Asosiy vositalar hisobi


Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS da asosiy vositalarni baholash qoidalari


Download 37.82 Kb.
bet6/7
Sana08.11.2023
Hajmi37.82 Kb.
#1756845
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asosiy vositalar hisobi

4. Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS da asosiy vositalarni baholash qoidalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning o’rni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynaydi, chunki ular barcha korxona tayanadigan va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni bo’lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAning 7-bandiga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Korxonalarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
• asosiy vositalarning harakati bilan bog’liq muomalalarni hujjatlarda o’z vaqtida
hamda to’g’ri rasmiylashtirish;
asosiy vositalarning olinishi, joyi o’zgartirilishini to’g’ri va o’z vaqtida aks
ettirish;
• asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;
• asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy hujjatlarga asosan to’g’ri va o’z vaqtida baholash;
• ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo’yicha mavjudligi va saqlanishini, ayrim hollarda ularning
saqlanishi uchun ma’sul bo’lgan shaxslar bo’yicha nazorat qilish;
• asosiy vositalarning eskirishini to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqish hamda uni
hisobda to’g’ri aks ettirish;
• ta’mirlash bo’yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan
mablag’larning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;
• eskirgan, xo’jalik uchun oshiqcha bo’lgan asosiy vositalarni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
• hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash.
Asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko’ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo’linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo’jalik, maishiy xizmat, sog’liqni saqlash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi.
Ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatida asosiy vositalar ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
• foydalanilayotgan;
• zahirada turgan;
• ishlamayotgan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa korxonaga berish yoki sotish to’g’risida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to’g’ri hisob-kitob qilish uchun zarur.
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
• er;
• erni obodonlashtirish bo’yicha kapital sarflar;
• imoratlar;
• inshootlar;
• uzatuvchi moslamalar;
• mashina va jihozlar;
• transport vositalari;
asbob-uskunalar;
• ishlab chiqarish inventarlari;
• xo’jalik inventarlari;
• ish hayvonlari va mahsuldor chorva;
• ko’p yillik daraxtlar;
• boshqa asosiy vositalar.
Er amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulk tarzida berilgan er maydonidir. O’zbekiston Respublikasi Er kodeksining 17-moddasiga binoan, «yuridik shaxslar Er kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida er uchastkalariga ega bo’lishlari mumkin». Erning qiymatiga uni xarid qilishda ko’chmas mulk agentliklariga to’lanadigan komission to’lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to’lovlari, drenaj qiymati, erni tozalash va boshqa xarajatlar qo’shiladi.

Xulosa


Mazkur Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish
tizimining elementi hisoblanadi. Mazkur standartning maqsadi mulk, xo’jalik
yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo’jalik yurituvchi subyektga
tegishli bo’lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyatini belgilash hisoblanadi.
Ushbu standart 10 paragrafdan iborat bo’lib, unda asosiy vositalarning kelib
tushishi, asosiy vositalarni baholash, asosiy vositalarga o’tkaziladigan kapital
qo’yilmalar, asosiy vositalarni qayta baholash, amortizatsiyani hisoblash, asosiy
vositalarni ta’mirlash, asosiy vositalarning chiqib ketishi, asosiy vositalarni
inventarlash, axborotni ochib berish kabi tushunchalar keng yoritilgan.
Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini
belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan ularning balans qiymatini va
amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning
balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga
moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish asosiy qoidalar hisoblanadi.
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
1. Mazkur standartning maqsadi mulk, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektga (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) tegishli bo‘lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyotini aniqlash hisoblanadi.
2. Asosiy vositalarni hisobga olishdagi asosiy qoidalar asosiy vositalarning aktiv sifatida tan olish paytini aniqlash, ularning mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi shart bo‘lgan balans qiymatini va amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi.


Download 37.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling