Asosiy tushunchalar: server, protokol va internet xizmatlari
Download 261.5 Kb.
|
ASOSIY TUSH
- Bu sahifa navigatsiya:
- URL manzili.
- Domen manzili.
Gipermatn. WWW xizmatining eng inqilobiy qismi gipermatn orqali umuman klaviaturaga tegmasdan, faqat sichqonchaning chap tugmasini chertish yordamida Internetda sayohat qilish mumkin. Gipermatnning asosiy elementi giperko`rsatkich – tarmoqdagi boshqa hujjatga ko`rsatkich bo’lib, ular ikki xil: matn va grafik. Ko’rsatkichni aniqlash uchun web-sahifa ko’rilyatganda sichqoncha belgisi “qo`l” ko`rinishiga o`zgarsa, demak sichqonchaning tagidagi element giperko`rsatkichdir. Matn ko`rsatkichlar, odatda, oddiy matnlardan ajralib turishi uchun, tagida chiziqchali va boshqa rangda bo`yaladi. Matnli giperko’rsatkich Grafik ko’rsatkich. Giperko`rsatkichga chertsangiz, huddi sehrli ravishda boshqa sahifaga o`tasiz. Hech qanday sahifaning manzilini, hech qayerga kiritish shart emas, chunki giperko`rsatkich barcha kerakli ma`lumotga ega. Brauzer web-sahifalarni ko`rish dasturi. Brauzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo`yicha ma`lumotni ekranga chiqaradi. Teglar, o`zlari, ekranda aks ettirilmaydi. Bugungi kunda yuz xil brauzerlar mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows tarkibidagi dastur), Opera, FireFox. Internet Explorer, Opera, FireFox belgilari. URL manzili. Brauserlar yordamida dunyoning barcha web-hujjatlarini ko`rish uchun Internetdagi har bir hujjat takrorlanmas manzilga ega bo`lishi kerak. Mana shunday xususiyatga ega bo`lgan manzil URL (Uniform Resource Locator) – resursga universal ko`rsatkichdir. URL -ni umumiy ko`rinishi quyidagicha: Protokol://Domen manzili:Port/Yo`l. * Protokol – kerakli Internet bayonnomasi. Eng ko`p qo`llaniladigan texnologiya – http, gipermatnli ma`lumotni uzatish bayonnomasi. Yana, tarmoqda ko’p ishlatiladigan protokollaridan biri – ftp, fayllarni uzatish bayonnomasi. * Domen manzili (domain address) – internetdagi kompyuterning manzili. Uni yana domen nomi (domain name) yoki internet tarmog`ining tugun nomi (host name) deb atashadi. * Port – odatda, aniq berilmaydi va ko`rsatilmagan holda :80 deb qabul qilinadi. Kompyuterda ma`lumotni uzatish va qabul qilish uchun maxsus mantiqiy bandargohlar mavjud. Bu bandargohlar takrorlanmas raqamalarga ega bo`ladi. Masalan, http-protokoli bo`yicha barcha dasturlar ma`lumotni qabul qilish uchun 80-raqamli portga murojaat qilishadi, fayllarni ftp-protokoli bo’yicha uzatishda 20,21 raqamli portlari qo’llaniladi. * Yo`l – serverdagi faylgacha manzil yo’li. Domen manzili. Kompyuter domen manzilining namunaviy ko`rinishi quyidagicha: www.asror.saflor.uz Namunadan ko`rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O`ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada saflor) – ikkinchi sathi va hokazo. Internetda manzillar ko`p qavatli domen tizimiga qurilgan. Birinchi sath, umumjahon mavzular yoki geografik joylar boyicha nomlanadi. Masalan: mavzular bo`yicha bo`lingan domenlar quyidagicha: * com (commercial) – tijorat tashkilotlar; * org (organization) – notijorat tashkilotlar; * edu (educational) – ta`lim tashkilotlari; * mil (military) – harbiy tashkilotlar; * gov (goverment) – davlat boshqaruv tashkilotlari; * net (network) – tarmoqlar. G eografik domenlar odatda ikki harfdan iborat: * ru – Rossiya; * ua – Ukraina; * uz – O’zbekiston; * ca – Kanada; * us – AQSH. va hokazo. Download 261.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling