Asosiy tushunchalar va tahlil usullari
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
sistem tilshunoslik leksikologiya fanidan (2)
qulochga sig’maydi. 1—3- misollarda bir sememaning (gavdaning bosh
bilan son oralig’i) turlicha ko’rinishlari voqelashadi. Chunki bu misollarning barchas ida [tana] leksemasi [bosh], [bo’yin], [oyoq.], [qo’l] leksemalari bilan o’xshashlik munosabatida ko’zatiladi. Ammo to’rtinchi misolda esa [tana] leksemasi [shox], [ildiz], [barg] leksemalari bilan o’xshashlik munosabatiga kirishadi. Bu esa [ta na] leksemasidagi ayni sememaning alo hida, ikkinchi semema ekanligidan dalolat beradi. Ru hiy tajriba ham buni tasdiqlaydi. Ya’ni [tana] leksemasini esga olsak, xotiramizda 1) inson gavdasi va 2) dar aht asosi gavdalanadi. Ushbu ikki semamaning o’zaro bog’liq, ammo alohida- 65 alohida sememalar ekanligini bu seme malarning bir xil qurshovda voqelana olishi ham tasdiqlaydi. Masalan, (tanasini kesdi] so’z biriikmasda har ikkala semema yuzaga chiqishi va boshqa - boshqa ma’nolarni anglatishi mumkin. Bir xil qurshovda voqelashishi, shu qurshovda qat’iy mazmuni va vazifasini saqlashi til birliklarining mustaqilligini isbotlovchi eng mu him dalil ekanligini ta’kidlash ortiqchadir. Bir sememali leksema ham nutqda ko’p ma’noli bo’lishi mumkin. Masalan, asosan, bir sememaga ega»(bo’lgan [tan] leksemasi insonning jismoniy moddi y tomonini ifodalovchi sifatida uning ru hiy tomoni, mohiyatini ifodalovchi [jon] leksemasiga ziddir. Ammo nutqda u ikki- to’rt ma’noga ega bo’lishi mumkin. Lug’atda shu ma’nolardan ikkitasi qayd etilgan. Misollari quyidagilar: 1) bunda qolar sening taning; 2) sog’ tanda, sog’ AQL . Ayni vaqtda [tan] leksemasining yana boshqa nutqiy ma’nolari ham bor (masalan: Oilamiz kichik, to’rt tandan iborat edi). Shunday qilib, tilda bir sememali va ko’p sememali leksemalarni farqlash lozim. Nutqda esa ushbu leksemalar ko’p ma’noli so’zlar sifatida yuzaga chiqishi, voqelanishi mumkin. Chunki nutqda faqat leksema sememasining ko’rinishlari beriladi. Barqaror butunliklarning nut qiy ko’rinishlari, xillari esa cheksizdir. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling