Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
lekin; uchun, bilan, sari, sayin; tag, ost, bo’y, old; sar a; boshla, yubor,
bo’l, so’ng, kabi, yanglig’, burun kabilar) kiradi. Mohiyatan ushbu yordamchi leksemalar grammatik morfemalardir. Ular lekse malarga o’xshab, nutqda alohidalik xususiyatiga, ko’makchi ot, sifat, olmosh, ravish va fe’llar esa o’zicha grammatik morfemalarni ergashtirish qobilyatiga egadir. Bosh qacha aytganda, yordamchi so’zlar, leksemalar va qo’shimchalar orasida “oraliq uchinchi” bo’ lib, ham leksemalar, ham grammatik morfemalar xususiyatini o’zida mujassamlashtiradi. Ammo ular na leksemalarga, na grammatik morfemalarga to’ liq teng bo’la olmaydi. Leksemalar bilan (lug’aviy morfemalar bilan) qo’shimchalar (grammatik, affiksal mor femalar) orasidagi ana shunday dialektik bog’lanishni, birining ikkinchisiga o’tish xususiyatin i hisobga olmaslik an’anaviy tilshunoslikda so’z ta’rifini behad chigallashtirib yubordi. Natijada so’zga ta’rif berib bo’lmaydigan darajaga kelib qo ldi. Sistem leksikologiya esa bu qarama -qarshilikka barham berdi. Leksemaning tayyorligi. Aytilganidek, leksema ning eng asosiy xususiyati uning «tayyor»ligi, ya’ni yasama emasl igidir. Demak, leksema muayyan qolipning, muayyan qonuniyatning mahs uli, xosilasi bo’lmasligi lozim. Masalan, [kitob], [uy], [biz], [o’ g’il], [kel], [ket], [qoch], [qol], [cho’zib], [ajoyib], [uch], [besh] kabi minglab tayyor birliklar voqelikdagi narsa, belgi, miq dor, harakat, holat, xususiyatlarni atab, ifodalab keladi. Ular jamiatning barcha a’zolari uchun tayyorligi bilan ajralib turadi. Bu birliklar nut qda grammatik qo’shimchalarni, umumlashma ma’noli turlicha affiksal morfemalarni o’zlariga ergashtirib, ularning nutqda ishtirok etishlariga asos bo’ ladi. Masalan, (Bog’imizda gullar o’sadi) gapida [bog’], [gul], [o’s] leksemalarining ushbu ko’rinishlari yakka xilda bo’lmay, balki ularning har biri o’zlarining qo’shnichilik munosabatlarining bir qismini voq elashtirgan holda kelgan, 33 Ular o’zlari birika oladigan turlicha qo’shimchalardan ba’zilari bilan birga gapda turli-tuman vazifalardan birini ado etgan. Leksemalarning «tayyor»lik belgisi an’anaviy tilshunoslikning «tub so’zlar», «o’zaklar» tushunchasiga mos kelganday ko’rinadi. Aslida esa bunday emas. Ha qiqatan ham, an’anaviy tilsh unoslikning «tub so’zlari» va «o’zaklari» tildagi leksemalarning nutqda voqelashishining bir turidir. Ammo leksemalar tarki bi «o’zak» va «tub so’zlar»ga nisbatan keng. Buning asosiy sababi «tayyorlik» belgisining «yasama emaslik» belgisidan kengligidadir. Q uyida «tayyorlik» va «yasama emaslik» tushunchalari, ularning an’anaviy va sistem tilshunoslikda talqin qilinishi, baholanishi haqida fikr yuritamiz. Bu esa bizdan so’z yasash qoliplarining xususiyatlari ustida to’xtab o’tishimizni talab etadi. Unumli so’z yasash q oliplari. Sistem tilshunoslikda “qolip”, til birliklarining o’zaro birikish tizimi va bu brikishning — nutqiy hosilaning mohiyati sifatida tushuniladi. Ya’ni har qanday qolip ikki (qismdan iborat bo’ladi. Bu qismlar tenglamalar kabi ( = ) belgisi bil an ajratiladi. Masalan, 1) [[aniq ot] + [chi] = (ot anglatgan narsa -predmet bilan shug’ullanuvchi, aloqador shaxs atamasi)]; 2) [ot] + [li] = (ot a nglatgan narsaga egalikni ifodalovchi sifatlar)]; 3) [aniq ot, sifat+ [lik] = (aniq ot yoki sifatdan hosil qilingan mavhum ot); 4) [ [joy no mi, oykonim] + [lik] = (muayyan joyda yashovchi, shu joyning tub vakili bo’lgan shaxs )]. So’z yasash qolipi uch qismdan iborat bo’ladi: 1) so’z yasashga asos bo’luvchi lug’aviy morfema—leksima; 2) leksemaning ma’nosini o’zgartiruvchi qo’shimcha — yasovchi qo’shimcha; 3) birikish hosilasining tabiati, moh iyati. Qolipning har uchala qismidagi cheklanish muayyan qoida (q onuniyat) bilan belgilanishi va tasodifiyl iklardan holi bo’lishi kerak. Bu fikr, aynisa, I va III qsi mlarga oiddir. A N IQ R OG ’ I , yuqorida qayd etilgan qoliplardan birinchisini olayli k. Bu qolipning birinchi qismida ma’lum bir aniq ot kelishi mumkin . Masalan, (etikchi, asalchi, bo’ zchi, gulchi). 34 Bunday yasama otlarning miqdori cheksiz + . Lekin nutqiy me’yorga ko’ra ayrim aniq otlar [-chi] bilan birikmaydi. Qiyoslang, lug’atla rimizda (choynakchi), (piyolachi) , (papiroschi), (noschi) kabi so’zlar yo’q. Ammo bu so’zlar o’zbeklar uchun tushunarli va o’zbek tili jamiyati bunday so’zlarni yasashi, tushunishi, ulardan nutqida foydalanishi mumkin. Ya’ni (noschi) so’zi o’zbek nutqida ikki ma’nodan birida qo’llana oladi: 1) nos tayyorlaydigan, sotadigan va h. k. shaxs; 2) nosni ko’p chekadigan shaxs. qolgan so’zlarga nisbatan ham shunday fikrni aytish mumkin. Demak, o’zbek nutqida (nutq me’yorida) ishlatilmaydigan so’zlarda ham birinchi qolipning barcha qismlari to’da saqlanadi. 2- va 3- qoliplarimiz o’zbek nutqi me’yorida deyarli hech qanday mustasnoga ega emas. Bu o’rinda : qo-lipning birinchi qismida ko’rsatilgan biror turga oid leksema kela oladi. Bu holda ushbu qolip o’ziga xos bo’lgan nutqiy hosilani beradi va uning mohiyatini aks ettiradi. Qayd etilgan qoliplarning hosilalari cheklanmaganligi sababli ular o’zbek tili lug’atlarida to’liq qayd etilishi mumkin emas. Til birligi bo’lgan qolipga qo’yiladigan asosiy talablardan biri shudir. Chunki til birliklarining nutqiy ko’rinishlari, nutqiy namoyon bo’lishlari cheksizdir. So’z yasash qolipida u yoki bu qism (asosan, birinchi qism) muayyan tur, xil yoki miqdor bilan cheklangan bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda bu cheklanishning o’zi ham muayyan qoida yoki miqdor bilan chegaralangan bo’lishi shart. Masalan: 5) {[ikkidan — beshgacha miqdor nomi] + [ov] = (jamlovchi son)}. Bu qolip atigi 4 (to’rtta) leksemani o’ z ichiga oladi. Shunga qaramasdan bu qonuniyat, qoida sifatida mavjud. Shuning uchun + B i z b u o ’r i nd a b i r n a z a r i y ma s a l a ni e s l a t i b o ’ t a mi z . O ’ z b e k t i l i d a gi I I s h a xs o t i ya s o v c hi mo r f e ma n u t q i mi z d a ( - c hi ) , ( -d o ’z ) , ( - ga r ) , ( -p a z ) , ( -b o z ) ka b i ko ’r i n i s h l a r ga e g a . B ul a r o r t t i r m a ni s b a t mo r f e ma s i n i n g ( -d i r ) , ( -t ) , ( - ko r ) , ( - ka z ) k a b i t u r l i s h a kl l a r i s i n g a r i ) b i r mo r fe ma n i n g nutqiy vaziyatdagi turli ko ’r inishlarid ir. Ular nin g ( nutq iy ko ’r inishlar ning) ishlatilishi me’ yo r bilan belgilanad i. Shuning uchun qolip ning to ’gri shakli [ [aniq o t] + [chi] ... ] emas, [aniq ot] + [shaxs o ti yaso vchi mo rfe ma] =] bo ’lishi kerak edi. Lekin tilshunoslikda til bir ligini ifod alas h uc h u n s h u mo r fe ma ni n g i s t a g a n b i r n ut q i y s ha k l i n i t o ’ g ’ r i q a v s i c hi d a ko ’r s a t i s h q a b u l q i l i n g a nl i gi s a b a b l i b i z s ha x s o t i q u s hi mc h a s i [ -c h i ] yo k i [ -d o ’z ] , yo ki [ -p a z ] s i f a t i d a b e - rishimizning ahami yati yo ’q. Lekin -(chi) nutq iy ko ’r inishining q ullanilishi ( -p az), ( -boz), ( -bo n) lar ga nisbatan keng. Shunga ko ’ra b iz shaxs o ti yaso vchisini [ -chi] shaklida keltird ik. 35 5- qolip ham til birligi hisoblanadi; 6) [sanoq son] + [-inchi] = (tartib son) ]. Bu qo lip esa hech qanday cheklanishni bilmaydi. U cheksiz miqdorda tartib sonlarni berishi mumkin. 5- va 6- qoliplarni qiyoslasak, ular orasidagi far q seziladi. Har ikkala qolip ham unumli, «tirik», yashayapti. Ammo 5 - qolip kam mahsul, 6- qolip esa sermahsul. Shunga ko’ra so’z yasash qoliplari unumli sermaxsul va unumli kammax sul qoliplarga ajratiladi . Qolip qanchalik sermahsul bo’lsa, uning hosilalari, «mahsuloti» jamiyat a’zolari uchun shunchalik bo’linuvchan, hosilalarning ma’nolari esa bir xil, o’xshash bo’ladi. Yuqorida aytilganlardan quyidagi xulosaga kelish mumkin: 1. So’z yasash qolipi til birligi bo’ lishi uchun bu qolipning tarkibiy qismlari, qolipning ishlash jarayoni muayyan qonun-qoidalar bilan belgilangan bo’lishi shart. 2. Til birligi bo’lgan o’ta sermaxsul so’z yasa sh qoliplari hosilalarining miqdori sanalishi, lugatlarda qayd etilishi mumkin emas, chunki ular cheksiz miqdordadir. 3. Unumli so’z yasash qoliplarining hosilalari jamiyat a’zolari uchun bo’linuvchan, yasamadir. Ular jamiyat a’zolari uchun tayyor holda emas. Shu sababli unumli so’z yasash qoliplarining hosilalari til birliklari (leksemalar) emas, balki nut q birliklari, yasama so’z lar hisoblanadi. Yuqoridagi xulosalardan keyin, ma qsadga muvofiq, birinchi qolipga qaytamiz: 1) [ [aniq , ot] + [-chi] = (ot ifodalagan narsa bilan shug’ullanuvchi, aloqador shaxs) ]. Nutqimizda (ishchi), (xizmatchi), (tajribachi), ( G ’ AL vachi) kabi so’zlar ham bo’lib, ularning I qismida aniq, otemas, balki mavhum ot kelgan. Shunga asoslanib, o’zbek tilda 1a) [ [mav hum ot] + [-chi] = (ot ifodalagan tushunchaga alo qador shaxs)] qolipi bor deb xulosa chiqara olamizmi? Afsuski, yo’q. Chunki biz (haqchi), adolatchi), (go’zallikchi) kabi, so’zlarni yasay olmaymiz. Demak, (1a) qolipi til birligi bo’la olmaydi. Ammo (1a) qolipiga biroz aniqlik kiritsak, u til birligi bo’la 36 oladi. 1b)-kasb nomini va ayni vaqtda harakat nomini ifodalovchi leksemalar +-chi = (shu kasb bilan shug’ullanuvchi shaxs). Ushbu qo lip, ehtimol, til birligi bo’la olsa kerak. Chunki lug’atlarda bu qolipning juda ko’p hosilasini berishadi. Jumladan, o’zbek tilining ters lug’atida quyidagi 58 so’z beriladi: (tajriba chi, g’alvachi, poygachi, p ostanovkachi, shtampovkachi, razvedkachi, atletikachi, gimnastikachi, svarkac hi va h. k). Keltirilgan misollar (nutq iy hosilalar) shuni ko’rsatib turibdiki, harakat nomi -chi bilan birikishi uchun uning o’zi leksema (tub) bo’ lishi kerak. Shunga ko’ra ayni qolip (yozishchi, ko’chirishchi) kabi ho silalar bera olmaydi. Chunki (yozish, ko’chirish) kabi so’zlar leksema emas, balki nutq hosilalari, yasama so’zlardir. O’zbek tilining so’z yasash t i z i m i, umuman, o’rganilgan emas. Shu sababli biz bu o’rinda aniq, dalillar keltira olmaymiz. Un umli sermaxsul va unumli kammaxsul qo liplar haqidagi tafsilotlarni aniqlashni kelajakka q oldirib, qoliplar bilan aloqador bo’lgan boshqa masalaga o’tamiz. Navbatdagi tahlil so’ z yasashning unumsiz (yoki tarixiy) qoliplari ustida boradi. So’z yasashning unumsiz (tarixiy) qoliplari. Ters lug’atdagi (-gin) va uning tovush ko’rinishlari bo’lmish (-qin), (- G ’ IN ), (-kin), (-gun), (-kun), (-qun) qo’shimchali so’zlarni ko’rib o’tamiz. Ular quyidagilar: (1) tizgin, 2)Keskin, 3) yolqin, 4) to’lqin, 5) yorqin, 6) itirqin, 7) Pispinqin, 8) bosqin, 9) to’sqin, 10) sotqin, 11) qochqin,. 12) toshqin, 13) shoshqin, 14) quvg’in, 15) Q IZG ’ IN , 16) ozg’in, 17) o’zg’in, 18) so’lg’in, 19) T OLG ’ IN , 20) to’lg’in, 21) yong’in, 22) qirrin, 23) so’zgun, 24) surgun, 25) durkun, .26) uchqun, 27) buzg’un, 28) uyg’un, 29) tuyg’ un). Keltirilgan 29 ta misolning barchasi fe’l o’zaklar dan yasalgan. Ularga -tin morfemasi turli fonetik ko’ rinishlarda qo’shilib, ot va sifat hosil qilgan. Shunga asoslanib, biz 7 -qolipni ajrata olamiz: 7 —{[fe’l] + + [ - gin] = (ot yoki sifat)} shaklida tuzil gan qolipimiz: NU QSO NL I . Uning o’ng qismi o’ta noaniq (ot yoki sifat), So’z yasash qolipida esa bunday bo’lishi mumkin emas. Qolipda, yuqorida (1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 1 b qoliplari) ko’rib o’tganimizdek, hosilalarning ma’no turi aniq kursa'tilishi kerak 7- 37 qolipning yuqorida qayd etilgan hosilalarida esa ma’no t o’rini aniqlab bo’lmaydi. Chunki ularning ichida harakat nomlari ham (8-, 12-, 14-, 15-, 22-, 24- misollar), narsa-predmet nomlari ham (1-, 4-, 9-, 21-, 26- misollar), shaxs otlari h am (10-, 11-, 13-, 23-misollar), belgi ifodalovchi sifatlar ham (2-, 3-, 5> 7-, 15-, 16-, 17-, 18-, 19-, 20-, 25-, 27-, 28-, 29- misollar) bor. Sifatlar ham ma’no jihatdan turlichadir. Ay tilganlar 7- qolipning o’ng tomondagi til birliklariga qo’ yiladigan talablarga javob bera olmasligiga ishoradir. Qolipning chap tomoniga murojaat qilamiz. Bu o’rinda birinchi qism fe’l deb qo’yilgan, xolos. Tekshiramiz. Misollardan ko’rinib turibdiki, ular, asosan SGS (undosh -unli-undosh) va GS (unli-undosh) qurilishiga ega fe’llardir. Shunga o’xshash bor-, kel-, ket-, yot-, chop-, yur-, o’l-,o’t- kabi fe’llarga (-gin) qo’shimchasini qo’shamiz va quyidagi hosilani olamiz: (borgin, kelgin, ketgin,, y otgin, chopgin, yurgin, o’lgin, o’tgin). Natijada o’zbek uchun umuman tushunarli bo’lmagan «so ’zlar»ni hosil qildik. Demak, qolipning chap tomoni h am til birligiga qo’yiladigan talablarga javob bera olmaydi. [ -gin] qo’shimchasining qanday so’zlarga (o’zaklarga) qo’shila olishi va qanday ma’no ifodalashi ma’lum qonun- qoidalar bilan emas, balki o’zbek tilining lu G ’ati bilan belgilanadi. Qolip hosilalarining miq dori, bu hosilalarning aniq, ma’nolari lug ’at orqali belgilansa, bunday so’z yasash qoliplari unumsiz deb aytiladi. Ushbu so’z yasash qoliplari ham sermahsul va kammahsul bo’lishi mumkin. Unumsi z so’z yasash qoliplarining mahsuli yasama so’zlar emas, balki mustaqil leksemalardir. Chunki ularning hosil qilinishi ma’lum bir qoida bilan belgilanmaydi, balki lug’at orqali aniqlanadi. Unumsiz (tarixiy) so’z yasash qoliplarining hosilalarida ma’no ixtisoslashishi, hosilalar ma’nolarining bir-biridan uzilishi, har bir hosilaning mustaqil ma’no kashf etishi kuchayadi. Shuning uchun 7 - qolip hosilalari ma’no ji hatidan rang-barang bo’lib, ma’lum qonuniyatga bo’ysunmaydi. Buning sababi shundaki, qolip tilda o’z unumliligini yuqo tgach, uning til birligi sifatidagi ta’sir kuchi qolmaydi. Natijada uning h osilalari mustaqil 38 leksemalar sifatida rivojlanadi va turlicha ma’nolar kash f etadi. Unumsiz (tarixiy) so’z yasash qoliplarining o’zbek tilidagi miqdori yuzga yaqindir. Bunday qolip hosilalari E. V. Sevortyan, A. G’ulomov, A. N. Kononov, va A. Hojiyevlarning ishlarida atroflicha o’rganilgan. Leksemalarning miqdori tub so’zlarga nisbatan ancha ko’p deyishimizning asosiy sababi ham shunda. Chunki o’zbek tilida unumsiz (tarixiy) so’z yasash qoliplari- ning hosilasi bo’lgan, bugungi kunda o’z yasamaligini yo’qotgan mustaqil til birliklariga aylangan leksema lar miqdori o’zaklardan va tub so’zlardan 4 — 5 marta ko’pdir (balki bundan ham ko’proqdir). Barqaror (sinxronik) holatni va tarixiylikni izchil far qlamaydigan an’anaviy tilshunoslikda, jumladan, so’z yasalishida haligacha o’zbek tilida mavjud s o’z yasash qoliplarining unumliligi va ma hsuldorligi qay darajada ekanligi haqida aniq ma’lumot yo’q. An’anaviy tilshunoslikda anchagina unumli deb hisoblanilayotgan qoliplar allaqachon o’z unumdorligini yo’qotganga o’xshaydi. [ot] + [la] = (o’timli fe’l)] qolipi ana shunday qoliplardandir. Qanday Bo’lmasin, so’z yasali shini tizim qonuniyatlari asosida jiddiy o’rganish o’zbek tilshunosligining dolzarb masalalaridan biridir. Chunki hozirgi kunda ayni so hada T. Xolmurodovning ishidan boshq a tadqikotga ega emasmiz. Leksemalar hosil bo’lishining navbatdagi faol usuli morfologik soddalanish va yaxlitlanish (ideomatizatsiya)dir. Sodd alanish deb, muayyan so’z yasash qolipining hosilasida yoki so’zning ma’lum bir shaklida o’zak bilan qo’shimchaning o’zaro birikib, shaklan ajralmas butunlikka o’tishiga va shunga muvofiq yangi ma’no ifodalanishiga aytiladi. Soddalanish tilda juda keng ta rqalgan hodisadir. Hozirgi o’zbek tilida tub deb sanaladigan [sin-], [bog’la-], [tingla-], [to’y-], [to’l- ], [to’q] kabi fe’llar tarixan [si-], [ba-], [ting-], [to’-] kabi o’zaklarning turlicha qo’shimchalar bilan birikishidan tashkil topgan. O’zbek tili lugatlarini ko’zdan kechirsak [birin-ketin, qishin-yozin, oldin, keyin, Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling