Asosiy vazifalar
BOSHQARUV TUZILMASI VA SHTATLARI
Download 22.43 Kb.
|
Axborot kutubxonaga oid normativ hujjatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliya-xo’jalik faoliyati
BOSHQARUV TUZILMASI VA SHTATLARI
Moddiy-texnika ta’minoti 5.1. ARMga rahbarlik direktor tomonidan amalga oshiriladi, u ta’lim muassasasi tomonidan, oliy ma’lumotga ega bo’lgan va ixtisosi bo’yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo’lgan mutaxassislardan, mehnat shartnomasi (kontrakti) bo’yicha tayinlanadi. 5.2. Direktor o’z vakolati doirasida ishlarning natijalari uchun to’liq javob beradi. 5.3. ARM xodimlari shartnoma (kontrakt) asosida ishga qabul qilinadi. 5.4. ARM huzurida maslahatlashuv organi sifatida, ishlarni boshqa ARM, AKM, kutubxonalar, ta’lim muassasasining ilmiy va o’quv bo’linmalari bilan kelishish uchun kutubxona-axborot kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi ARM direktori (mudiri) taqdimga ko’ra ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Kitobxonlar ARM muassasasi bilan kelishilgan holda tashkil etiladigan homiylar kengashlari yoki kitobxonlarning boshqa birlashmalari faoliyatida qatnashadi. 5.5. ARM o’z faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda hujjatlarni yuritadi hamda hisobotlarni, ish rejalarni va boshqa axborotlarni taqdim etadi. Tuzilmasi va shtatlari 5.6. ARM tuzilmasi muayyan ta’lim muassasasi uchun yakka tartibda ishlab chiqiladi va an’anaviy bo’linmalar (abonementlar, o’quv zallari va boshqalar)dan tashqari innovasiya bo’limlari, sektorlar (avtomatlashtirish, marketing bo’limlari va boshqalar)ni o’z ichiga olishi mumkin. 5.7. ARMning boshqaruv va xizmat ko’rsatish xodimlari soni ta’lim muassasalarining ARM oldida turgan vazifalari hisobga olgan holda hamda xizmat ko’rsatiladigan aholi va ta’lim muassasasining o’quvchilari sonidan kelib chiqib, belgilangan tartibda shakllantiriladi. Moliya-xo’jalik faoliyati Ta’lim muassasasi rahbariyati ARMni amaldagi me’yorlarga muvofiq zarur xizmat va ishlab chiqarish xonalari, elektron-hisoblash hamda nusxa ko’chirish-ko’paytirish texnikasi va tashkiliy texnika bilan ta’minlaydi. ARM ta’minoti uchun xarajatlar ta’lim muassasasining umumiy xarajatlar smetasida nazarda tutiladi. ARM o’zining subhisob raqamiga ega bo’lishi mumkin, unga markaz tomonidan pulli qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish hisobiga jalb etiladigan mablag’lar kiritiladi. Download 22.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling