Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari orqali aniqlanadigan atash,
+ Bu leksemalar “men”ga nisbatan I avlodani atab keladi. [Ota] : [ona] “men”dan katta” bo’lsa, [o’g’il] : [qiz] I avlod, lekin “men”dan kichikdir. 59 ifoda va vazifa semalarining bir butunligidir. Bu ta’rifdagi juda mu him bo’lgan bir tomonga e’tibor berishimiz lozim. Bu ham bo’lsa sememaning leksemaning o’zidan emas, balki leksemaning o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari orqali aniqlanishidir. Jumladan, [ona] leksemasini olaylik. Uning ma’nosi quyidagicha: «Bir ota-onadan tug’ilgan farzandlar ichida o’zidan kichiklarga (ukalariga, singillariga) nisbatan katta qiz». Demak [ona] leksemasining sememasi bevosita shu leksemaning o’zidan emas, balki uning [ota], [ona], [farzand], [uka], [singil] kabi leksemalar orasida mavjud bo’lgan, bevosita kuzatishda berilmagan, ammo ayni vaq tda ongimizda yashovchi munosabatla rning jami orqali aniqlanadi. Y OK I [ol] fe’l leksemasining sememasi shu leksemaning [ber-], [sot-], [uzat-] kabi leksemalar bilan bo’lgan ma’no va vazifa munosabatlari orqali aniqlanadi. Leksemalar orasidagi yu qorida qayd etilgan munosabatlar aslida ongimizda mavjuddir. Ya’ni, bunday, (Munosabatlar hahiqiy bo’lib, ular leksemalarning ziddiyatlarida, o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlarida aks etadi. Semema til birligig a xos tomon bo’lganligi uchun bevosita kuzatishda berilmaydi. U leksemalarning o’zaro munosabatlari, leksemalarning tahlili orqali ochiladi. Barcha til birliklari kabi semema ham nutqda voqelashadi, yuzaga chi qadi, aniqlashadi. Quyida shu masalaga to’xtalamiz. Bir sememali va ko’p sememali leksemalar. An’anaviy tilshunoslik bir (Ma’noli (monosemantik) va ko’p ma’noli (polisemantik) so’zlarni farqlaydi. Bu jarayonda u, asosan, nutq iy ma’nolarga tayanadi. Nutqiy birliklar, jumladan, nut qiy ma’nolar turlicha bo’lganligi sababli bir ma’nolilik, asosan, ilmiy va xususiy atamalarga (terminlarga), sanoqli so’zlarga xos deb tan olinadi. Ko’p ma’nolilik esa ko’plab so’zlarga xos deb hisoblanadi. Bir ma’nol i so’zlar sirasiga ilmiy atamalardan boshq a ko’pincha yangi so’zlar, qo’llanish doirasi (qo’shnichilik munosabatlari) o’ta tor bo’lgan so’zlar kiritiladi. Masalan, (darz ketmoq), (cho’rt kesmoq), (tarq yorilmoq) va h. k. Jamiyat taraqqiyoti natijasida yangi 60 so’zlar ham asta-sekin qo’shimcha ma’nolarga ega bo’lib, qo’llanish doiraysini kengaytirib, ko’p ma’nolilik hosil qiladi. Til va nutq hodisalarini izchillik bilan far qlovchi sistem tilshunoslik (sistem ta hlil) bu masalaga boshqacha yondashadi. U til va nutq birliklari orasidagi asosiy xususiyatlarni ochishga inti ladi. Sistem tahlilning eng asosiy tushunchalari: barqaror butunlik barq aror til birligi (invariant) va o’zgaruvchan nutqiy ko’rinish (variant) tushunchalaridir. Barqaror birliklar va nutqiy ma’no. Til birliklari bevosit a kuzatishda berilmaganligi, mu ayyan moddiy shaklga ega b o’lmaganligi sababli ular barqaror birliklar hisoblanadi. Til birliklari ma’lum bir butunliklarning tizimlarning tarkibiy qismi, elementi sifatida ayni butunlik qurilishida barqaror o’ringa ega bo’ladi. Chunonchi, tor, lablangan unli bo’lgan [u] o’zbek tili unlilar tizimida shu ikki barqaror belgisiga ko’ra o’zining aniq o’rniga egadir. U unlilar sistemasida torlik belgisiga ko’ra o’rta keng, [u] va lablanganlik belgisiga ko’ra esa tor, lablanmagan [i] ga ziddir. Binobarin, [tor, lablangan unli] barqaror til birligi (butunlik) sanaladi. Bu barqaror butunlik nutqda, nutq shakli, nutqdagi o’z qurshovi ta’siri ostida turlicha ko’rinishlarda voqelashadi. Jumladan (u) tovushi (burun, butun, tutun) kabi so’zlarda oraliq va o’ta qisqa (qur, qul, qush, quruq...) so’zlarida qattiq va qisqa, (ko’rak, tun, tushkun, surgun...) so’zlarida yumshoq va qisqa, (bu, unli, u, undosh...) so’zlarida esa oraliq va cho’ziq kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bulardan tashqari, har bir shaxsning nutq a’zolari, ovozi (yozuvda esa dastxati) o’ziga xosliklarga egadir. Har bir shaxs u unlisini o’ziga xos talaffuz etadi (yozadi). Bularning barchasi tilda bar qaror butunlik bo’lgan [-tor, lablangan] u unlisining nutqiy ko’rinishlaridir. Bunday ko’rinishlar moddiy xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Masalan, eski turkiy tilda –g’un (turg’un so’zida) va -kin (keskin so’zida) orasida anchagina jiddiy farq bo’lishiga qaramay, ular aslida morfemaning (qo’shimchaning) turlicha nutqiy ko’rinishlaridir. YO K I HO zirgi o’zbek tilining (ishlat) so’zidagi (t) va (yozdir) so’zidagi (-dir) 61 ayni bir qo’ushimcha (orttirma nisbat morfemasi)ning ikki nutqiy ko’rinishidir. Sistem tahlil nutqiy ko’rinishlarni va barqaror til birliklarini farqlash uchun bog’likq (noo’xshash) qurshov (qo’shimcha distributsiya, dopolnitelnaya distributsiya) va erkin ( o’xshash) qurshov (kontrast, zid, qarama-qarshi distributsiya) tushunchalaridan foydalanadi. Erkin (o’xshash) qurshov barqaror, mustaqil til birliklariga xosdir. Masalan, Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling