Asosiy vazifalar


ARMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 22.43 Kb.
bet3/6
Sana13.01.2023
Hajmi22.43 Kb.
#1091485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Axborot kutubxonaga oid normativ hujjatlar

ARMLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Nizomda ko’rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o’z faoliyatining mundarijasi va aniq shakllarini mustaqil ravishda belgilaydi;
ARM tuzilmasini shtat ro’yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi hamda ularni ta’lim muassasasi rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
─markazga berilgan mablag’larni tasarruf etadi;
─yagona tarif-setkasi asosida, mehnatga haq to’lash fondi doirasida lavozim maoshlarini;
─lavozim maoshlariga ustama va qo’shimcha to’lovlarni;
─xodimlarni mukofotlash tartibi va miqdorlarini belgilaydi;
─foydalanuvchilarga noyob va qimmatli nashrlarni berishda, shuningdek, ARMdan foydalanish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda garovni (tegishli hujjat) belgilaydi;
─ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga yetkazilgan zararni undirish turlari va miqdorlarini belgilaydi;
─yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida ARMning kutubxona fondidan foydalanish shartlarini belgilaydi;
─ta’lim muassasasining ta’lim dasturlari, o’quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusi bilan tanishadi. Uning tarkibiy bo’linmalaridan ARM oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni oladi;
─turli muassasalarda, tashkilotlarda ta’lim muassasasi nomidan vakillik qiladi, kutubxona va axborot-bibliografik faoliyat masalalari bo’yicha ilmiy konferensiyalar, yig’ilishlar va semenarlar ishida bevosita qatnashadi;
─boshqa ARMlar, kutubxonalar tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib boradi;
─amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlashmalariga kiradi;
─axborot-kutubxona ishini rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga oshirishda tanlov yoki boshqa asosida qatnashadi;
─Xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boshqa muassasa va tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan, zaruriyatga ko’ra, xalqaro kitoblar ayriboshlashni yuritish, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi.

  1. ARM fondlarining talab darajasida saqlanishi uchun javob beradi.

  2. Ta’lim muassasasi ARMga taalluqli funksiyalarning bajarilmagani uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi;

  3. Kutubxona-axborot fondlariga zarar yetkazilishida aybdor bo’lgan ARM xodimlari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar;

  4. ARM xodimlarining mehnat munosabatlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga saqlanadi.


Download 22.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling