Semema
semalarining
munosabati.
Leksema
sememalarining
tarkibidagi atash, ifoda va vazifa semalari o’zaro dialektik bog’lanishda
va teskari mutanosiblikda (teskari proporsional) bo’ladi. Aniqrogi, har
bir sememada ushbu uch xil semalar
(
mavjuddir. Ammo ba’zi semalarning
kuchayishi, aniqlashishi, bo’rttirilishi bosh qa semalarning zaiflashishiga,
kuchsizlanishiga olib keladi. Jumladan, musta qil leksema sememalarida
atash semalari kuchayganda, ifo da va vazifa semalari zaifl ashadi.
Aksincha, undov va taqlidiy leksema sememalarida atash semalari
zaiflashganda, ifoda se malari kuchayadi. Yordamchi lek semalarda esa
ifoda va atash semalari -zaiflashganda, vazifa semalari kuchayadi.
Mustatsil ma’noli so’zlarda ham juda ko’p hollarda buni ko’rishimiz
mumkin. Masalan, [yuz], [bet] ... leksik paradigmasidagi leksemalar
atash semalari jihatidan batamom o’xshashligi va faqat ifoda semalari
bilangina farqlanishini oldingi bo’limda ko’rib o’tdik. Juda ko’p hollarda
shakldoshlik (sinonimi ya) qatorida, oddiy—eskirgan—yangi leksemalar
qatorida sememalarni va leksemalarni far qlashda ifoda semalari
yetakchilik qiladi. Sememalar tarki bidagi turlicha semalarning o’zaro
munosabati masalasi o’zbek semasiologiyasi fanining o’rganishi zarur
bo’lgan dolzarb masalalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |