Asosiy vositalar hisobi


Download 37.82 Kb.
bet3/7
Sana08.11.2023
Hajmi37.82 Kb.
#1756845
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asosiy vositalar hisobi

ro’yxatdan o’tkazilgan.
Mazkur Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish
tizimining elementi hisoblanadi. Mazkur standartning maqsadi mulk, xo’jalik
yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo’jalik yurituvchi subyektga
tegishli bo’lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyatini belgilash hisoblanadi.
Ushbu standart 10 paragrafdan iborat bo’lib, unda asosiy vositalarning kelib
tushishi, asosiy vositalarni baholash, asosiy vositalarga o’tkaziladigan kapital
qo’yilmalar, asosiy vositalarni qayta baholash, amortizatsiyani hisoblash, asosiy
vositalarni ta’mirlash, asosiy vositalarning chiqib ketishi, asosiy vositalarni
inventarlash, axborotni ochib berish kabi tushunchalar keng yoritilgan.
Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini
belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan ularning balans qiymatini va
amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning
balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga
moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish asosiy qoidalar hisoblanadi.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. 2012-2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida. -T.: 2012 yil 14 iyul, 215-son.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori 201 2-2016 yillarda Qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha kompleks
tadbirlarni belgilash maqsadida qabul qilinib, bunga muvofiq qishloq xo’jaligi
texnikasi parkini yangilash va kengaytirish, qishloq xo’jaliginiyangi, zamonaviy yuqori unumli va resurslarni tejovchi texnika bilan ta’minlash, qishloq xo’jaligi
mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta
jihozlash,qishloq xo’jaligi texnikasining yangi turlari ishlab chiqarilishini
tayyorlash, qishloq xo’jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va ularga
servis xizmati ko’rsatishnimoliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish,
fermer xo’jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo’jaligi mashinasozligi
korxonalariga kadrlar tayyorlash va ularning mutaxassislar malakasini oshirish
kabi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Download 37.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling