Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
2) [bosh ~tana~qo’l~oyoq].
Ushbu qatorlardan ma’lum bo’ldiki, [tana] leksemasi bir-biridan mutlaqo farqlanuvchi ikki leksik guru hdan joy olgan. Aniqrog’i, [tana] leksemasi birinch i, ya’ni sigir bolasini yosh jih atdan tavsiflovchi, ifodalovchi leksemalar q atorida «Bir-ikki yoshli urg’ochi buzoq» mazmuni bilan qatnashgan. Ikkinchi qatorda esa u «Gavdaning bosh va qo’l-oyoqdan boshqa qismi» mazmuniga ko’ra «odam vujudining a’zolari» leksik tizimidan joy olgan. 1) [yoz] —[qish] —[bahor] —[ko’z]; 2) [yoz]-[chiz]-[bo’ya]; 3) [yoz] — [yoy] — [och] — [to’sha] — [tashla]. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, [yoz] leksemasi uchta alohida- alohida leksik qatorlarda ishtirok etgan. Demak, bunday hollarda uchta 79 mustaqil, ammo shaklan bir xil bo’lgan [yoz] leksemalari yuzasidan ta hlil jarayonining olib bori layotganligi ma’lum bo’ladi. Ayni vaqtda biz bu leksemalarni: [yoz I], [yoz II], [yoz III] shakldosh (omonim) leksemalar sifatida qayd etamiz. Lekin shaklan bir xil, mazmunan har xil leksemalarning turlicha leksik paradigmalardan o’ rin egallay olishi ularning shakldoshligini (omonimligini) t o’la isbotlay olmaydi. Shunga ko’ra mustaqil leksemalarni ajratishda hal qiluvchi omil sifatida ularning qurshovi (distributsiyasi) xizmat qiladi. Qurshov leksema qo’shnichilik (sintagmatik) munosabatlarining nutqda ruyobga chiqish, ya’ni leksemaning qanday morfemalar va leksemalar bilan yonma -yon kela olish, birika olish jarayonidir. Boshqacha aytganda, qurshov leksemaning nutqda voqelanishida leksema bilan birika oladigan morfema va leksemalardir. Bunda leksemaning dastavval morfema bilan, so’ng esa leksemalar bilan birika olish qobiliyati tushuniladi. Shu nuqtai nazar dan yuqorida keltirilgan [yoz I], [yoz II], [yoz III] leksemalarining qurshovlarini o’zaro qiyoslab chiqdik. Natijada bu qatorlar o’z ichida ikki guruhga bo’lindi. I. [yoz]. Bu leksemalar nutqda son, egalik, kelishik morf emalari bilan birika oladi (sintagmatik munosabatlarga kirisha oladi). Chunonchi, (yozda), (yozamiz), (yozlarda); II. [ot III], [yoz II], [yoz III]. Ushbu leksemalar son, egalik, kelishik morfemalari bilan emas, balki fe’l nisbatlari bilan bo’lishli-bo’lishsizlik, fe’l shakllari (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) yoki mayl, zamon, shaxs, son morfemalari bilan qo’shnichilik munosabatlariga kirishadi. Jumladan, (yozdirmadi), (yozmo qchi). Qayd etilgan qatorlardagi shaklan o’xshash leksemalarning morfemalar bosqichidayoq qo’shnichilik (sintagmatik) munosabatlari butunlay boshqa-boshqa bo’lganligi sababli bu qatorlardagi shaklan o’xshash birliklar, ya’ni [yoz I] va [yoz I, II] mustaqil, alohida-alohida til birliklari [omonimlar] hisoblanadi. AN IQ RO G ’ I , bu birliklarning o’zaro o’xshashligi tasodifiydir. Sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan ularni mo hiyatan tenglashtirib bo’lmaydi. 80 Demak, morfemalar bos qichida qurshov omilining qo’llanishiga ko’ra shaklan o’xshash, mazmunan farqli til birliklarining miq dori deyarli ikki baravar kamayadi. Quyida, maqsadga muvofiq, leksemalarning valent ligi ya’ni leksemalarning birikuvchanligi haqida fikr yuritamiz. [Ot1] o’zidan so’ng [min-], [chop-], [o’l-], [o’s-], [chiz-], [ko’r-] kabi leksemalar bilan qo’shnichilik (sintagmatik) munosabatlariga kirisha oladi. Masalan, (otimiz yaxshi chopadi), (otga mindi) va h. k. [Ot II] lekse masi esa [qo’y-], [ayt-], [yoz-] kabi leksemalar bilan qo’shnichilik munosabatlariga kirishadi. Chunonchi, (Bolaga yaxshi ot qo’yibsiz, otingizni yozing). Shaklan o’xshash bunday leksemalar bir xil qurshovda ishtirok etsalar, bu holda ular ma’no farqlarini saqlab qoladilar. Masalan, (Bolaga yaxshi ot bering) gapi ikki + ma’noga ega. Bu esa o’zbek tilida ikkita [ot] leksemasining mavjudligini, bu leksemalarning hatto aynan bir xil qurshovda ham farqlanib turishini ko’rsatadi. Binobarin, ushbu hodisa [ot I] va [ot II] leksemalarining mustaqil leksemalar (omonimlar) ekanligidan dalolat beradi. [Ot I] va [ot II] leksemalarining yuqorida ko’rib o’tilgan turli leksik paradigmalardan o’rin olishi fikrimizni yana bir karra isbotlaydi. Leksemalarning aynan bir xil qurshovda qo’llana olishi, mazmunan esa farqlanib turishi sistem tilshunoslikda erkin qurshov (kontrast distributsiya) deb aytiladi. Erkin qurshovda o’zaro yaqqol farqlanib turadigan til birliklarining musta qilligi— ular omonimligining eng kuchli isbotidir. [Ot I], [ot II] yuzasidan o’tkazilgan tahlilni, maqsadga muvofiq, [yoz II], [yoz III] leksemalari asosida ham davom ettiramiz. Aniqrori ushbu jarayonda bu leksemalarning ham mustaqil til birliklari (omonimlar)ekanligini namoyon qilamiz. Qiyoslang: [ YO Z II] buklanishi, g’ijimlanishi, urilishi mumkin bo’lgan narsa-buyumlarni ifoda etuvchi + Shuning uchuy an’anaviy tilshuno slikda ular tasod ifiylik -lar sifatida o mo for malar deb a t a l a d i . 81 leksemalar bilan birikib ke ladi. [ Y O Z III] esa o’qilishi mumkin bo’lgan narsalarning nomlari bilan birikadi. (Xat yo zdi, maqola yozdi). (U bu dasturxonni ham yozdi (gapida esa aynan bir xil qurshovda [yoz II] va [yoz III] leksemalari mazmun musta qilliklarini to’la saqlagan. Yuqorida tahlil qilingan shaklan o’xshash, mazmunan har xil bo’lgan mustaqil leksemalarni (omonimlarni) farqlashda an’anaviy tilshunoslik sistem tilshunoslikdan ko’ra qulayroq va yengilroq usuldan— mantiqiy omildan foydalanadi. Ya’ni an’anaviy tilshunos lik shaklan o’xshash birliklarning mazmun tomoni o’zaro bog’liq, aloqador bo’lmagandagina ularni mustaqil til birliklari (omonimlar) deb osongina ajratadi. Haqiqatan ham bu yo’l juda qulayligi bilan o’ziga xosdir. Ammo ayni vaqtda bu yo’lni ishonchli va birdan-bir to’g’ri yo’l deb ayta olmaymiz. Ikkinchi holat (arava — aroba...). Bunday birliklarning ham farqlanishidagi eng qulay usul ularning aynan bir xil qurshovda berilishidir. Bir xil qu rshovlarda ishtirok etuvchi bunday birliklar ma’no farqlariga ega bo’lmasalar, bu holda ular bir leksemaning turli shakllari (ko’rinishlari) sifatida yashaydi. Agar ushbu birliklar qurshovlarda ma’no farqlariga ega bo’lsalar, bu holda ular alohida, mustaqil leksemalar hisoblanadi. Masalan, (Biz aravaga mindik). (Biz arobaga mindik). Har ikkala gap ham ma’no jihatdan bir xil. Binobarin, [aroba] va [arava] bir leksemaning turli shakllari, ko’rinishlaridir. Uchinchi holat: [Narvon -shoti], mazmunan yaqin, shaklan turlicha ushbu birliklarni farqlashda ham qurshov usulidan foydalanamiz. Chunki bunday birliklar, avval ham aytilganidek, aynan bir xil qurshovda kela olishi yoki kela olmasligiga ko’ra ma’no farqlariga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasligi mumkin. Masalan, (Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi), (Bosh omon bo’lsa, kallapo’sh topiladi), (Bosh omon bo’lsa, toqi topiladi). Bunda (do’ppi), (kallapo’sh), ( toqi) so’zlarining qurshovi ham, ayni gaplarda voqelanayotgan atash semalari ham, bu birliklar ifodalab kelayotgan ifodalanuvchilari ham bir xil. Ammo ayni 82 vaqtda ikkinchi va uchinchi gaplar o’zaro nozik qo’shimcha ma’nosi, ma’no qirrasi bilan farqlanib turadi. Ikkinchi gap nutq sohibining buxorolik, uchinchi gap esa uning samarqandlik ekanligini [kallapo’sh] va [toqi] leksemalari tarkibidagi hududiy qo’llanilish belgisi orqali ko’rsatib turadi. [do’ppi] leksemasining sememasida esa hududiylik belgisi ifodalanmagan, ajratilmagan. Demak, [do’ppi] -[kallapo’sh]- [toqi] leksemalar o’zaro hududiy chegaralanganlik belgisiga ko’ra noto’liq ziddiyatni tashkiletadi. Bu holda [do’ppi] noto’liq ziddiyatning kuchsiz, belgisiz a’zosini, [kallapo’sh] va [toqi] esa ushbu ziddiyatning kuchli, belgili a’zosini tashkil etadi. [kallapo’sh] va [toqi] leksemalari esa o’z navbatida “Buxoro” va “Samarqand” hududiy jihatdan chegaralanganlik belgisiga -ifoda semasiga ega. Shunga ko’ra ular o’zaro teng qiymatli ziddiyatn i tashkil etadi. Demak, [narvon — shoti], [do’ppi — kallapo’sh—toqi] kabi misollarda qo’llanilish doirasi chegaralanmagan va qo’llanilish doirasi chegaralangan, ya’ni tarkibida hududiy qo’shimcha belgisi (semasi) bo’lgan yoki bo’lmagan mustaqil til birliklarining ziddiyatini ko’ryapmiz. Bunday leksemalar shaklan farqli, mazmunan esa yaqin bo’lganligi sababli ular o’zaro ma’nodoshlik (sinonimiya) aloqalari bilan bog’lanadi. [do’ppi] — [kallapo’sh] — [toqi] leksemalar guruhidagi o’xshash munosabatni (ma’nodoshlikni) [aeroplan]— [samolyot] — [tayyora]; [tuman]— [rayon] — [nohiya]; [oblast] — [viloyat]; [sarmoya] — [kapital] kabi leksemalar qatorlarida ham ko’rishimiz mumkin. Atash semalari va anglatmishlari bir xil, ammo ifoda semalari esa har xil bo’lgan leksemalar ma’nodoshlik (sinonimiya) qatorlarini tashkil etadi. To’rtinchi holat: [yuz ~ bet ~ aft...] Bu xildagi leksemalarning ham o’zaro mazmun munosabatlarini aniqlashda qurshov usulidan—til birliklarining muayyan qurshovda qo’llana olish yoki qo’llana olmaslik imkoniyatidan foydalanamiz. Masalan, (Uning yuzini ko’rmayman). 83 (Uning betini ko’rmayman). (Uning turqini ko’rmayman). (Uning basharasini k o’rmayman). (Uning chehrasini ko’rmayman). (Uning jamolini k o’rmayman). (Uning diydorini k o’rmayman) ... Ushbu gaplar tarkibidagi ajratilgan so’zlar bir xil atash semalariga ega. Ma’no qirrasiga—munosabat anglatuvchi ifoda semalariga ko’ra o’zaro ajralib turadi. Ushbu til birliklar qatoridagi leksema sememalarining tarkibi bir xil emas. Ularda, asosan, atash va vazifa semalari bir xil, ammo ifoda semalari esa har xil. Ifoda semalariga ko’ra bu leksik qatorning [yuz] leksemasi zaif, b elgisiz a’zo sifatida mavjud. Qayd etilgan leksemalar guruhidagi ikki qator noto’liq ziddiyatlarni, bu ziddiyatlarning kuchli a’zol ari esa «belgining darajasiga ko’ra» belgisi asosida ikkita darajali ziddiyatlar qatorini tashkil etadi. Beshinchi holat: [qo’y-qo’chor-qo’zi] Bunday qatordagi so’zlar bir- biriga mazmunan yaqin bo’lsa-da, ayni vaqtda ularning har biri o’z ma’no xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, [ qo’chqor] leksema sememasi tarkibida «jinsi aniq», «erkaklik», «voyaga yetgan»lik atash semalari mavjud. [ qo’zi] leksema sememasi tarkibida «voyaga yetmagan», «kichik» semalari bor. [qo’y] — [qo’chqor] — [qo’zi] leksema sememalari tarkibida o’zaro o’xshash bo’lgan atash semalari mavjud. (Chunonchi, «uy hayvoni», «halol», «go’sht-sut beruvchi», «dumbali» kabilar shular jumlasidandir). Ayni vaqt da ushbu leksema sememalarining tarkibida o’zaro farqlanuvchi semalar ham bor. Shunga ko’ra bunday leksemalar ham tilning mustaqil birliklari sifatida ajra lib turadi. Oltinchi holat: (ko’z). (ko’z) so’zi ishtirok etgan 9 ta so’z birikmasi qayd etilgan. Bu birikmalarda (ko’z) so’zi to’qqiz xil ma’noda 84 ishlatilgan. Biz yuqorida til va nutq birliklari orasidagi munosabat, bar qaror butunlik (invariant) va o’zgaruvchan nutqiy ko’rinish (variant) haqida ma’lumot bergan edik. Nutq birligi sifatidagi so’z ma’nosining o’zgaruvchanligini va uning boshqa so’zlar ta’siri ostida shakllanishini ham aytib o’tgan edik. Masalan, (yaxshi qiz) va (yaxshi talaba) yoki (yaxshi yozmok.) va (yaxshi yugurmok.) kabi so’z birikmalarda (yaxshi) so’zi turli-tuman ma’no bo’yoqlariga ega bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan (ko’z) so’zining to’qqiz xil ma’no turi, (yaxshi) so’zining besh xil ma’no turi tildagi bitta mazmunning — sememaning turlicha nutqiy ko’rinishlarimi yoki [ko’z] leksemalarining turli-tuman sememalarimi. Bu masalaga yuqorida, bir va ko’p sememali leksemalar b o’limida qisqa bo’lsada to’xtagan edik. Quyida ushbu lisoniy hodisa haqida atroflicha, to’liq fikr yuritamiz. Nutqiy ma’no ko’rinishlarini (variantlarni, xususiyliklarni) til sememalariga (invariant, butunliklar, umumiyliklarga) birlashtirish, aytib o’tganimizdek, nihoyatda qiyin va jiddiy masala. Sistem tilshunoslik ushbu masalani hal etishda, yuqorida ko’rib o’tilgan, qurshov (erkin qurshov) lekse maning qo’shnichilik (sintagmatik) munosabatlari, me’yoriy va gayri me’yoriy bog’lanish, leksemaning birikuvchanligi va bog’liq qurshov tushunchalaridan keng foydalanadi. Biz esa bular bilan birga an’anaviy tilshu noslikning mazmunshunoslik (semasiologiya) so hasida qo’lga kiritgan ulkan yutuqlaridan — ma’nolar orasidagi tarixiy bog’lanish, aloqadorlik usulidan ham foydalanamiz. Buning uchun, dastavval, bog’liq qurshov va leksemaning birikuvchanligi (valentligi) tushunchalari (ata malar) bilan chuq urroq tanishib chiqishimiz lozim. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling