plamini miqdoran tavsiflovchi formula ko‘rinishida beriladi1.
Fizikada o‘lchashlar har qiluvchi rolni o‘ynaydi, biroq ular hech qachon absolyut aniq bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘lchashdan olinadigan har qanday qiymat uchun o‘lchash xatoligi belgi bilan yoki shu sonni qiymatlarining faqat to‘g‘ri miqdorini saqlangan holda ko‘rsatilishi kerak1.
Barcha kattaliklar standart kattalik yoki o‘lchov birligi orqali ifodalanadi, barcha hollarda tegishli o‘lchov birligi ko‘rsatilishi kerak. Hozirgi vaqtda xalqaro birliklar sistemasidan (XBS) foydlalaniladi, bu sistemada metr, kilogramm, sekunda uzunlik, massa va vaqtning standart birliklari hisoblanadi1.
Biror kattalikning o‘lchamligi shu o‘lchamlik tuzilgan asosiy kattaliklar o‘lchamliklarining kombinatsiyasi hisoblanadi (masalan, tezlik uzunlik/vaqt o‘lchamligiga ega yoki ). Shu munosabatga kiruvchi kattaliklarning o‘lchamlariga qarab u yoki bu munosabatning to‘g‘riligini tekshirish (bu metod o‘lchamliklar tahlili deb ataladi), ba’zi hollarda esa izlanayotgan munosabatning umumiy ko‘rinishi ham topish mumkin1.
Harakati o‘rganilayotgan jismning kattaligi va shakli kuzatilayotgan sharoitda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa, bunday jism moddiy nuqta deb qaraladi.
Sanoq sistemasi . Istalgan bir jismning harakati boshqa bir jismga yoki bir-birlariga nisbatan olib o‘rganiladi. Sanoq sistemasi sifatida biror qattiq jism bilan bog‘langan, o‘zaro bir-birlariga tik bo‘lgan 3 ta o‘qdan iborat bo‘lgan dekart koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunday sanoq sistemasi moddiy nuqta deb qaralishi mumkin bo‘lgan jismning istalgan vaqtda fazodagi o‘rnini to‘la aniqlash imkonini beradi. Nuqtaning fazodagi o‘rnini X,Y va Z koordinatalari orqali aniqlanadi.


Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling