Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
Download 147.77 Kb.
|
Asosiy vositalar amortizatsiyasi hisobi
Sobiq hisob ta’limoti va amaliyotida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini aniqlashda likvidatsion qiymat e’tiborga olinmas edi. BXMS № 5 «Asosiy vositalar» respublikada birinchi marta amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlashda asosiy vositalarni ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lgan likvidatsion qiymatini hisobga olish tartibini belgiladi. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish mumkin bo‘lgan miqdorini BXMS ga muvofiq, korxonaning o‘zi mustaqil asosiy vositalarni qabul qilib olish vaqtida belgilashi mumkin. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish majburiy hisoblanmaydi. Shuning uchun bu qiymat bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday holda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati bevosita uning boshlang‘ich qiymatidan iborat bo‘ladi. BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy vositalarni yillik amortizatsiya (eskirish) summasi (As) qo‘yidagicha aniqlanadi: Qoldiq qiymat ko‘zda tutilgan asosiy vositalar bo‘yicha Boshlang‘ich qiymat – Likvidatsion qiymat As = ------------------------------------------------------------- (1) Xizmat muddati Qoldiq qiymat ko‘zda tutilmagan asosiy vositalar bo‘yicha Boshlang‘ich qiymat As = ------------------------------ (2) Xizmat muddati Barcha asosiy vositalar bo‘yicha likvidatsion qiymatni belgilangan miqdorlari yoki ularni belgilanmaganligi ham korxonalarning buyruq bilan tasdiqlangan hisob siyosatlarida to‘liq o‘z aksini topishi lozim.
Download 147.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling