Asosiy va hosila kattaliklar
Download 85.62 Kb.
|
mref
В Ilova
Xalqaro birliklar tizimining kogerent hosilaviy birliklarini tuzish qoidalari Xalqaro birliklar tizimining kogerent hosilaviy birliklari (keyinchalik hosilaviy birliklar) odatda kattaliklarni bog‘laydigan sonli koeffitsiyenti 1 ga teng bo‘lgan oddiy tenglamalar (aniqlaydigan tenglamalar) orqali tuziladi. Hosilaviy birliklarni hosil qilish kattaliklarni bog‘laydigan tenglamalarda kattaliklar belgilarini SI birliklarining belgilari bilan almashtirish orqali amalga oshiriladi. Misol - Tezlik birligi mo‘g‘pu chiziqli va bir tekis harakatlanuvchi bu yerda v - tezlik; s -o‘tilgan yo‘lning uzunligi; t - moddiy nuqtaning harakatdagi vaqti. S va t o‘rniga ularning SI birliklari qo‘yilsa, quyidagi tenglama chiqadi: [v]=[s]/[t]=1 m/s Binobarin, SI tizimida tezlik birligi sekundiga metr. U, 1 s vaqtda nuqta 1 m masofaga siljiydigan to‘g‘ri chiziqli va bir tekis harakatlanuvchi moddiy nuqtaning tezligiga teng. Agar bog‘lanish tenglamasi 1 dan farq qiluvchi son koeffitsiyentga ega bo‘lsa, unda SI kogerent hosila birligini hosil qilish uchun, SI birliklarining shunday son qiymatlari tanlab olinadiki, uni o‘ng qismidagi koeffitsiyentga ko‘paytirilishi natijasida umumiy son qiymati birga teng bo‘lishi kerak. Misol - Agar energiya birligini hosil qilish uchun tenglama ishlatilsa, bu yerda YE - kinetik energiya; t - moddiy nuqta massasi; v -moddiy nuqtaning harakatlanish tezligi, u xolda SI tizimidagi kogerent energiyasining birligini hosil qilish uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi. ёки Shunday qilib, SI tizimida energiya birligi joul bo‘ladi (nyuton metrga teng). Ko‘rsatilgan misollarda u massasi 2 kg va harakat tezligi - 1 m/s yoki massasi 1 kg va harakat tezligi - m/s harakatlanuvchi jismning kinetik energiyasiga teng. Xulosa Kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob‘yektlarga (fizikaviy tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir ob’yekt uchun xususiy bo‘lgan xossadir. Ta’rifda keltirilgan xususiylik biror ob’yektning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo‘lishini ifodalaydi. Metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning birliklari, o‘lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Download 85.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling