Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
(U ko’zini yumdi) gapi o’zbek tilida uchta ma’no beradi:
1) kimdir ko’zlarini (qoboqlarini) yopdi; 2) kimdir (nimagadir) e’tibor bermadi; 3) kimdir vafot etdi. VII. (ko’z) leksemasining mazmun tizimi yu qorida aytilganlar bilan chegaralanmaydi. Bu leksemada yana bitta semema ajralib turadi. Bu «zarar—zahmat», «ziyon» sememasidir. (Ko’z) leksemasi tarkibidagi ayni semema yetakchi, asosiy emas. Ushbu sememaning qo’llanish doirasi ham, ko’lami ham, qurshovi ham chegaralangan, ya’ni tordir. Ammo bu semema (ko’z II) avvalgi semema bilan (ko’z I) ayni bir qurshovda kela oladi va ma’no farqlaydi 2) Unga ko’zdan ko’p ziyon bo’ldi (ya’ni ko’z tegashidan va har qayoqda huda-behudaga qarayverishdan); 3) Buning ko’zi yo’q, qo’rqmang: (1) ko’zi yo’q, ko’ra olmaydi; 2) ko’zi tegmaydi, ziyon keltirish xislati yo’q. Albatta, (ko’z II) sememasi bilan (ko’z I) sememasi orasida qandaydir tarixiy (rasmiy, 92 udumiy, xurofiy) aloqadorlik mavjud bo’lgandir. Ammo bunday aloqadorlik nolisoniy omil hisoblanadi. O’zbek tilining tizimida bu sememalar bir leksemaning t urli sememalari sifatida q aralishi lozim. Ammo ayni vaqtda ular omonimlik, ya’ni bir -biridan batamom uzilish dyarajasiga yetgan emas. Demak, [ ko’z] leksemasining mazmun tizimida ikki sememani: 1) asosiy, yetakchi bir necha ma’no turiga, keng qo’llanish doirasiga ega sememani va 2) kam tarqalgan, qo’llanish doirasi chegaralangan sememani ajratish mumkin. [Ko’z] leksemasining o’zbek tilidagi mazmun ti zimini taxminan quyidagi jadval orqali ko’rsatish mumkin. (Shuni eslatamizki, bu jadvalning o’ta yuzakiligi (ko’z) leksemasining barcha sememalari hozircha to’liq aniqlanmaganligi bilan bo g’liqdir). Semema haqida, uning tarkibi uch xildagi semalar yi g’indisidan iboratligi haqida gapirgan edik. Bular: atash semalari; ifoda semalari; vazifa semalari. [ko’z] leksemasining mazmun tizimida ko’rib o’tilgan asosiy I sememaning bosh, yetakchi va mazmuniy turlarida o’zgarishlar ko’pincha atash semalari doirasida sodir bo’lgan edi. Masalan, (yog’ochning ko’zi) va (qizning ko’zi) birikmalarida sememaning ikki mazmun turi ikk i xil anglatmishni (denotatni) bildirib kelyapti. Ya’ni ular atash sememalarining tarkibiga ko’ra farqlanib turibdi. Ammo ayni vaq tda ifoda va vazifa semalari tarkibida o’zgarish sodir bo’lgani yo’q. Shuning- dek, leksemaning mazmun tizimi na faqat atash semalaridagi, balki undan keyingi semalardagi o’zgarishlarni ham, bu o’zgarishlar asosida semema turlarini va hatto yangi sememalarni ham rivojlantirishi mumkin. Biz quyida [sher] va [yaxshi] leksemalarining maz mun tizimini tahlil qilish orqali ifoda va vazifa sememalarining semalar tarkibidagi o’zgarishlarni ko’rib o’tamiz. (sher) leksemasining yetakchi, bosh sememasi «Mushuksimonlar 93 oilasiga mansub, kalta va sar g’ish yungli (erkaklari esa qalin yolli) yirik sut emizuvchi yirt qich hayvon». [sher] leksemasi ushbu sememasi bilan erkin qurshovlarda qo’llanadi. Shuningdek, ushbu leksema ayni sememasi va anglatmishi bilan ongimizda (xotiramizda) yashaydi, mavjud bo’ladi. Leksema sememasi tarkibidagi ifoda semalari me’yoriy (neytral, normal)dir. Ammo ayni vaqtda (sher) leksemasi muayyan sharoitda shaxsga nisbatan ham qo’llanilishi mumkin. Bu holda u: azamat, dovyurak, polvon , qo’rqmas, shijoatli kabi qator ma’nolarni ifodalab keladi. Shunga ko’ra kuchli ta’sirchanlik, ijobiy ba ho kabi qo’shimcha ma’no bo’yoqlari — ifoda semalari hosil bo’ladi. Qiyoslang: (Alisher, chindanam shersiz. Buyuk sher). (Uyg ’un, I. Sultan). O’xshatish (metafora) usuli bilan h osil bo’lgan sememaning ushbu maz mun turi ham til birligi deb sanalishi lozim. Buni ikki nuq tai nazar bilan isbotlashimiz mumkin: 1) (sher) leksemasi yuqorida qayd etilgan sememasi bilan erkin qurshovda qo’llanadi. Masalan, (Sher o’lmaydi) gapida qanday mazmun voqelashayotganini faq at katta matn (makrokontekst) or qali aniqlash mumkin. Binobarin, erkin qurshov qonuniyati asosida bu ikki semema alohida til birligi, mustaqil sememalar deb tan olini shi kerak; 2) (dovyurak) semema turi asosida nutqda juda ko’p, xilma-xil ma’no nozikliklari bilan farqlanuvchi nutqiy ma’no ko’rinishlari shakllanadi. [sher] leksemasidagi // «yirtqich hayvon» va «dovyurak» sememalarning ikki musta qil semema sifatida ba holana olmasliklarining bosh sababi shundaki, bu mazmuniy turlarning orasidagi aloqadorlikning, bog’lanishning juda yaq inligidir. Ammo, shuningdek, semema turini to’la-to’kis nutqiy ma’no ko’rinishi deb baholash ham mumkin emas. Chunki, u, birinchidan, faqat nutq sharoiti bilan emas, balki murakkab metaforik jara yon — yetakchi sememadagi bir q ator atash semalarini (jumladan, «hayvon», «yirtqich» semalarini chetlashtirish, boshqa bir qator semalarni esa, jumladan, «kuch li» semasini) kuchaytirish, me’yordagi, oddiy ifoda seme malarini shu hisobda «kuchli shaxsiy ijobiy baho» semasiga almashtirish asosida yuzaga kelgan. U nutqda juda ko’p 94 ma’no ko’rinishlariga ega bo’lishi mumkin. Shu bois bu semema [sher] sememasining muayyan mazmun turi sifatida ba holanishi va til bosqichidagi birlik deb qaralishi, lug’atlarda qayd etilishi maqsadga muvofiqdir. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling