Asosiy tushunchalar va tahlil usullari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/35
Sana05.01.2022
Hajmi1.41 Mb.
#216532
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)

«singlim»  deb  to’rgan  yigitlar  sal  o’tmay  «opa»  deydigan  bo’lishdi)  (A. 
Qahhor)  matnida  (opa)  so’zining  ma’nosidan  nafaq at  qarindoshlikka  oid 
atash  semalari,  balki  shaxsni  yosh  ji hatdan  tavsiflash  semalari  ham 
chetlashtirilgan.  Ayni  vaqtda  «hurmat»,  «ayol»,  «shax s»  semalari,  [opa] 
sememasi  uchun  yo’ldosh  semalar  bo’lgan  «bilag’on»,  «tajribali», 
«maslahatchi»  semalari  esa  kuchaytirilgan.  (Hoy,  bo’rilar.  Bu 
so’zlaringdan  qayt)  matnida  bo’ri  leksema  sememasiga  oid  «hayvon», 
«yirtqich  hayvon»  kabi  atash  semalari  butunlay  chetlashtirilib, 
«qonxo’r»,  «rahmsiz»,  «beshafqat»,  «manfaatparast»  kabi  yo’ldosh 
semalar  kuchaytirilgan.  Shuningdek,  «hayvon»  semasini  «shaxs»  semasi 
bilan  almashtirish  natijasida  ifoda  semalari  kuchaytirilgan.  Nutq 
sharoitida  atash  semalarini  q isman  chetlashtirib,  yo’ldosh  va  ifoda 
semalarini  kuchaytirish  sememaning  vazifa  sema larini,  jumladan, 
leksemaning  me’yoran  oddiy  qo’shnichilik  munosabatlarini  kengaytirish 
tufayli  yuz beradi. Chunonchi, (temir  qoshiq) va (temir iroda) kabi k o’rib 
o’tilgan so’z birikmalaridagi [temir] leksema sememasinin g voqelanishini 


 
68 
ko’rib o’tamiz. 
Leksemalar 
orasidagi 
me’yoriy 
bog’lanishda 
(qo’shnichilik 
munosabatlarida)  o’zaro  bog’lanadigan  ikki  sememada  o’xshash  semalar 
bo’lishi  shart.  Masalan,  [temir]  leksema  sememasi  tarkibida  «modda», 
«qattiq  modda»,  «metall»  kabi  atash  semalari  mavjud.  [Qoshiq]  leksema 
sememasida  esa  «qattiq  moddadan  qilingan»  sema  bor.  Bu  leksema 
sememalari  orasidagi  o’xshash  semalar  ikkita:  «qattiq»  va  «modda». 
Demak,  ushbu  lekse malar  nutqda  bemalol,  me’yoriy,  oddiy,  qo’shnichilik 
munosabatlariga  kirisha  oladi.  Bu  jarayonda  lekse ma  sememalari  to’g’ri 
voqelanadi. 
(Temir  iroda)  birikmasida  esa  zid,  ya’ni  o’xshash  bo’lmagan  semali 
sememalar  o’zaro  birikkan.  Bu  holda  «iroda»  mavhum  tushuncha  sifatida 
voqelashadi.  Birikma  leksema  sememalari  orasid agi  nomuvofiqlik, 
qarama-qarshilik  [temir]  sememasidagi  «modda»  sema sini  chetlashtiradi. 
Ayni  vaqtda  «qattiq»  yo’ldosh  semasi  bo’rtadi,  «tasviriylik  va  badiiylik» 
ifoda semalari esa kuchayadi.  
Bunday  ko’chma  ma’nolar  so’zlarga  xos  bo’lib,  faqat  nutqda 
voqelashadi. Shuning uchun ushbu ma’nolar nut qiy ko’chma ma’nolar deb 
yuritiladi.  So’zlardagi  ko’chma  Ma’noning  bu  turi  tilshunoslikda 
metafora  —  o’xshatish  asosida  hosil  qilingan  ko’chma  ma’no  deyila di. 
Metafora  ko’chma  ma’no  hosil  qilishning  eng  keng  tarqalgan  usuli 
sifatida  badiiy  uslubning,  nutq  badiiyatining  eng  mu him  omillaridan 
hisoblanadi.  Semema  tarkibidagi  semalar  a sosida  nutqda  ko’chma  ma’no 
hosil  qilish  atama  tabiatiga  ega  bo’ lmagan  deyarli  barcha  so’zlar  uchun 
xosdir.  Hatto  yordamchi  so’zlar  ham  vazifa  semalarini  keskin  o’zgartirib, 
ko’chma  ma’nolar  hosil  qilishi  mumkin.  («Agar»ni  «magar»ga  kuyov 
qilsalar,  tug’ilgay  bir  o’g’il,  oti  «koshki».  G’.  G’ulom),  gapida  barcha 
so’zlar — yordamchi so’zlar ham ko’chma ma’noda ishlatilgan. 
Aytilganlardan  shunday  xulosa  qilish  mumkin:  semema  nutqda  to’g’ri  
va  ko’chma  (metaforik)  ma’nolar  orqali  yuzaga  chiq adi  va  so’zning 
muayyan qurshovdagi muayyan ma’nosi sifatida  voqelashadi. 


 
69 
Nutqiy  metaforik  ko’chma  ma’no  qo’llanish  doira sining  kengayishi, 
ko’chma  ma’noning  sememadan  uzoqlashishi  natijasida  ko’chma'  ma’no 
o’zining  xususiy  atash  semalariga  ega  bo’lishi  mumkin.  Ayni  vaqtda 
ko’chma  ma’no  o’zi  uchun  asos,  manba  bo’lgan  sememaday  uzilishi  va 
leksemadagi  mustaqil  semema  tomon  rivojlanishi  ham  mumkin.  Bunday 
rivojlanish  sistem  leksi kologiyaning  emas,  b alki  tarixiy  (diaxronik) 
tilshunoslikning 
alohida-alohida 
olingan 
leksemalar dagi 
mazmuniy 
rivojlanishning  o’rganish  manbai  bo’laloladi.  Bu  jarayon  sistem  tahlil 
asosida  tushuntirilishi  ham,  izohlanishi  ham  mumkin  emas.  Masalan, 
o’zbek tilining izohli lug’atida, [och (-moq)] fe’l leksemasining 12 ma’no 
turi  qayd  etiladi.  Bu  ma’no  turlarining  barchasi  ma’no  umumiyligiga 
egadir.  A
N IQ R OR I
,
 
[och]  fe’l  leksemasining  sememaleri  «bi ror  to’siqni 
o’rtadan ko’tarmoq», «to’siq ortidagini namoyon qilmoq» semalariga ega. 
Shunga  ko’ra  taxminan  qilish  mumkinki,  ushbu  12  ma’no  turi  dastlab 
metaforik  usul  bilan  hosil  qilingan  nutqiy  ko’chma  ma’nolar  bo’lgan.  Bu 
ma’nolarning 
umumlashishi, 
qo’llanish 
doirasining 
kengayishi, 
ixtisoslashishi  natijasida  ko’chma  ma’nolar  alohida-alohida  sememalar 
sifatida  rivojlangan.  Albatta,  lug ’atda  sanalgan  barcha  12  ma’no  turi 
mustaqil  semema  bo’lolmaydi.  Bu  sememalarning  ko’pchiligi  muayyan 
sememaning  nutqiy  ko’rinishlari  (variantlaridir).  Ammo  ayni  v aqtda  ayni 
sememalarning  ichida  alohida,  mustaqil  hisoblanish  mumkin  bo’lgan 
sememalar  ham  mavjuddir.  Demak,  nut qiy  hosilalardan  —  so’zlardan 
leksemalar  rivojlangani  kabi  nutqiy,  ko’chma  ma’nolarda  sememalar  ham 
rivojlanishi mumkin. 
Tilshunoslikda  so’zlardagi  boshqa  ko’chma  ma’nolar,  ya’ni  sinekdoxa, 
metonimiya  va  vazifadoshlik  (funksiyadoshlik)  asosida  hosil  qilingan 
ko’chma  ma’nolar  ham  ajratiladi.  quyida  shular  asosida  hosil  qilingan 
ko’chma ma’nolarning sememaga munosabati masalasiga t o’xtalamiz. 

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling