Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
7-mavzu. LEKSEMANANG MAZMUN TIZIMI Reja: 1. Leksik paradigma. 2. Leksem aning qurshovi. 3. Erkin qurshov. 4. Leksik qurshovlarda ma’no farqlari. Nutq hamisha rang-barangligi, turlichaligi bilan ajralib turadi. Nutqning vazifasi tilning turli sat hlarini, bu sath birliklarining mazmun va vazifalarini nutq sharoiti bilan, so’zlovchining maqsadi va imkoniyatlari bilan uyg’unlashtirib, muayyan holda fikr almashtirishni voqelashtirishdan iborat bo’ladi. Shu sababli, ko’rib o’tganimizdek, nutq birliklari hodisalar, xususiyliklar sanalib, ularning har biri o’zidagi umumiyliklar zarralarining birikishi natijasidir. So’zning nutqiy ma’nosi nutq sharoiti, o’zaro (birikkan so’zlarning ma’nosi matn ta’sirida shakllanib, xilma -xillikka ega bo’ladi. Biz (yaxshi) so’zining (yaxshi qiz), (yaxshi xotin), (yaxshi us ta), (yaxshi kishi), (yaxshi san’atkor), (yaxshi o’qituvchi), (yaxshi bastakor), (yaxshi yozmoq), (yaxshi yugurmoq) kabi so’z birikmalarida turli-tuman ma’no bo’yoqlari kashf etganligini ko’rib o’tdik. Ammo sanalgan ma’no b o’yoqlari [yaxshi] leksemasining nutqda qabul qila oluvchi ma’no xususiyatlarining hammasi emas (yaxshi) leksemasining nutqda namoyon qila oladigan ma’no bo’yoqlari nutq shakllarining cheksizligi kabi cheksizdir. Shuning uchun bir qator tilshunoslar XIX asr ning oxirlari va XX asrning boshlarida umuman «so’z» tushunchasi va so’zning umumiy ta’rifi, 77 umumiy ma’nosi va umumiy mohiyati yo’q deb aytishgan. Ular nutqdagi, matndagi har bir so’z alohidalikdir. So’zning mohiyati uning qo’llanilgan joyidagina aniqlanishi mumkin; bir tilda yaratilgan, yaratilayotgan, yaratilishi mumkin bo’lgan matnlarda qancha so’z bo’lsa, tilda ham shuncha so’z bor deb, umumiy so’z (leksema) tushunchasidan qochgan edilar. (Jumladan, bunday fikrni mash hur rus tilshunosi — psixolingvist A. A. Potebnya yo qlab chiqqan edi.) Sistem tilshunoslik bu masalaga boshqacharoq yondashadi. Til birliklarini farqlashda, dastlab, til birliklarining shakl va mazmun mutanosibligiga asosla nadi. Sistem tilshunoslik ikki til birligi orasida shakl va mazmun farqi bo’lsa, bunday birliklar musta qil, alohida-alohida til birliklari hisoblanishi lozimligini ta’kidladi. [yo l], [yel] va [el]; [yaxshi] va [yomon]; [bosh] va [ qosh]. Tilning mustaqil leksemalari dastlab shu usul bilan ajratiladi. Lekin leksema muammosi bu bilan chegaralanib qolmaydi. Chunki tilda shakl va mazmun mutanosibligi bilan birga shakl va mazmun nomutanosibligi ham mavjud. Bunda bir necha holat farqlanadi. Bu holatlarning asosiylari quyidagilardir: 1-holat — (tana), (ot), (yoz) ... 2-holat—(arava), (aroba), (baravar), (barobar) ... 3-holat — (narvon), (shoti) ... 4- holat — (yuz), (bet), (aft), (bashara), (turq ) ... 5-holat —(qo’y), ( QO ’ CH QO R ), ( QO ’ ZI ) ... 6-holat — ko’z: a) ko’z kosasi (a’zo); b) ko’zidan uzoq (nazar); v) ko’zi o’tkir (ko’rish qobiliyati); g) derazaning ko’zi; d) yog’ochning ko’zi; ye) buloqning ko’zi; j) xurjunning ko’zi; z) ko’zi tor (ziqna); 78 i) ko’z bo’yamoq (aldamchilik qilmoq) ... Bunday holatlar o’z navbatida bir necha turli bo’ladi. Qolgan holatlarni shularga q iyoslash mumkin. Quyida bu holatlarning har birini alohida-alohida ko’rib chiqamiz. Birinchi holat: shakl va mazmun no mutanosibligi mavjud hollarda mustaqil leksemalarni, alohida-alohida sememalarni nutqiy ko’rinishlardan (variantlardan), ko’p ma’nolilikdan (polisemiyadan), shakldoshlikdan (omonimiyadan) farqlash qiyinlashadi. Bunday hollarda sistem tilshunoslik leksemaning qaysi leksemalar bilan o’xshashlik munosabatlariga kirishi (leksik paradigma) va leksemaning qurshovi (distributsiyasi) tushunchalaridan foydalanadi. Leksik paradigma tushunchasi bilan yu qorida tanishgan bo’lsakda, bu haqda eslatib o’tamiz. Leksik paradigma leksemalarning o’zaro mazmun o’xshashliklari va farqlari asosida muayyan q atorlarga, guruhlarga birlashishidir. Shu asosda birinchi ho latda berilgan misollarni ko’rib chiqamiz: 1) [buzoq — tana — g’unajin — sigir] Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling