Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
Sinekdoxa yo’li bilan hosil qilingan ko’chma ma’no deganda, «bir
narsaning nomi bilan uning biror q ismi (bo’lagi)ni atash, yoki aksincha, qismning nomi bilan shu qism mansub bo’lgan butunni atash» tushuniladi. 70 Qiyoslang: (Mol tuyog’ini ko’paytiramiz.) (Ular tirnoqqa zor edi.). Sistem tahlil nuqtai nazaridan sinekdoxik ko’chma ma’no nutqiy ma’no sanalishi mumkin e mas. Chunki bu usuldagi ko’chma ma’noning hosil bo’lishi hech qanday qonun-qoidaga bo’ysunmaydi. Jumladan, daraxt shox, ildiz, barg, ta na kabi tarkibiy qismlardan iborat. Ammo ayni vaqtda daraxt qismlarining nomlari uni (daraxtni) atab kela olmaydi. Faqat daraxtning mevasigina daraxtni ham atab kela oladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu nutqiy hosila ma’no emas, balki bir leksemaning ikki yoki uc h sememaga aloqadorligidir. Ushbu jarayon leksemalardagi bir va ko’p sememalik bilan bog ’likdir. Shuning uchun (tirnoq ), (tuyoq) so’zlarining yuqorida qayd etilgan matndagi sinekdoxik ma ’nolari bilan [farzand] va [Mol] leksema sememalari orasida bo g’lanish yo’q. Bu holda ularning birini ikkinchisidan hosil qilish qonuniyati ham mavjud emas. [tuyo q] leksemasini muayyan ifoda semal ari bilan [mol] sememasi bog ’langan tushunchaii, [tirno q] leksemasini [far zand] leksemasi vazifalarida ishlatilishi jamiyat a’zol ari uchun tayyordir. Shuning uchun sinekdoxik ma’nolarga ega leksemalzr miqdori sanoqli bo’lib, ular lug’atlarda to’la qayd etilishi mumkin. Bularning bar chasi sinekdoxik ma’noni ng nutqiy ko’chma ma’no emasligidan, uning til hodisasi ekanligidan, jamiyat a’zosi uchun tayyorligidan, bir leksema tarkibidagi sememalarga mansubligidan dalolat beradi. Nutqiy ko’chma ma’no hosil qilishning muayyan usuli sifatida o’zaro aloqador tushunchalardan birining atamasi bilan ikkinchisini atash — metonimiya ham ajratiladi. Ilmiy adabiyotlarda metonimik ko’chma ma’noning quyidagi 10 ga yaqin turi qayd etiladi: I. Navoiyni sevib o’qiyman. II. Samovar: 1) buyum, 2) choyxona. III. Yon-yon tomon, 2) cho’ntak. IV. Oyna—1) deraza oynasi, 2) ko’zgu. V. Chilla — 1) yoz (qish) chillasi, 2) chaqaloq chillasi, 3) diniy ra sm. VI. Ovloq— 1) ov qilinadigan joy, 2) chet, xilvatjoy. VII. Qa ldirg’och—1) qush, 2) xabarchi peshrov VIII. Shayton— 1) shayton, iblis, 2) quv, ayyor. Ushbu misollarning o’ziyoq metonimik ko’chma ma’noning 71 sememaga aloqadorligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Qiyoslang, 1-misolda ko’chma ma’no so’z tushirib qoldirish (ellipsis) asosida hosil qilingan, sof nutqiy hodisadir («Navoiy asarlarini sevib o’qiyman» ma’nosida). II, III, IV, V misollarda k o’rsatilgan ma’nolar leksemalardagi dastlabki ma’no asosida rivojlangan alohida sememalardir. Bu ma’nolar orasida nolingvistik bog’lanishni va tarixiy birin-ketinlik munosabatlarini ko’rish mumkin. VI, VII, VIII misollarda esa ikkinchi ma’nolar birinchi ma’nodagi yo’ldosh semalar asosida metafo raga ko’ra hosil qilingan. Shunday xulosa qilish mumkinki, metonimik ko’chma ma’no hosil qilish yetarli darajada va mustahkam asosda o’rganilmagan. Avtonimik ko’chma ma’no hosil qilish masalasi dastavval atroflicha o’rganilishi, tasvirlanishi, so’ng umumlashtirilishi lo zim. Shuni alohida qayd etish kerakki, metonimik ko’chma ma’no ko’p hollarda tilning ichki qurilish xususiyatlari bilan emas, balki ob’ektiv borliq bilan, voqea-hodisa, narsa belgilardagi aloqadorliklar bilan bog’langan. Shunga ko’ra nafaqat metonimik ko’chma ma’no, balki sinekdoxik va bu yerda ko’rib o’tilmagan vazifadoshlik asosida hosil qilingan ko’chma ma’nolar nolingvistik hodisa asosida yuzaga kelgan ko’chma ma’nolar deb baholanadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling